7-laboratoriya ishi
Download 32.5 Kb.
|
7 lab
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uslubiy ko’rsatmalar
- Ishni bajarishga qo’yiladigan talablar
7-LABORATORIYA ISHI YEMKO USULI Bo’YICHA QURILGAN ASOS KONSTRUKSIYASI SIFATINI ANIQ QOMATDA BAHOLASH. Ishdan maqsad. YEMKO usuli bo’yicha qurilgan asos konstruksiyasi qomatda tekshirish va nuqsonlarni bartaraf etish Ish mazmuni: 1. Ayollar kiyimi konstruksiyasi maketini tayyorlash. 2. Ko’ylak konstruksiyasini nuqsonlarini tekshirish. Qo’llanma va anjomlar: YEMKO usuli bo’yicha qurilgan asos konstruksiyasi va andozalari ayollar tipaviy figurasi manekenlari, chizish anjomlari, maket gazlama to’g’nog’ichi, qaychi, ip, igna. Uslubiy ko’rsatmalar: 1. Talabalar ayollar kiyimi konstruktsiyasi andazalar shablonini bajaradilar. 2. Andazalar shabloni asosida maket tayyorlanadi. Maketda konstruktiv chiziqlar belgilanadi. Model nusxasini tayyorlashdan avval, konstrukiiya chizmasining to‘g‘riligi, tana o‘lchamlari va konstruktiv-dekorativ qo‘shimchalar bo‘yicha sinchiklab tekshiriladi. Asosiy detallar o‘lchamlari dastlabki hisoblarga, qomat o‘lchamlariga, eng qiyamasining uzunligi o‘miz o‘lchamlariga mosligi qayta ko‘rib chiqiladi. Model konstruksiyasining to‘g‘riligi, qomatda o‘rnashuvini tekshirish orqali baholanadi. Model tayyorlash jarayonida qomatda uning o‘rnashuvini tekshirish ma’suliyatli bosqichlardan biri hisoblanadi. Ayni paytda model siluetining shakli, ayrim detallarining o‘zaro nisbatlari, kiyim shaxsning eshita va tuzilishiga mosligi va mo-delning qomatda umumiy o‘rnashuvi ko‘rib chiqiladi. Ushbu maqsadga muvofiq, birlamchi, namuia detallari yon, elka, bo‘rtma choklar va eng qirqimlarida taxminan 2 sm chok haqlarini qo‘shib bichiladi. Konstruksiyada yo‘l qo‘yilgan nuqsonlarni o‘z vaqtida aniqlab, bartaraf etish buyumni odam gavdasiga moslash va kiyim yakka tartibda tayyorlangan holda, buyurtmachining ta-lablarini qondirish maqsadida, buyumning birlamchi namuna-si. odatda, ikki marta qomatga kiydirib ko‘riladi. Birinchn kiydirib ko‘rish O‘rnashuvi tekshiriladigan buyum qomatga kiydiriladi, model bo‘yicha mo‘ljallangan elka yos-tiqchalari joylariga qo‘yiladi. Taqilma hosil qilinib, old bo‘laklarining o‘rta chiziklari ustma-ust tushyriladi. Ayollar buyumida o‘ng tomon chap tomonning ustiga qo‘yiladi (taqilma o‘ngdan chapga), erkaklar buyumida esa aksincha - taqilma chap-lan o‘ngga qaragan. Ko‘krak va bel chiziqlarining sathida to‘g‘nag‘ichlar qadaladi. Buyumning o‘rta chizig‘i qomatning o‘rta chizigi bilan ustma-ust tushib, qat’iy vertikal holatda joylanishi kerak. Buyum-ning o‘rta chizig‘i vsrtikaldan oggan holda, kog‘tstrukiiyada xa-tolarga yo‘l qo‘yilgan bo‘ladi. Buyumning orqa o‘rta chizig‘i qomat orqasining o‘rta chizig‘i bilan ustma-ust tushiriladi. Ayollar buyumi kiydirib ko‘rilganda, gavlaga o‘ng tomoni mos-lana'sh, erkaklar buyumida esa — chap tomoni (taqilma yo‘nalishiga qarab). Kiydirib ko‘rishda tasdiqlangan yoki keli-shilgan model xususiyatlariga amal qilinadi. Odam gavdasiga kiydirilgai buyum sinchiklab ko‘riladi. Uning qomatda o‘rnashuviga, uzunligiga, kengligiga, umumiy shak-liga, ayrim detallarning o‘lchamlariga, ularning o‘zaro bog‘lanishi va nisbatlariga, ulardan tashqari vitachkalar, cho‘ntaklar, bo‘rtma choklar va boshqa konstruktiv chiziqlar o‘rniga va shakliga alohila e’tibor beriladi. Ko‘rish natijalari tahlil qilinadi va konstruksiyaga muayyan o‘zgarishlar kiritish to‘g‘risida xulosa chiqariladi. Kiydirib ko’rishni o‘tkazish tartibi. Har bir muayyan modelning o‘ziga xos ketma-ketligi bo‘lishi mumkin, lekin birinchi navbatda kiyim o‘rnashuviga bogliq masalapar hal qilinadi. Kiyimning qomatda to‘g‘ri o‘rnashuvi old va orqa bo‘laklarining yelka va yon choklari joylanishi bilan aniqlanadi. Buyum balansiga old va orqa bo‘laklarining bir-biriga nisbatan joylanishi hamda vitachkalar kengligi, yelka chokining o‘rni, yeng choklarining vertikalligi va o‘rni, shu bilan bir vaqtda boshqa dekorativ va konstruktiv choklarning o‘rni ta’sir etadi. old bo‘lakning o‘rta chizig‘i qat’iy vertikal qadaladi, ko‘krak va kurak vitachkalarining kengligi aniqdanadi. Old va orqa bo‘laklarida o‘miz atrofidagi barcha hajmiyliklar bartaraf etiladi. Yelka choklarining yangi yo‘nalishi aniqlanib, orqa bo‘lagi tomonidan qalaladi. Yon choklar so‘kiladi, old va orqa bo‘laklarni bir-biriga nisbatan to‘g‘ri qat’iy vertikal joylashtirib, orqa bo‘lak choki haqi old chok haqining ustiga qo‘yib, buyum kengligini na-zorat qilgan holda yon choklar qayta qadaladi. So‘ngra, tugmalar soni va izmalar o‘rni, yoqa va bort qaytarmasining shakli aniqlanadi. Ishni bajarishga qo’yiladigan talablar: Talabalar laboratoriya ishini bajarish tartibiga mos holda bajaradilar. Laboratoriya ishining yozuv qismi A4-formatli qog’ozda, andazalar qog’ozda 1:1 da bajariladi. Laboratoriya ishiga M 1:1 da andazalar shabloni ilova qilinadi. Download 32.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling