1-labaratoriya mashgʻuloti Mikroskopning tuzilishi va u bilan ishlash Reja: Mikroskop haqida maʼlumot
Epiderma uchki meristemaning tashqi qavatidan hosil bо‘lgan
Download 63.53 Kb.
|
1-labaratoriya mashgʻuloti Mikroskopning tuzilishi va u bilan is-fayllar.org
Epiderma uchki meristemaning tashqi qavatidan hosil bо‘lganEpiderma uchki meristemaning tashqi qavatidan hosil bо‘lgan birlamchi qoplovchi tо‘qima hisoblanadi. U о‘simlikning yosh davrida barcha organlarini qoplab turadi. Keyinchalik kо‘p yillik organ ikkilamchi qoplovich tо‘qima bilan almashinadi. Poya va barglardagi birlamchi qoplovichi tо‘qima epiderma deb ataladi. Epidermaning muhim vazifasi gaz almashinuvi boshqarish va suv sarfini kamaytirishdan iboratdir. Bulardan tashqari epiderma о‘simlikning ichki tо‘qimalariga kasallik tug‘diruvchi mikroorganizmlarni kirishidan va mexanik zararlanishdan saqlaydi. Organlarga mustahkamlik beradi. Epiderma orqali efir moylari, suv tomchilari va tuzlar ajralib chiqishi mumkin. Epiderma tо‘qimasi parenxima yoki bir oz chо‘zilgan tirik hujayralardan tashkil topgan. Hujayradagi yirik vakuol shira bilan tо‘la bо‘ladi. Odatda hujayrada rangli plastidalar bо‘lmaydi, ammo yadro atrofida leykoplastlar kuzatiladi. Chо‘l mintaqasi о‘simliklari epiderma hujayrasining tashqi devori 5 qavatdan iborat: epikutikulyar vosk, kutikula, kutinlashgan qavat, pektin qavati va sellyuloza qavati. Mazkur hujayra qavatlari о‘simlikni suvni kam bug‘lanishini ta’minlaydi (18-rasm). Epiderma bir qatorli va kо‘p qatorli buladi. Asosan о‘simliklarning epidermalari bir qatordan iborat bо‘ladi (19-rasm). Epiderma hujayralari shakliga kо‘ra turlicha: doirasimon, chuziq, yassiroq, tо‘lqinsimon bo‘ladi (20-rasm). Og‘izchalar (havo yoki “nafas” yо‘llari) – epidermanin eng muhim va takomillashgan ikkita tutashtiruvchi hujayralardan va ularning orasidagi tirqish (og‘izcha) dan tashkiltopgan (19-rasm). Tutashtiruvchi hujayralarning yon devorlari bir tekisda qalinlashmagan. Havo yо‘llari tirqishiga yondoshgan burchaklar juda qalin, yon pо‘stlari esa yupqa. Havo yо‘lining bunday tuzilishi shakl о‘zgarishini osonlashtirib, uning ochilib va yumilib turishiga yordam beradi va shu sababli transpirasiya va gazlar almashinuv jarayonini tartibga soladi. Tutashtiruvchi hujayralarning ostida havo yoki “nafas” bо‘shlig‘i joylashgan. Tutashtiruvchi hujayralarning yonlaridagi hujayralari qо‘shimcha yoki yordamchi hujayralar deb ataladi. Tutashtiruvchi va qо‘shimcha hujayralar birgalikda havo a’zolari “nafas” olish a’zolari – og‘izchani tashkil etadi. Download 63.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling