1-Laboratoriya ishi Mavzu: Sifat reaksiyalarini bajarish texnikasi. Laboratoriyada ishlashning umumiy qoidalari


Kompleksonometrik metod bilan aniqlash


Download 0.78 Mb.
bet53/55
Sana07.04.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1337748
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Bog'liq
Аналитик кимё тажриба 2022.

Kompleksonometrik metod bilan aniqlash
Ammiakli bufer aralashmani tayyorlash. 100 ml 20% li NH4C1 eritmasini 100 ml 20% li NH4OH eritmasi bilan aralashtiriladi va aralashma distillangan suv bilan 1 litrgacha suyultiriladi.
Indikator tayyorlash.0,5 g erioxrom qora T ni 10 ml ammiakli bufer aralashmada eritiladi va eritma hajmi etil spirt bilan 100 ml ga yetkaziladi. Eritma 10 sutkagacha yaroqli.
Komplekson III (trilon B) ning 0,05 n. li eritmasini tayyorlash. Trilon B boshlang`ich moddalarga qo`yiladigan talablarga javob beradi, shuning uchun uning katta bo`lmagan miqdorini aniq naveska bo`yicha tayyorlash mumkin. 372,24 Trilon B ning ekvivalent massasi E=186,12 ga teng. Eritma tayyorlash uchun naveska.
ga teng
bunda N - eritmaning normalligi; VK –o`lchov kolbasining hajmi; E - trilon B ning ekvivalent massasi.
Eritmani har qanday aniq eritma tayyorlagandek tayyorlanadi. Agar trilon B eritmasini taxminan kerakli konsentrasiyada tayyorlansa, eritmaning titri hajmiy usul bilan aniqlanadi. Boshlang`ich modda sifatida magniy sulfat MgSO4*7H2O ishlatish mumkin. Trilon B ning titri aniqlanmoqchi bulinayotgan metall buyicha hisoblanadi.
Kalsiyni aniqlash. Kalsiy miqdorini uning tuzlaridan aniqlash kompleksonometrik aniqlashga misol bulishi mumkin. Analitik tarozida olingan kalsiy tuzining CaCl2*6H2O naveskasi 100 ml li o`lchov kolbasiga to`liq solinadi, distillangan suvda eritiladi, belgigacha yetkaziladi va aralashtiriladi. Tayyorlangan eritmadan pipetka bilan konussimon kolbaga 10 ml olinadi, distillangan suv bilan 70-80 ml hajmgacha suyultiriladi. 5 ml ammiakli bufer aralashma va 5 tomchi indikator qo`shiladi. Hosil qilingan aralashma trilon B eritmasi bilan qizil vino raigidan ko`k rangga o`tguncha tirtlanadi. Titrlash oxiriga yaqin trilon eritmasini extiyotlik bilan bir tomchidan qo`shish kerak. Titrlash ohirida qizil rangning uzi butunlay yo`qolishi kerak. Eritma yashil tusli ko`k bo`lib qoladi.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling