Ildizning ikkilamchi tuzilishi. Ildizning birlamchi tuzilishi ildizda
ikkilamchi yon meristema tо‘qimasi kambiy va fellogenlarning paydo
bо‘lishigacha davom etadi. Qiriqquloqlarda va bir urug‘pallali
о‘simliklarning ildizlarida ikkilamchi meristemalar hosil bо‘lmaydi,
shuning uchun ular birlamchi tuzilishlarni vegetasiyasini oxirigacha
saqlaydi.
Ochiq urug‘lilar va ikki urug‘pallali о‘simliklar ildizlarida ildizning
eniga kengayishini ta’minlovchi kambiy о‘z faoliyatini kо‘rsatib
uzunasiga (tangental) bо‘linib ichkariga markaziy silindrga ikkilamchi
ksilema (yog‘ochlik) elementlarini, tashqariga pо‘stloq tomon
ikkilamchi floema (lub) elementlarini hosil qiladi.
Novda va kurtakning tuzilishi. Poyaning birlamchi va ikkilamchi ichki tuzilishi Reja: 1.Novda haqida maʼlumot 2.Kurtak haqida maʼlumot Novda haqida maʼlumot
Novda - yuksak o‘simliklarning asosiy organi hisoblanadi.
Novdalar vegetativ va generativ guruhlarga bо‘linadi. Vegetativ
novdalar – poya, barg va kurtaklardan tashkil topgan bо‘lib, havodan
(fotosintez) oziqlanish vazifasini bajaradi. Generativ yoki reproduktiv
novda – guldan tashkil topgan bо‘lib, о‘simliklarda kо‘payish
vazifasini ta’minlaydi. Novda ildiz kabi uchki meristemadan hosil
bo‘lgan birdan – bir organdir. Novda ildizga nisbatan murakkabroq
tuzilishga ega bo‘lib, taraqqiyotining boshlang‘ich etaplaridayoq
maxsus organlarga: bo‘g‘imlarga, bo‘g‘im oraliqlariga –
metamerlarga, yon organlarga – barglar va kurtaklarga shakllanadi.
Novdalarning asosiy vazifasi о‘tkazuvchanlik, tayanch va oziq
moddalarni tо‘plashdir. Barglarda fotosintez jarayoni natijasida
sentezlangan organik moddalar poyaning floema о‘tkazuvchi naylari
orqali о‘sayotgan barglarga, poyaning о‘ziga, ildizga, gullarga, urug‘
va mevalarga boradi.
Novdalarning ildizlardan farqi ularda bо‘g‘imlarning bо‘lishi va
barglarni hosil qilishidir (55-rasm).
Poyalardan barglarning hosil bо‘lgan joyiga bо‘g‘imlar deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |