1-laboratoriya ishi moyli urug’larni analiz qilish (paxta chigitidan tashqari) Laboratoriya mаshg’ulоtlаrini bаjаrishdа tаlаbаlаrning riоya qilish kеrаk bo’lgаn хаvfsizlik qоidаlаri
Foss-Let asbobida kunjaradagi xom moyning massa
Download 0.92 Mb.
|
o\'mcht lab
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kul miqdorini aniqlash
- Chala kulning massa ulushini aniqlash Asboblar
17.4.3.Foss-Let asbobida kunjaradagi xom moyning massa
ulushini aniqlash Barcha moyli urug'lar kunjaralari tarkibidagi xom moyning massa Foss-Let asbobida tez aniqlash mumkin. Kunjarani analiz qilishda reaktorga joylashtiriladigan namunaning aniq og'irligi 44.6gr bo'lishi kerak.Ekstraksiyalash vaqti 2 minut. Materialni analizga tayyorlash, tahlilni amalga oshirish, moyli urug'larni analiz qilishdagi kabi bajariladi . Kul miqdorini aniqlash Kunjarada qator organik moddalar bilan bir qatorda ma'lum miqdorda yoqilgandan keyin kul ko'rinishida qoladigan mineral moddalar ham bo'ladi. Kunjara tarkibidagi kul 10%li xlorid kislotada erimaydigan chala kul va 10% li xlorid kislotada eriydigan sof kul bilan xarakterlanadi. Chala kul tarkibiga moyli urug'ning o'zidagi mineral moddalar va iflos aralashmalar bilan kirgan mineral moddalar kiradi. 10%li xlorid kislotada erimaydigan kul ma'lum miqdorda tekshirilayotgan materialning tashqi mineral moddalar bilan ifloslanishini xarakterlaydi. Bu moddalar (qum, tuproq va hok.) odatda 10%li xlorid kislotada erimaydi. Chala kul va 10%li xlorid kislotada erimaydigan kul massalarining ayirmasi sof kul miqdorini ko'rsatadi. Sof kul tarkibiga asosan moyli urug'lardagi mineral moddalar kiradi. Ularning miqdoriy va sifat tarkibi urug' tabiatiga, uning o'sish sharoitiga, pishganlik darajasiga bog'liq. Sof kul massasi asosan P2O5, K2O, CaO va MgO lardan iborat. Bu moddalar umumiy kul miqdorini 90% ni tashkil etadi. Moyli urug'lar tarkibida eng ko'p tarqalgan mineral elementlardan fosfor va ikkinchi o'rinda kaliy turadi. Bundan tashqari moyli urug'larda marganes birikmalari, mis, rux, litiy, vanadiy va boshqa elementlar ham uchrab turadi. Chala kulning massa ulushini aniqlash Asboblar: mufel pechi; quritish shkafi; 2-sinf laboratoriya tarozisi; elektrisitkich, maydalagich; chinni tigellar. Ishning bajarilishi. Maydalangan kunjara namunasi oldindan toblangan va tarozida tortilgan tigelga solinadi. Chala kul miqdorini aniqlanganda namuna 2gr, xlorid kislotada erimaydigan kul miqdorini aniqlaganda esa namuna 5gr olinadi.Ajratib olingan namuna tarozida 0,0001gr aniqlikda tortiladi. Material yonib ketmasligi uchun kuydirish asta-sekin, ehtiyotkorlik bilan olib boriladi.Buning uchun tigel ustiga asbest qo'yilgan elektr-isitkichga qo'yiladi. Suv bug'lari va gazlar ajralishi tugagach namunani mufel pechiga olinadi va kuydirish to'liq kul hosil bo'lguncha davom ettiriladi. Kuydirish harorati 600-700°Cdan yuqori bo'lmasligi kerak, aks holda kul tarkibidagi ba'zi elementlar yo'qolishi mumkin. Masalan: fosforning nordon tuzlari yuqori haroratda erkin fosfor holatiga o'tib uchib ketishi mumkin. Oltingugurtning ma'lum qismi ham dioksidga aylanib uchib ketadi. 2 soat davomida kuydirgandan keyin tigel eksikatorda sovutiladi va tarozida tortiladi. So'nggi ikkita tortish o'rtasidagi farq 0,0004gr dan oshmaydigan bo'lguncha kuydirish davom ettiriladi.Takror kuydirish 30 daqiqa davom etadi. Kunjaradagi chala kulning massa ulushi X (da) quyidagi formuladan aniqlanadi: X=( m1 -m 2)*100/m (10) bu yerda: m1 - tigelni kul bilan og'irligi, gr, m2 -bo'sh tigelni og'irligi, gr, m -kul miqdori aniqlanadigan kunjarani massasi, gr. Kul miqdorini quruq moddaga nisbatan Xı qayta hisoblash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi. X1 = X* 100/(100-V) (11) bu yerda: V - kunjaradagi namlikning massa ulushi, % Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling