1-Laboratoriya ishi Mavzu: Sifat reaksiyalarini bajarish texnikasi. Laboratoriyada ishlashning umumiy qoidalari


Download 0.78 Mb.
bet51/55
Sana07.04.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1337748
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Bog'liq
Аналитик кимё тажриба 2022.

Ishning bajarilish tartibi
A) Probirkaga 2-3 ml 0,5 n mis sulfat eritmasidan qo‘shing. Unga avval to Cu(OH)2 SO4 cho‘kmasi hosil bo‘lguncha, so‘ngra yana cho‘kma erib ketguncha ammiak eritmasidan tomchilab qo‘shing. Hosil bo‘lgan kompleks ionning rangi qanday? Cho‘kma hosil bo‘lishi va uning erish reaksiya tenglamalarini yozing.
B) Misning kislotalarga ta’siri.
Tajriba mo‘rili shkafda bajariladi. Uchta probirkaga 2-3 ml dan: birinchisiga HCl, ikkichisiga H2SO4, uchinchisiga HNO3 kislotalarining konsentrlangan eritmalaridan qo‘shing. Boshqa uchta probirkaga xuddi shuncha hajmda yuqoridagi kislotalarining suyultirilgan eritmalaridan qo‘shing. Har qaysi probirkaga bir bo‘lakchadan mis soling. Reaksiya bormagan probirkalarni biroz isiting. Mis, tajriba uchun olingan (HCl, H2SO4 va HNO3) kislotalarning hammasi bilan reaksiyaga kirishadimi? Agar reaksiyaga kirishsa, reaksiya tenglamasini yozing.
D) Mis ikki gidrooksidining olinishi va xossalari.
Probirkaga 1-2 ml CuSO4 eritmasidan va xuddi shuncha suyultirilgan ishqor eritmasidan quying. Probirkada hosil qilingan cho‘kmani uch qismga bo‘ling. Birinchi qismga H2SO4 eritmasidan, ikkinchi qismiga ishqorning suyultirilgan eritmasidan va uchinchi qismiga konsentrlangan eritmasidan quying. Uchala holda ham cho‘kma eriydimi? Reaksiya tenglamalarini tuzing. Mis ikki gidrooksidining xususiyati to‘g‘risida xulosa chiqaring.

Nazorat savollari
1. Tajriba birikmalaridan sanoatda mis, kumush va oltin qanday olinadi?
2. Mis (II) gidrooksid bilan ammiak orasida sodir bo‘ladigan reaksiya tenglamasini yozing.
3. Mis (II) gidrooksidining amfoter xossaga ega ekanini tegishli reaksiyalarning molekular va ionli tenglamalarini yozish orqali tushuntiring.
13-Laboratoriya ishi
Mavzu: Kompleksonometriya usulida ishchi eritmani konsentrasiyasini aniqlash Kompleksonometriya usulida ishchi eritmani konsentrasiyasini aniqlash

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling