1. Kompyuter tarmog’i bayonnomalari. Kompyuter tarmog’ining apparat va dasturiy tarmog’i. Lokal, mintaqaviy va global tarmoqlar


Download 1.1 Mb.
bet3/18
Sana08.05.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1441786
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
5-mavzu. Kompyuter tarmoqlari va tarmoq texnologiyalari

5. Sputnik aloqalari.
Mikroto’lqinli tizimlarning asosiy muammosi Erning bir tekisda emasligidir, chunki baland tog’lar, qir-adirliklar va boshqalar mikroto’lqinli tizimlarning ishlashiga xalakit beradi. Bundan tashqari uzoq masofalarga ma’lumotlarni uzatishda bir nechtalab qayta uzatgichlar (retranslyatorlar)o’rnatishga to’g’ri keladi. Bular esa o’z-o’zidan ma’lumotlarni uzatish xizmatini narxini ortib ketishiga olib keladi. Bu muammolarni sputnik aloqa tizimi echib beradi.
Sputnik aloqa tizimi kosmik fazoda joylashgan radioreleyli stantsiya xisoblanadi. Bugungi kunda bir nechta bunday sputnik aloqa tizimlari mavjud (Shattl, Soyuz va xokazolar)(Qarang 4.Rasm).
Sputnik aloqa tizimida, mikroto’lqinli signallar 6 GGts yoki 14 GGts (GGts - gigagerts deb o’qiladi, va 1 GGts = 109 Gts) tezlikda uzatgichdan erga va sputnik stantsiyasigacha uzatiladi.
4-rasm. Sputnik aloqa tizimi.
Sputnik aloqa tizimining boshqa aloqa tizimlariga qaraganda quyidagi afzalliklari mavjud:
1. Sputnik tizimi bu radioreleyli stantsiya bulib u er yuzining xoxlagan nuqtasidan kurinadi. Demak, bu degani er yuzining xoxlanan nuqtasidan boshqa joyga ma’lumotlarni uzatish imkoniyati mavjud deganidir.
2. Ma’lumotlarni uzatish xarajatlari bu ikki nuqtaning orasidagi masofaga bog’liq, chunki nuqtalar Sputnik tizimi qamrab olgan territoriyaga bog’liq.
3. Sputnik aloqa tizimlarida joylashgan sputnik transponderlari ma’lumotlarni uzatish bo’yicha juda ko’p imkoniyatlarga egadir.
4. Sodir bo’lgan xatoliklar bo’yicha sputnik aloqa tizimida junatuvchi stantsiya o’zi yuborgan ma’lumotlarni qaytarib olishi va to’g’irlab yuborishi imkoniyatini mavjudligi.
5. Ular simsiz aloqa texnologiya buyicha faoliyat ko’rsatganligi uchun, ulardan foydalanishda kabel va simlar uzoq masofaga tortish talab qilinmaydi va iqtisodiy jixatdan ancha foydalidir.
Sputnik aloqa tizimida xam bir qancha kamchiliklar mavjuddir:
1. Sputnik stantsiyasini orbitada joylashtirishning boshlang’ich qiymati juda xam yuqoridir.
2. Signallar yordachi uzatkich stantsiyasidan sputnik stantsiyasigacha va u erdan erdagi qabul qilish stantsiyasigacha juda katta masofani bosib o’tishi. Bu o’z navbatida ma’lumotlarni etkazib berish 270 ms atrofida sekinlashishiga sabab bo’ladi.
3. Axborotlar qanday bo’lishidan qatiy nazar, sputnik stantsiyasi tomonidan qabul qilingan va uzatilayotgan ma’lumotlar sputnik tizimi qamrab olgan xududdagi kompaniyalar axborotlarni olish imkoniyati mavjudligi. Demak Sputnik aloqa tizimlarida xam axborot xavfsizligini ta’minlash va axborotlarni nosaktsiyalangan yo’l bilan olishga qarshi kurashish lozimdir.
4. Atmosferaning qarshiligi, ob-xavoning inchiqligi va boshqa xodisalarning ta’siri.

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling