1. Kompyuter tarmog’i bayonnomalari. Kompyuter tarmog’ining apparat va dasturiy tarmog’i. Lokal, mintaqaviy va global tarmoqlar
Download 1.1 Mb.
|
5-mavzu. Kompyuter tarmoqlari va tarmoq texnologiyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’lumotlarni uzatish protokollari.
- Autentifikatsiya
Tarmoqlarni asosiy turlari.
Kompyuter tarmoqlarini ularning geografik joylashishi, masshtabi hamda hajmiga qarab bir nechta turlarga ajratish mumkin, masalan: PAN, LAN, CAN, WAN, MAN AND. Ulardan amaliyotda qo’llaniladigan uch turi to’g’risida to’xtalib o’tamiz. 1. Lokal kompyuter tarmoqlari (LAN)- bir bino yoki kichkina xududda ikki va undan ortiq kompyuterlarni o’zaro bog’lagan tarmog’i bo’lib, ushbu tarmoqdagi kompyuterlar orasida axborot almashuvini ta’minlaydi. Uning asosiy aloqa vositalari bo’lib tarmoq kartasi va kabellar bo’ladi.(Qarang 12-rasm) 12-rasm. Lokal kompyuter tarmoqlari (LAN) 2. Mintaqaviy kompyuter tarmoqlar – mamlakat, shahar, viloyatlar va tarmoq, xamda vazirlik idoralari darajasida kompyuterlarini va lokal tarmoqlarni maxsus aloqa yoki telekommunikatsiya kanallari orqali o’zaro bog’lagan tarmoqlar.(Qarang 13-rasm) 13-Rasm. Mintaqaviy kompyuter tarmoqlari. 3.Global kompyuter tarmoqlari - o’ziga butun dunyo kompyuterlarini, abonentlarini, lokal va mintaqaviy tarmoqlarini telekommunikatsiya (kabelli, simsiz, sun’iy yo’ldosh) aloqalari tarmog’i orqali bog’lagan yirik tarmoq.(Qarang 14.Rasm) 14-rasm. Global kompyuter tarmoqlari Ma’lumotlarni uzatish protokollari. Ma’lumotlarni uzatish protokollari ma’lumotlarni uzatish jaryonini tartibga soluvchi amaliy qoidalar, protseduralar va konventsiyalarni yig’indisidan iboratdir.Demak, protokollar tarmoqda aloqa bo’yicha ma’lumotlarni uzatish tartib qoidalarini ifodalaydi.Bu tartib qoidalar tarmoqning dasturiy ta’minotini bir tarkibiy qismi bo’lib xisoblanadi. Zamonaviy axborot texnologiyalarining taraqqiyoti kompyuter jinoyatchiligi, konfedensial ma’lumotlarga ruxsatsiz kirish, o‘zgartirish, yo‘qotish kabi salbiy hodisalar bilan birgalikda kuzatilmoqda. Simsiz aloqa tarmoqlari bundan mustasno emas, uning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ko‘pgina muzokarali qarashlar gobal tarmoq orqali keng tarqalmoqda. Qanday qilib, tarmog‘ingiz xavfsizligini yuqori darajaga ko‘tarish mumkin? Har qanday tarmoq kirish nuqtasi va simsiz mijoz aloqasi quyidagicha qurilgan: • Autentifikatsiya — mijoz va kirish nuqtasi bir — birlariga qanday tanishtirilishi va o‘zaro aloqa qilishga huquqini tasdiqlaydi; • Shifrlash — uzatiluvchi ma’lumotlarda qanday shifrlash algoritmlari qo‘llanilishi, qanday qilib shifrlash kaliti shakllantirilishi va u qachon o‘zgartirilishi. Simsiz aloqa tarmog‘i ko‘rsatkichlari, birinchi navbatda uning nomi, tarmoq paketlari yordamida bog‘lanish nuqtasi bilan doim aloqada bo‘ladi. Kutilgan xavfsizlik sozlamalaridan tashqari, xohishga ko‘ra bir necha ko‘rsatkichlar uzatilishi mumkin: QoS (xizmat ko‘rsatish sifati) va 802.11n (simsiz aloqa standarti) ma’lumot almashish tezligi hamda boshqa qo‘shnilar haqida axborot beradi. Autentifikatsiya mijozni kirish nuqtasiga o‘zini tanishtirishni aniqlab beradi. Yuz berishi mumkin bo‘lgan variantlar: • Open — ochiq tarmoq, barcha ulanuvchi qurilmalar oldindan avtorizatsiya qilingan; • Shared — ulanuvchi qurilma haqiqiyligi kalit yoki parol bilan tekshirilishi lozim; • EAP — ulanuvchi qurilma haqiqiyligi tashqi server EAP protokoli bilan tekshirilishi lozim. Tarmoqning ochiqligi istalgan kishi unda xohlagan ishini qilishi mumkin degani emas. Bunday tarmoqda ma’lumot uzatish uchun qo‘llanilayotgan shifrlash algoritmining mos kelishi va unga mos ravishda to‘g‘ri shifrlangan ulanish o‘rnatilishi zarur. Shifrlash algoritmlari quyidagicha: • None — shifrlashning yo‘qligi, ma’lumotlar ochiq holda uzatiladi; • WEP — RC4 algoritmiga asoslangan turli uzunlikdagi shifr statik yoki dinamik kalit (64 yoki 128 bit); • CKIP — Cisco’dan WEP protokoli o‘rnini bosa oluvchi, TKIP ning oldingi versiyasi; • TKIP — WEP protokoli o‘rinini bosa oluvchi yangilangan algoritm, qo‘shimcha tekshirish va himoya bilan ta’minlangan; • AES/CCMP — mukammalroq algoritm, AES256 algoritmga asoslangan qo‘shimcha tekshirishlar va himoyaga ega. Open Authentication, No Encryption kombinatsiyasi korxona yoki mehmonxonalarda Internetga ulanish kirish tizimlarida keng qo‘llaniladi. Ulanish uchun faqat simsiz tarmoq nomini bilish yetarli. Odatda bunday ulanish Captive Portal da qo‘shimcha tekshirish bilan birgalikda qo‘llaniladi. Tarmoqqa ulanish uchun foydalanuvchi kirishi HTTP so‘rov orqali qo‘shimcha sahifaga yo‘naltirilishi mumkin. Bu sahifada shaxsni tasdiqlash (login-parol, qoidalar bilan rozilik va boshqalar) amalini amalga oshirish so‘rovini tashkil etish mumkin. WEP shifrlash algoritmini buzish yo‘llari keng tarqalgan, shuning uchun uni ishlatish mumkin emas (hattoki dinamik kalit kiritilgan holat uchun ham). Keng uchraydigan WPA va WPA2 tushunchalari shifrlash algoritmini (TKIP yoki AES) aniqlab beradi. Anchadan beri foydalanuvchi adapterlari WPA2 (AES) qo‘llay olish imkoniga ega bo‘lganligi sababli TKIP protokolini ishlatish ma’nosizdir. Barcha xavfsizlik ko‘rsatkichlari quyidagi jadvalda keltirilgan. Agar WPA2 Personal (WPA2 PSK)da ishlash jarayoni tushunarli bo‘lsa, korporativ yechim qo‘shimcha qayta ko‘rib chiqishni talab qiladi. WPA2 Personal va WPA2 Enterprise o‘rtasidagi farq shundan iboratki, AES algoritmi ishlashida foydalaniladigan shifrlash kalitlarining olinadigan joyidir. Xususiy foydalanish holatlarida (uyda) minimal uzunligi 8 belgidan iborat statik kalit (parol, kod so‘zi) ishlatiladi. Ushbu kalit barcha mijozlarning simsiz tarmoqlariga kirish nuqtasida kiritilishi zarur. Agar bunday kalit xavfsizligi buzilsa (parolni aytib qo‘yish, ishchi bo‘shab ketganda, noutbuk o‘g‘irlanganda), zudlik bilan barcha mijozlardan parol almashtirishni talab qiladi. Korporativ ko‘rinishda foydalanganda hozirda ishlab turgan har bir ishchilar uchun individual bo‘lgan dinamik kalitdan foydalaniladi. Bu kalit ulanishda uzilish bo‘lmasligi uchun davriy ravishda almashtirilib turishi mumkin. Uning almashishiga qo‘shimcha dasturiy qism — avtorizatsiya serveri yoki ko‘pincha bu RADIUS-serverga yuklanishi mumkin. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling