1-laboratoriya ishi moyli urug’larni analiz qilish (paxta chigitidan tashqari) Laboratoriya mаshg’ulоtlаrini bаjаrishdа tаlаbаlаrning riоya qilish kеrаk bo’lgаn хаvfsizlik qоidаlаri
Download 0.92 Mb.
|
o\'mcht lab
Rasm. Ammiakni haydash qurilmasi:
1-qabul qiluvchi kolba, 2-sovitgich, 3-tomchi tutqich, 4-ammiakni haydash kolbasi, 5-voronka, 6,7,8-qisqichlar, 9- bug'latuvchi kolba. Qurilma bug'latilgandan so'ng, (6) va (8) qisqichlar ochiladi, (7) qisqich esa yopiladi. Sovitgich trubkasini tagiga (bo'sh kolbani o'rniga) byuretkadan 25sm3 0.1N sulfat kislota eritmasi yoki 40sm3 2%li bor kislota quyilgan va 5-6 tomchi indikator go'shilgan kolba qo'yiladi. Sovitgich trubkasi eritmani ichiga kirib turishi kerak.Bo'sh Kyeldal kolbasini o'rniga kuydirilgan tortmasi bor kolba ulanadi.Kolbadagi modda sovitilgan bo'lishi lozim. Qisqich (6) berkitiladi va voronkaga 60sm340%li ishqor eritmasi qo'shiladi, qisqich tezlik bilan berkitiladi. Bunda eritmani rangi tiniq rangdan ko'k yoki kul ranggacha o'zgarishi kerak.Qisqich (7) ochiladi va (8) qisqich yopiladi, bunda bug’ Kyeldal kolbasi orqali o'tib, ammiakni qabul qilish kolbasiga olib o'tadi.Haydash vaqtida qizdirishni kuchaytirishga yo'l qo'yilmaydi, aks holda suyuqlik qabul kolbasidan so'rib olinishi mumkin.10-15 daqiqadan keyin haydashning to'liqligi, sovitgichdan tushayotgan suyuqlik tomchisini lakmus qog'oziga tomizib, tekshiriladi.Lakmus qog'ozi ranggini o'zgarmasligi haydash jarayonini tugaganligini ko'rsatadi. Shundan keyin, sovitgichni uchi yuvgich yordamida distillangan suv bilan yuviladi. Qabul qilish kolbasidagi modda, ammiakni sulfat kislotasiga haydashda 0,1N natriy gidroksidi eritmasi bilan yashil rang hosil bo'lguncha, bor kislotasiga haydashda esa 0,1N sulfat kislotasi eritmasi bilan binafsha rang hosil bo'lguncha titrlanadi. Ammiakni sulfat kislotasiga haydashda xom proteinning massa ulushi X ni (% da) quyidagi formuladan topiladi. X = (a*K- V*K1) *0,0014*6,25-100/m bu yerda: a-0,1N sulfat kislota eritmasi miqdori, sm3; v-sulfat kislotasini titrlashga sarflangan 0,1N gidroksid natriy eritmasini miqdori, sm3, 0.0014 - 1sm3 0.1N sulfat kislotasi eritmasiga mos keluvchi azot miqdori, gr; 6,25- azot miqdorini xom proteinga qayta hisoblash koeffisiyenti; K – 0.1N sulfat kislota eritmasiga tuzatma; K1-0,1N natriy gidroksid eritmasiga tuzatma; m - kunjara tortmasining og'irligi, gr. Ammiakni bor kislotasiga haydash usuli bilan xom protein aniqlashda faqat titrlashga sarflangan 0,1N sulfat kislotani miqdori hisobga olinadi.Hisoblash quyidagi formula bo'yicha olib boriladi. X=a*K* 0,0014*6,25*100/m Absolyut quruq moddaga nisbatan xom proteinni massa ulushi X1(%da) quyidagi formula bo'yicha hisoblanadi. X1 = X-100/(100-N) bu yerda: X-xom proteinni nam mahsulotdagi massa ulushi, %, N -tahlil qilinayotgan kunjaradagi namlikni massa ulushi, %. Parallel aniqlashlar orasidagi farq 0,6%dan oshmasligi kerak. Kunjaradagi eriydigan proteinlarni jami massa ulushini aniqlashning mohiyati suv va ishqorda eriydigan proteinlarni ajratib olish va ularni Kyeldal usuli bilan aniqlashdan iborat. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling