1. Kompyuter tarmog’i bayonnomalari. Kompyuter tarmog’ining apparat va dasturiy tarmog’i. Lokal, mintaqaviy va global tarmoqlar


Download 1.1 Mb.
bet2/18
Sana08.05.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1441786
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
5-mavzu. Kompyuter tarmoqlari va tarmoq texnologiyalari

Ma’lumotlarni uzatish modellari.
Ma’lumotlarni uzatishning uch xil rejimi mavjud:
simpleks, yarimdupleks va to’liq dupleks:
1. Simpleks (Simples). Bu rejimda ma’lumotlar faqat bir tomonlama va bir yo’nalishda uzatiladi.
2. Yarimdupleks (Half-duplex). Bu rejimda ma’lumotlar ikki yo’nalish bo’yicha faqat bir tomonlama uzatiladi. Demak, bunda ma’lumotlarni uzatish va qabul qilib olish mumkin. Buning uchun ikkita sim kerak buladi.Bittasi jo’natish uchun, ikkinchisi qabul qilishi uchun.
3. To’liq dupleks (Full-duplex). Yarimdupleks rejimda xar gal ma’lumotlar yuborilayotganda tizimni ushbu yo’nalish bo’yicha qayta bog’lanishi talab qilinadi. To’liq dupleks rejimida esa bir vaqtning o’zida ikki tomonlama xam axborotni uzatish va qabul qilish imkoniyati mavjud.
Ma’lumotlarni uzatish tezligi.
Ma’lumotlarni uzatish tezligi bir vaqt birligida qancha miqdorda (xajmda) ma’lumotlarni uzatish mumkinligi bilan aniqlanadi. Va ular bir sekundda nechta bit ma’lumot uzatilganligi bilan o’lchanadi(bit/sekund), yoki ularni Baud(Bod) bilan xam nomlanadi
Aloqa tizimlari simlarning asosiy turlari.
Ma’lumotlarni uzatish jarayonida asosan quyidagi turdagi simlardan foydaniladi:
1.Telefon simlari;
2.Vitaya para (o’ralgan juft). Vitaya para simlari ingichka mis simlarini juft xolda o’ralgan bo’lib, xar bir o’ralgani alohida plastik bilan izolatsiyalangan xolda o’rnatilib bir biri o’ralgan xolda bo’ladi.(Qarang 1.Rasm)

1-rasm. Vitaya para (o’ralgan juft) simi.


3.Koaksial simlari.
Koaksial simlarining o’rtasida PVX bilan izolatsiya qilingan mis o’tkazgichlari bo’ladi. Uning qobig’ida esa yana PVX materiali bilan izolatsiyalangan ekranlashtirilgan mis o’tkazgichlari bo’ladi.(Qarang 2.Rasm)

2-rasm. Koaksial simlari.


4.Mikroto’lqinli tizimlar.
Mikroto’lqinli tizimlarda (simsiz aloqa)fazoda ma’lumotlarni juda yuqori radiochastotali signallar orqali uzatishda foydaniladi(Qarang 3.Rasm).

3-rasm. Mikroto’lqinli tizimlar.
Mikroto’lqinli tizimlar 16 Giga bod (1 Giga = 109)tezlikda axborotlani uzatish imkoniyatiga egadir. Ular bir vaqtning o’zida taxminan 250 000 ovozli kanallarni ushlab turishlari mumkin.

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling