chiqadi va tayanch vazifasini faqat turgor holatidagina bajaradi. Suv
chiqadi va tayanch vazifasini faqat turgor holatidagina bajaradi. Suv
miqdori kamaysa, kollenxima hujayralari bukilib sо‘liydi. Ba’zan
ularda xloroplastlar uchraydi, ular hujayraning turgor holatini
saqlashda xizmat qilsa kerak.
Kollenxima asosan uch xil: burchaksimon, plastinkasimon va
g‘ovaksimon bо‘ladi
Sklerenxima (yunon. skleros – qattiq, mustahkam) tо‘qimalari
tuzilishi jihatidan kollenximadan farq qiladi. Sklerenxima
tо‘qimalarining hujayralari taraqqiyotning ma’lum bir davrida,
prozenxima shaklidagi hujayralarning takomillashishidan tashkil
topadi va bir xilda qalinlashib lignin (lot. lignum – yog‘och)
moddasini shimib, mustahkamlanib yog‘ochlanadi. Natijada
hujayralar tiriklik xususiyatini yо‘qotadi, bо‘shlig‘i havo bilan tо‘ladi
5-labaratoriya mashgʻuloti. Bir va ikki urugʻpallali oʻsimliklarning urugʻlarini tuzilishi va maysalarining unib chiqishi Reja: 1. Bir urugʻ pallali oʻsimliklar 2.Ikki urugʻ pallali oʻsimliklar Bir urugʻ pallali oʻsimliklar
Bir pallali о‘simliklar (Poaceae oilasi vakillari) mevasi bir urug‘li
bо‘lib, boshqa bir pallalilardan murtagining don ichida joylashishi
bilan farq qiladi. Ya’ni donning murtagi endospermning bir tomoniga
yondoshib joylashadi, lekin uning tо‘qimasi bilan о‘ralib turmaydi.
Shuning uchun urug‘palla barg endospermga yopishib qalqon shakliga
aylangan. Qalqonning tashqi tomonidagi hujayralari endosperm
moddalarini shimishga moslashgan. Boshqa bir pallalilarga nisbatan
bug‘doydoshlarning 2–3 ba’zida kо‘proq boshlang‘ich bargchalarga
ega bо‘lgan murtakning kurtagi yaxshi rivojlangan. Kurtakning tashqi
tomonidagi bargi – koleoptil deyiladi. Bug‘doydoshlarning gipokotili
sust rivojlangan bо‘lib, murtak ildiz koleorizo deb nomlangan, kо‘p
qavatli mahsus tо‘qima bilan о‘ralgan. Urug‘ unganda koleorizo bukib
tashqi tomonda sо‘ruvchi tukchalar paydo bо‘ladi, ildiz koleorizoni
yorib tashqariga chiqib tuproqda о‘sa boshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |