1-labarotoriya mashg’uloti Mavzu: Fermentlar barqarorligiga ta’sir etuvchi faktorlar Harorat


Fermentativ reakstiya tezligining pHga bog`liqligini ifodolovchi grafik


Download 168.14 Kb.
bet2/2
Sana07.02.2023
Hajmi168.14 Kb.
#1174126
1   2
Bog'liq
1-lab.ishi

Fermentativ reakstiya tezligining pHga bog`liqligini ifodolovchi
grafik
.
Fermentlarning ta’sir etish xarakteri ko’pincha substrat va reakstiyada
ishtirok etadigan boshqa moddalar xususiyatiga ham bog`liq bo’ladi. Sababi, bu
moddalar ham kuchsiz elektrolitlar bo’lib, tabiiy ionlanish xususiyatiga ega
bo’lishidir. Demak, muhit pH ning o’zgarishi moddalarga va ferment faolligi ta’sir
etadi.


3.Fermentlarning aktivligiga aktivator va ingibitorlarning ta`siri
Fermentlarning aktivligiga aktivator va ingibitorlarning ta`siri
Fermentativ reakstiyalar ayrim moddalar ta’sirida qisman yoki to’liq
faolligini yo’qotishi mumkin, unday birikmalarni fermentlarning ingibitorlari
deyiladi. Ayrim ferment ingibitorlaridan dori sifatida samarali foydalanish
mumkin. Ba’zi ingibitorlar ferment ishtirokida faoliyatini butunlay to’xtatishi yoki
organizmga zahar sifatida ta’sir qilishi mumkin. Reakstion muhitda ba’zi bir
ionlarning ishtirok etishi ferment – substrat kompleksi hosil bo’lishini tezlashtiradi.
Bundaymoddalar aktivatorlar deyiladi. Fermentativ reakstiyalarning faolligini pasaytirish bir necha xil bo’ladi: konkurent (raqobatli) va nokonkurent (raqobatsiz) yo’l bilan amalga oshiriladi. Raqobatli ingibitorlar strukturalari bo’yicha substratlarga o’xshab, ular fermentingibitor kompleksini hosil qilib, substratni siqib chiqaradi.
Bunda ferment denaturastiya hodisasiga uchramasdan, o’z faolligini pasaytiradi. Ferment faolligini raqobatli pasaytirish qaytar bo’lib, substratning miqdori ko’p bo’lganda, fermentingibitor kompleksidan ingibitorni siqib chiqarishi mumkin.


Ko’pchilik dori-darmon moddalari inson va hayvonlarga raqobatli konkurent
sifatida ta’sir qiladi. Misol tariqasida, sulfamid preparatlarini ta’sir qilish
mexanizmini ko’rsatish mumkin, ular strukturasi bo’yicha p-aminobenzoy
kislotasiga (PABK) o’xshaydi. Bu modda mikrob hujayrasidagi fol kislotasining
intermedianti hisoblanadi. Fol kislota esa nuklein kislotasining almashinuvida hal
qiluvchi moddalardir. Organizmga sulfamid dori berganda PABK metabolizm –
fermentining faolligi ingibirlanadi. Natijada nuklein kislotaning sintezi kamayib,
mikroorganizm esa o’ladi. Bu erda sulfanilamid fol kislotasining sintezlovchi
fermentga raqib hisoblanadi. Shunday qilib, ko’pchilik dorilar ferment bilan
raqobatli konkurent asosida ta’sir qiladi. Dorining samaradorligini oshirishda
ingibitor ferment bilan yuqori darajada bog`lanishi lozim, aks holda dorining
miqdorini kamaytirish tavsiya etiladi. Raqobatsiz ingibitorlar fermentlarning faol markaziga (substrat birikadigan joyga) birikmaydi. Raqobatsiz ingibitorlar fermentlarning faol markazidan uzoq bo’lmagan erlarga ta’sir qilib, fermentning konfarmastiyasini qisman buzib, faol markazini dezintegrastiyaga sabachi bo’ladi.
Shunday ingibitorlar borki, ular ferment – substrat kompleksining ajralishiga
yo’l qo’ymaydi. Bularga misol tariqasida, qishloq xo’jaligida ishlatiladigan
gerbistidlar, insektistidlar va stimulyatorlarni keltirish mumkin. Reaksiya tezligini pasaytiruvchi moddalarga fermentlar ingibitorlari deb ataladi. Oqsil denaturatsiyasini vujudga keltiruvchi moddalar va omillar (qizdirish,
kislota, ishqor, og‘ir metall tuzlari va boshqalar) fermentlarni ingibirlaydi. Qaytar
va qaytmas ingibirlanish tafovut etiladi. Qaytar ingibirlanishda reaksiya tezligining
pasayishi ingibitor va ferment o‘rtasidagi reaksiya tezligini qaytar pasayishi
hisobiga boradi:
E+I↔EI


Fermentlarning qaytmas ingibirlanishi mustahkam ferment va ingibitor
ta’sirida birikma hosil bo‘lishi bilan xarakterlanadi:

E+I→IEI


Kompleksining hosil bo‘lishi kataliz jarayonida ishtirok etuvchi ferment
funksional guruhlari bilan kovalent bog‘ hosil bo‘lishi hisobiga boradi. Ta’sir
mexanizmiga ko‘ra qaytar ingibirlanish quyidagicha bo‘linadi:


1)raqobatli;
2)raqobatsiz
3)raqobat qilmaydigan
4)substrat;
5)allosterik.


Raqobatli ingibirlanishda ingibitor fermentning substrat bilan birikadigan
funksional guruhlari bilan birikadi. Raqobatli ingibitorlar odatda substrat bilan
tuzilishi jihatidan o‘xshaydilar. Klassik misol bo‘lib SDGning malonat kislotasi
bilan ingibirlanishi hisoblanadi, u qahrabo kislota bilan struktura jihatidan
o‘xshashdir; akonitaza ftorlimon kislota bilan ingibirlanadi. Raqobatli ingibitor
bilan substratning o‘xshashligi natijasida bunday ingibirlanish izosterik
ingibirlanish deb ham ataladi. Raqobatsiz ingibirlanishda ingibitor ferment bilan
funksional bo‘lmagan guruhlar orqali bog‘lanadi. Raqobatsiz ingibirlanishga sianid
kislota, kimyoviy birikmalar, natriy ftorid, natriy azid va boshqalar ta’siri misol
bo‘la oladi. Ular ferment katalitik markaziga kiruvchi Shu guruhlarni bog‘lab oladi.
Raqobatsiz ingibitor ta’sirini substrat miqdorini ko‘paytirib bartaraf qilish mumkin
emas. Ingibitorga bog‘lovchi moddalar bilan ta’sir etish mumkin. Bunday
moddalar reaktivatorlar deb yuritiladilar. Raqobat qilmaydigan ingibirlanish deb,
fermentsubstrat kompleksiga ingibitorning birikishi bilan boradigan fermentativ
reaksiyaning pasayishiga aytiladi. Raqobat qilmaydigan ingibitor ferment bilan
substratsiz muhitda birikmaydi. Ayni vaqtda, ingibitor substratning ferment bilan
bog‘lanishini yengillashtiradi, keyin esa o‘zi ferment-substrat kompleksi bilan
birikib, ferment faolligini ingibirlaydi. Bu ingibirlanishning kam uchraydigan
turidir.


E+S→ES+I→ESI


Substrat ingibirlanish deb fermentativ reaksiyani substrat miqdori ko‘p
bo‘lgan vaqtda pasayishiga aytiladi. Bunday ingibirlanish katalitik o‘zgarishga
uchray olmaydigan ferment-substrat kompleksining hosil bo‘lishi bilan sodir
bo‘ladi.
Uyga vazifa:

  1. Ferment faolligiga substrat va ferment konsentratsiyasini ta’sirini o’rganib kelish

Download 168.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling