1. Kompyuter tarmog’i bayonnomalari. Kompyuter tarmog’ining apparat va dasturiy tarmog’i. Lokal, mintaqaviy va global tarmoqlar


Barchasi tarmoqqa ulangan topologiya


Download 1.1 Mb.
bet8/18
Sana08.05.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1441786
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
5-mavzu. Kompyuter tarmoqlari va tarmoq texnologiyalari

Barchasi tarmoqqa ulangan topologiya.
Kuyidagi 10-rasmda barchasi tarmoqqa ulangan topologiyaning strukturasi keltirilgan. Bu topologiyada barcha uzellar bir birlari qaerda joylashganlaridan qa’tiy nazar to’g’ridan to’g’ri bog’langan bo’ladilar. Bu tarmoqni boshqarishda aloqalarning ketma-ketlik darajasiga qarab aniqlanadi.

10-rasm. Barchasi tarmoqqa ulangan topologiya.

Tarmoqning afzalliklari:


1. O’ta ishonchli tarmoq, chunki tarmoqdagi xar qanday kamchilik, xato yoki ishdan chiqishi faqat to’g’ridan-to’g’ri ulangan ikki kompyuterga xos bo’lib fakat ularning ishlashiga ta’sir qiladi
2. Tarmoqning xar bir uzeli aloxida marshrutlarga ega bo’lmasligi mumkin.
3. Xar qanday ikkita uzel orasidagi aloqa juda tez amalga oshiriladi.
Kamchiligi:
1. Ushbu topologiya tarmoqlari xarajat jixatdan eng qimmat tarmoq xisoblanadi, chunki tarmoqni yaratish uchun juda katta miqdorda kabellar sarflanadi. 
Shina topologiyasi.
Ushbu tarmoq topologiyasida barcha tarmoq uzellari bitta aloqa liniyasi bo’yicha ulangan bo’lib, ularning kommunikatsiya talablari asosida taqsimlanadi.(Qarang 11.Rasm). Biror bir uzel boshqa uzelga axborot uzatayotganda, o’sha uzelning manzili ko’rsatiladi va aloqa liniyasi bo’shligi tekshiriladi. Aloqa liniyasi bo’shashi bilan axborot uzatiladi.

11-rasm. Shina topologiyasi.

Asosiy afzalliklari quyidagilar:


1. Aloqa liniyalarini kamaytirishga olib keladi, deyarli bitta aloqa liniyasida ishlaydi.
2. Tarmoqdagi biror bir uzelning ishdan chiqishi tarmoqdagi boshqa uzellarning ishlashiga xalaqit bermaydi.
3. Onsongina yangi uzellarni tarmoqqa qo’shish mumkin.
Kamchiliklari:

  1. Tarmoqdagi barcha uzellar yaxshi aloqada bo’lishlari talab qilinadi.

  1. Agar tarmoqning umumiy aloqa liniyasi ishdan chiqsa butun tarmoq xam ishlamaydi.

Aralash tarmoq (Gibridnaya set).
Biz yuqorida ko’rib chiqqan topologiyalarning o’ziga yarasha afzalliklari va kamchiliklari mavjudligini ta’kidladik. Amalda faqatgina toza yulduzsimon yoki doirasimon shakldagi tarmoqlar kamdan kam xolatlarda ishlatiladi. Ularning o’rniga korxonalar bir nechta topologiyaga asoslangan aralash tarmoqlardan foydalanadilar. Quyidagi 12-rasmda aralash topologiyadagi tarmoqning chizmasi keltirilgan.


11-rasm. Aralash tarmoq (Gibridnaya set), doirasimon, yulduzsimon va barchasi ulangan topologiyalar kombinatsiyasidan tuzilgan.

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling