1-laboratoriya ishi moyli urug’larni analiz qilish (paxta chigitidan tashqari) Laboratoriya mаshg’ulоtlаrini bаjаrishdа tаlаbаlаrning riоya qilish kеrаk bo’lgаn хаvfsizlik qоidаlаri


Download 0.92 Mb.
bet35/64
Sana27.01.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1132643
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   64
Bog'liq
o\'mcht lab

Ishning bajarilishi. Yanchilmaning o'rtacha namunasidan 10gr atrofida 0,0001gr aniqlikda tortma ajratib olinadi.
Tortmani konussimon kolbaga solinadi va 200sm qaynash harorati 40-55°C bo'lgan petroley efiri quyiladi. Kolbani aniq 3 sekund silkitiladi. So'ng kolbani aniq 10 sekund tinch qoldiriladi. Bu vaqt o'tishi bilan efir ekstrakti ehtiyotkorlik bilan, cho'kmani eritmaga qo'shilmasligini ta'minlab, boshqa kolbaga quyiladi. Efir ekstraktini imkon qadar hamma qismi quyib olinadi. Olingan eritmani 12-13sm diametrli filtr orqali 250sm3 sig'imli tortilgan konussimon kolbaga filtrlanadi. Filtrlash tugagandan so'ng efir haydaladi. Qolgan moyni esa 100-105°C haroratda doimiy og'irlikkacha quritiladi. Birinchi tortish 1 soatdan so'ng, keyingilari yarim soatdan so'ng amalga oshiriladi. Shu yanchilmadan boshqa namuna olib, Sokslet apparatida odatdagi ekstraksiya usuli bilan moyning massa ulushi aniqlanadi.
Ochilgan hujayralar miqdori X (%da) quyidagi formula bo'yicha topiladi:
X=m1*100/m2
bu yerda: m1 - bir lahzali silkitish bilan olingan moyning massa ulushi,%,
m2 - Sokslet apparatida ekstraksiya qilib aniqlangan yanchilmadagi moyning massa ulushi, %.


17.2.Yanchilmadagi “erkin” moyning massa ulushini
aniqlash usuli
Umumiy tushunchalar. Usul yanchilgan mahsulot tarkibidagi umumiy moyga nisbatan “erkin” moyning massa ulushini topish imkonini beradi.
Apparat, reaktiv va materiallar: 4-sinf laboratoriya tarozisi; RJ, RLU yoki IRF refraktometrlari; sekundomer, 25sm3 sig'imli byuretka; 100sm3 li stakan; 15-20sm diametrli chinni hovoncha; burmali filtrlar; a-monobromnaftalin, yuvilgan qum.
Ishninhg baiarilishi. Ikkita quruq stakanga burmali filtrlar o'rnatiladi. Chinni hovonchaga va stakanga, tarozida aniq 2gr yanchilma tortib olinadi.Hovonchadagi yanchilmaga 2gr atrofida toza qum solinadi va byuretka yordamida aniq 8ml
a-monobromnaftalin quyiladi. Aralashmani hujayralarning to'liq buzilishini e'tiborga olib yaxshilab ishqalanadi. Maydalangan massani burmali filtrga quyiladi.
Stakandagi yanchilmaga ham aniq 8ml a-monobromnaftalin byuretka yordamida qo'shiladi. Shu zahoti sekundomer ishlatiladi va stakanni ehtiyotkorlik
bilan silkitiladi. 145 sekunddan so'ng aralashmani boshqa stakandagi burmali filtrga quyiladi va 5-6 tomchi missella tomishi bilan filtrni olib tashlanadi.
Refraktometrda a-monobromnaftalin n1, hovonchaga maydalangan materialni ekstraksiyalab olingan missella n2 va stakandagi mahsulotni ekstraksiyalab olingan missellalarni n3, nur sindirish ko'rsatkichlari aniqlanadi. Aniqlashlar prizmaning bir xil haroratlarida amalga oshiriladi.
Yanchilmadagi erkin moyning massa ulushini %da, moyni umumiy miqdoriga nisbatan quyidagi formula bilan topiladi:

bu yerda: n1 - a-monobromnaftalinni nur sindirish ko'rsatkichi;
n2-hovonchada maydalangan mahsulotni ekstraksiyalab olingan missellani nur sindirish ko'rsatkichi;
n3 – stakandagi mahsulotni ekstraksiyalab olingan missellani nur sindirish ko'rsatkichi.



Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling