1-laboratoriya ishi moyli urug’larni analiz qilish (paxta chigitidan tashqari) Laboratoriya mаshg’ulоtlаrini bаjаrishdа tаlаbаlаrning riоya qilish kеrаk bo’lgаn хаvfsizlik qоidаlаri


Download 0.92 Mb.
bet42/64
Sana27.01.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1132643
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   64
Bog'liq
o\'mcht lab

Asbob, reaktiv va materiallar: 2-sinf laboratoriya tarozisi; maydalagich 0,5mm teshikli elak, 150-250 sm3 hajmli konussimon kolbalar, 50sm3 li byuretka kolba isitgich, 50-200sm3 li o'lchov silindrlari, sovitgich, suv yoki Komov nasosi; chinni hovoncha, zichligi 1,84 g/sm3 bo'lgan sulfat kislotasi, natriy gidroksidni 0.1N eritmasi, kaliy gidroksidni 33% li va 0,2% li, 0,1N eritmalari, mis sulfat; qizil metil filtr qog'ozi.
Ishning bajarilishi.Kunjaraning o'rtacha namunasidan 15gr atrofida namuna ajratib olinadi.Uni teshiklarining diametri 0,5mm bo'lgan elakdan o'tadigan darajagacha maydalanadi.Namunani elak ustida qolgan, qiyin maydalanadigan qismi, elakdan o'tgan miqdorga qo'shiladi.Keyin, shu massadan0,01gr aniqlikda tarozida tortib 5gr atrofida tortma olinadi. Uni konussimon kolbaga solib, ustiga 200ml 0,2%li natriy gidroksid eritmasi quyiladi. Kolba ichidagi modda sekin-asta aylantirib aralashtiriladi va 1,5 soatga tindirish uchun qo'yiladi.
Ko'rsatilgan vaqt o'tgandan keyin kolbadagi modda burmali filtr orqali filtrlanadi.(Agar filtrlash juda sekin borsa, u holda filtrlashni Byuxner voronkasida 1sm qalinlikdagi filtr qog'ozi orqali suv nasosi yordamida olib borish tavsiya qilinadi).
Suyuqlikni 75-80sm3 miqdori filtrlangandan so'ng, 25sm3 tiniq filtrat olinib, Kyeldal kolbasiga quyiladi. Unga 5sm3 konsentrlangan sulfat kislotasi, bir nechta qayta kristallangan mis sulfatini kristallari solinadi va kolba isitgichga qo'yiladi. Dastlab, kolbadan suv bug'lantiriladi, keyin havo rang tiniq suyuqlik hosil bo'lguncha organik moddalar kuydiriladi. Kuydirish tugagandan so'ng kolba sovutiladi, unga 75sm3 distillangan suv quyiladi va hosil bo'lgan ammiakni Kyeldal qurilmasida xuddi xom proteinning massa ulushini aniqlagandagidek haydaladi. Farqi shundan iboratki, qabul qiluvchi kolbaga byuretkadan 25sm3 0,1N sulfat kislota eritmasi va 3-5 tomchi qizil metil, Kyel kolbasiga esa 30-40sm3 natriy gidroksidni 33% eritmasi quyiladi. Ammiakni haydash, qabul qiluvchi kolbadagi suyuqlikni hajmi 125-150 sm3 ga ko'payguncha olib boriladi.Shundan so'ng ammiak haydalishining to'liqligi lakmus qog'ozi yordamida tekshiriladi.Haydash tugagandan keyin qabul qiluvchi kolbadagi modda 0,1N kaliy gidroksid eritmasi bilan titrlanadi.Xuddi shu sharoitda nazorat tajribasi o'tkaziladi.
Eriydigan proteinni massa ulushi X2(%da) quyidagi formula bo'yicha hisoblanadi



bu yerda: V1 - nazorat tajribasida 25 sm3 0,1N sulfat kislota eritmasini titrlash uchun sarflangan 0,1N kaliy gidroksid eritmasini miqdori, sm3,


V2 - asosiy tajribada sulfat kislotaning ortiqcha miqdorini titrlashga sarflangan 0,1N kaliy gidroksid eritmasini miqdori, sm3;
K - 0,1N kaliy gidroksid eritmasiga tuzatma;
0,0014- 1sm3 0,1N sulfat kislota eritmasiga mos keluvchi azot miqdori, gr;
200 - dastlabki eritmani hajmi, sm3,
25 - analiz uchun olingan eritmani miqdori, sm3;
6,25 - azot miqdorini proteinga qayta hisoblash koeffisiyenti,
m -tortmani massasi, gr.
Eriydigan proteinni massa ulushi xom proteinni umumiy miqdoriga nisbatan X3 (%da) quyidagi formula bo'yicha hisoblanadi.
X3 = X2* 100/X
bu yerda: X2 - eriydigan proteinni massa ulushi, %;
X - kunjarani haqiqiy namligida xom proteinni massa ulushi, %.



Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling