18-20 1 sm. 2 vа 14 nuqtаlаri egri chiziq bilаn birlаshtirilаdi.
Erkaklar sorochkasi yengi asos konstruksiyasi
Ishni bajarishga qo’yiladigan talablar:
Talabalar laboratoriya ishini bajarish tartibiga mos holda bajaradilar.
Laboratoriya ishining yozuv qismi A4-formatli qog’ozda, chizmalar millimetrli qog’ozda 1:1 da bajariladi.
Laboratoriya ishiga jadvallar, hamda M 1:1 da asos konstruktsiyasi (AK) chizmlar ilova qilinadi.
12-LABORATORIYA ISHI. (22-soat)
Mavzu: Ayollar jaketi asos konstruksiyasini qurish va hisobi. Ayollar jaketini bichish. Ayollar jaketini tikish va texnologik tartib tuzish
Ish mazmuni:
1. Ayollar jaketi asos konstruksiyalash usullarini o’rganish va tahlil qilish.
2.Ayollar jaketi asos konstruksiyasini xisoblash uchun dastlabki ma'lumotlarni tanlash: a) o’lcham ko’rsatkichlari, b) konstruktiv qo’shimchalar.
3. Ayollar jaketi asos konstruksiyasini xisoblash va qurish
4. Ayollar jaketi tikish va texnologik xujjatlarini rasmiylashtirish.
Qo’llanma va anjomlar: Ayollar qomati o’lchamlari, chizish anjomlari, maket gazlama tp’g’nog’ichi, qaychi, ip, igna.
Ishni bajarish tartibi:
Talabalar ayollar jaketi konstruktsiyalash usullarini nazariy darslarda olgan bilamlari asosida umumlashtiradilar. Ayollar jaketi konstruksiyasini qurish uchun eng zamonaviy va ko’lay usul tanlanadi. Konstruksiya qurishdan avval tanlangan usul bo’yicha xisob formulalari taxlil qilinadi, kerakli razmer o’lchamlari va konstruktiv qo’shimchalar tarkibi aniqlab olinadi; xisob formulalari tizimi (sistemasi) yozib tayyorlanadi.
Laboratoriya ishining ikkinchi qismida bolalar kiyimi asos konstruksiyasini xisoblash uchun dastlabki ma'lumotlar tanlanadi.
Ayollar jaketi bazali konstruktsiyasi chizmasini qurish uchun dastlabki ma'lumotlar tanlangan konstruktsiyalash usulidan kelib chiqqan holda belgilnadi. Talaba zamonaviy shakldagi kiyim modellari olish uchun yuqorida ko’rsatilgan konstruktsiyalash usulidan farqli boshqa usullarini tanlashi mumkin. Masalan, MGUDT, «Myuller i sin», EMKO SEV:
a) DavST (GOST) va tarmoq standartidan (OST-325-81) dan foydalanib, bolalar kiyimi asos konstruktsiyasini qurish uchun zarur tipaviy qomatning o’lcham ko’rsatkichlari aniqlanadi. Natijalar jadvalga yoziladi. Razmer o’lchamlari qiymati konkret figura o’lchamlariga ega mos bo’lgan tipaviy figura uchun tanlab olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |