Qoplovchi toʻqima
Qoplovchi tо‘qimalar asosan, о‘simliklarni tashqi muhit ta’siridan
himoya qiladi, ichki tо‘qimalarni qurish va shikastlanishdan saqlaydi.
Uning asosiy fiziologik funksiyasi (vazifasi) moddalarni tanlab
о‘tkazish, transpirasiya (lot. trans – orqali, spiro – nafas chiqarish) –
suvni sharoitga qarab bug‘latish va gaz almashinuvi jarayonini
boshqarishdan iboratdir. Ba’zi qoplovchi tо‘qimalar moddalarni
sо‘rish va chiqarish xususiyatiga ega. Qoplovchi tо‘qimalar juda ham
qadimiy bо‘lib, ularning evolyutsiyasi о‘simliklarni suv sharoitidan
chiqib, quruqlikka moslashish vaqtidan yuzaga kelgan. Bu tо‘qimalar
ham boshqa doimiy tо‘qimalarga о‘xshash ontogenez davrida
meristema tо‘qimadan vujudga keladi. Meristemalar hujayralarining
takomillashishidan uch xil qoplovchi tо‘qimalar – birlamchi
(dastlabki) epiderma (yunon. epi – yuzasida; derma – pо‘st)
novdaning apikal meristema hujayralaridan yuzaga keladi, barg va
poyaning tashqi tomonidan о‘rab oladi. Keyinchalik bu tо‘qima
о‘rniga ikkilamchi qoplovchi tо‘qima – periderma-fellogendan hosil
bо‘ladi. Bu murakkab tо‘qima poya va ildizlarda bо‘ladi. О‘simlik
qarigan sari uning tana va ildizlarida periderma о‘rniga pо‘stloq – ulik
tо‘qimalar paydo bо‘ladi.
Birlamchi qoplag‘ich tо‘qima (epiderma) yosh novda, poya va
barglarni ustki qismidan qoplab turadi. Ikkilamchi va uchlamchi
tо‘qimalar – periderma va ritidomlar esa о‘simlikning poya va
ildizlarini qoplaydi. Shimish vazifasi kuchliroq bо‘lgan tashqi
chegaralovchi tо‘qimalar ildizlar uchun xarakterli bо‘lgan velamen va
rizodermalardir. Ichki chegaralovchi tо‘qimalar о‘simlikning turli
organlarida uchraydi: endoderma poya va ildizlarda, ekzoderma
ildizda, о‘tkazuvchi boylamlarni о‘rab turuvchi hujayralar guruhi esa
asosan barg uchun xarakterlidir.
5
Do'stlaringiz bilan baham: |