bo‘g‘imlar shakllanadi, lekin bo‘g‘im oraliqlarini rivojlanishi esa
bo‘g‘imlar shakllanadi, lekin bo‘g‘im oraliqlarini rivojlanishi esa
kechikadi. Ko‘p vaqtda yosh bo‘g‘imlar asosidagi interkalyar
meristemadan hosil bo‘ladigan doimiy to‘qimalar va bo‘g‘im
oraliqlarining o‘sishi ancha uzoqqa cho‘ziladi. Masalan, bir pallali
o‘simliklarda apikal meristema to‘pgul hosil qilishga sarf bo‘lib,
poyani o‘sishi interkalyar meristemaga bog‘liq bo‘ladi. Shunday qilib
poyaga murakkab meristemalar: apikal, yon interkalyar tizimi xosdir
Poyaning ikkilamchi yoʻgʻonlashishi
Poyalarning ikkilamchi yо‘g‘onlashishi va kambiyning faoliyati.
Kambiyning paydo bo‘lishi va uning ishi hamma o‘simliklarda bir xil
bo‘lmasdan, keyingi paydo bo‘gan morfogenetik qatorda kambiyning
ishi susayib hatto yo‘qolishga ham olib kelgan: A – avval kambiy
halqa shaklida hosil bo‘lgan prokambiydan shakllanib, uzluksiz
ikkilamchi o‘tkazuvchi to‘qimalarni hosil qiladi (89-rasm, 1). B –
kambiy avval prokambiy boylamlarida so‘ngra boylamlar orasida
paydo bo‘ladi va bir butun kambiy halqasini hosil qiladi va undan
uzluksiz (boylamlar ichidagi va tashqarisidagi) ikkalamchi to‘qimalar
uzluksiz (boylamlar ichidagi va tashqarisidagi) ikkalamchi to‘qimalar
differensiatsiyallashadi (89-rasm, 2). V – kambiy avval prokambiy
boylamlarda so‘ngra boylamlararo halqalar shaklida paydo bo‘ladi,
lekin boylamlararo kambiy faqat mexanik to‘qima elementlarini hosil
qiladi (89-rasm, 3) yoki o‘zak va po‘stloq parenximasidan farq
qilmaydigan yupqa po‘stlik parenximasini ham hosil qiladi (89-rasm,
4). G – kambiy umuman paydo bo‘lmaydi. O‘tkazuvchi naylar
boylamlari birlamchi parenximalar orasida joylashadi
Do'stlaringiz bilan baham: |