1. Kompyuter tarmog’i bayonnomalari. Kompyuter tarmog’ining apparat va dasturiy tarmog’i. Lokal, mintaqaviy va global tarmoqlar


Download 1.1 Mb.
bet5/18
Sana08.05.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1441786
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
5-mavzu. Kompyuter tarmoqlari va tarmoq texnologiyalari

Modemlar.
Kommunikatsion tizimlarda modem (modulyator / demodulyator) deb nomlanadigan maxsus qurilmadan foydaniladi. Modemning asosiy vazifasi modulyatsiya va demodulyatsii (raqamli ma’lumotlarni analog ko’rinishga o’tkazish va teskarisi) funktsiyalarini bajarishdan iborat. Demak, ikkita kompyuter orasida analogli axborotlar uzatilayotganda (masalan ikki kompyuter telefon liniyalari orqali bog’langan bo’lsa) xar bir kompyuterda bittadan modem bo’lishi kerak. 7.rasmda ko’rsatilganidek, bir kompyuter ma’lumotlarni generatsiya qilib raqamli signalni uzatadi, kompyuterning yonida va unga ulangan modemning modulyatori esa signallarni analogli format ko’rinishiga o’tkazadi. Aloqa tizimi esa bu analog signallarni telefon liniyalari orqali uzatib beradi. Demodulyator esa bu analog signallarni yana raqamli signallarga o’zgartirib berib qabul qiluvchiga uzatadi.

7-rasm. Modem orqali ma’lumotlarni uzatish.

Foydalanuvchi modemdan foydanilayotganda quyidagi faktorlarni xisobga olishi kerak:


1. Ma’lumotlarni uzatish tezligini, oxirgi rusumdagi modemlar bir sekundda 9600, 14400 bit yoki 28800 bod axborotni uzatish imkoniyatiga ega.
2. Ichki yoki tashqi modemlar. Ichki modemlar tizimli plataga o’rnatilgan yoki aloxida platalarda bo’lib sistemali blokni ichida bo’ladi. Tashqi modemlar aloxida qurilma sifatida bo’ladi va kompyuterga aloxida port orqali ulanadi.
3. Telefaks ob’ekti. Bir xil turdagi modemlar faks-modem sifatida ishlaydi, ularni modem sifatida xam, va faks sifatida xam ishlatsa bo’ladi.
4. Xatolarni to’g’irlashi. Ma’lumotlarni uzatish chog’ida xatolar telefon liniyalarida bir rejimdan ikkinchisiga o’tayotganda bo’lishi mumkin. Ba’zi modemlar ma’lumotlarni uzatish paytida xatolarni to’g’irlash imkoniyatiga ega.
5. Ma’lusotlarni siqish, ma’lumotlarni siqish usullari ma’lumotlar xajmini qisqartirishga olib keladi. Ma’lumotlarni xajmini qay darajada siqilishi qo’llanilayotgan siqish algoritmiga bog’liq, ular, 10: 1 munosabatida va undan yuqori darajada siqilishi mumkin. 

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling