41. Tarmoq topologiyasining turlari keltiring va tariflang Tarmoqda kompyuterlarning ulanish va joylashish tartibi tarmoq topologiyasi deb ataladi. Fizik topologiya — tarmoqning fizik elementlari qay tarzda ulanishining tasviridir. Mantiqiy topologiya tarmoq ichidagi ma’lumotlarning o’tish yo’lini belgilaydi. umumiy shina;yulduz; halqa; yacheykali; aralash. Umumiy shina (bus) Bu holda barcha kompyuterlar ma’lumotlar shinasi deb nomlangan bir kabelga ulanadi. Paket tarmoqning bu qismiga ulangan barcha kompyuterlar tomonidan qabul qilinadi. Yulduzsimon topologiyadan foydalanilganda tarmoqning barcha kompyuterlaridan chiquvchi kabellar markaziy kommutator yoki konsentratorga ulanadi. Biror kompyuterdan boshqasiga jo’natilgan barcha paketlar shu qurilma orqali yetib boradi. Bunda ham passiv, ham aktiv konsentratordan foydalanish mumkin. Halqali topologiyadann foydalanilganda tarmoqning hamma kompyuterlari yagona halqasimon kabelga ulanadi. Paketlar halqa bo’ylab bir yo’nalishda tarmoqqa ulangan kompyuterlarning tarmoq platalari orqali uzatiladi. Har bir kompyuter signalni kuchaytirib, halqa bo’yicha uzatadi. Yacheykali topologiya har bir kompyuterni tarmoqdagi boshqa kompyuterlar bilan alohida kabel orqali ulanishini nazarda tutadi. Bu usul ma’lumotlarni uzatishda qo’shimcha yo’llardan foydanalish imkonini beradi. Biror kabel ishdan chiqqanda ma’lumot boshqa yo’l orqali uzatiladi va tarmoq normal faoliyat ko’rsatishda davom etadi. Bunday topologiya global hamda bir necha uzoqlashtirilgan tarmoqlarni optic tolali yoki yo’ldosh aloqa liniyalari orqali birlashtirishda qo’llaniladi.
42. Abonent kirish tarmoqlaridagi xDSL texnologiyasi. xDSL (digital subscriber line) texnologiyalari abonent telefon liniyalarini modernizatsiyalamasdan telefon simlarining mis juftlari bo‘yicha ma’lumotlarni uzatish tezligini sezilarli oshirish imkoniga ega. Ma’lumotlarni yuqori tezlikli kanallarda uzatish amaldagi telefon liniyalarini o‘zgartirish imkoniyati DSL texnologiyalarining asosiy afzalligi hisoblanadi. XDSL texnologiyalariga quyidagilar kiradi:
– ADSL (Asymmetric DSL) – asimmetrik RAL;
– G.Lite ADSLning soddalashgan varianti;
– RADSL (Rate-Adaptive ADSL) – ulash tezligining adaptatsiyasi bilan RAL;
– ISDN DSL (IDSL);
– HDSL (High Bit-Rate DSL) – yuqori tezlikli RAL;
– SDSL (Symmetric DSL) – simmetrik RAL;
– VDSL (Very High Bit-Rate DSL) – o‘ta yuqori tezlikli RAL.
Bu texnologiyalarning ikkita asosiy toifasi mavjud: simmetrik va asimmetrik.Agar ikkita yo‘nalishda ma’lumotlarni uzatish tezligi bir xil bo‘lsa, bu simmetrik texnologiya bo‘ladi. Agar har xil bo‘lsa, asimmetrik bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |