1-laboratoriya ishi moyli urug’larni analiz qilish (paxta chigitidan tashqari) Laboratoriya mаshg’ulоtlаrini bаjаrishdа tаlаbаlаrning riоya qilish kеrаk bo’lgаn хаvfsizlik qоidаlаri


Xom moyning massa ulushini aniqlash


Download 0.92 Mb.
bet37/64
Sana27.01.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1132643
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   64
Bog'liq
o\'mcht lab

17.4.1.Xom moyning massa ulushini aniqlash
Kunjara tarkibidagi xom moyning massa ulushi(uni moyliligi)ni aniqlash asosiy texnologik ko'rsatkich bo'lib, tayyorlov va presslash bo'limlarining texnologik rejimga amal qilishi va uskunalar ishining to'g'riligini ko'rsatadi. Bu ko'rsatkich bilan forpress yog'ining chiqishi hisoblanadi.
Kunjaradagi xom moyning massa ulushi to'liq ekstraksiyalash bilan Sokslet yoki Zaychenko apparatlarida, Foss-Let uskunasi yordamida qisqa muddatli ekstraksiya usuli bilan (asosan paxta kunjarasi uchun), refraktometrik usulni har xil ko'rinishida yoki interoferometrik usulda aniqlanadi. Quyida to'liq ekstraksiyalash usuli Foss-Let uskunasi yordamida aniqlash bayon etilgan.


17.4.1.2.Xom moyning massa ulushini va ekstraktiv moddalar miqdorini
to'liq ekstraksiyalash usuli bilan aniqlash
Asbob, reaktiv va materiallar: Sokslet yoki Zaychenko apparati shkafi, eksikator; 2-sinf laboratoriya tarozisi, suv hammomi; maydalagich: 250ml konussimon kolba, petroley efiri; dietil efiri, shpatel, filtr qog'ozi; gigroskopik paxta.
Ishning bajarilishi. O'rtacha namunadan 15-20gr kunjara olinadi vamaydalagichda maydalanadi. Xom moyning miqdorini aniqlash uchun 5gr kunjara 0,0001gr aniqlikda tarozida tortilib, filtr qog'ozdan yasalgan patronga joylanadi.Bu vaqtning o'zida namlikni aniqlash uchun ham namuna ajratiladi.Patronning og'zi yopilib, Sokslet yoki Zaychenko apparatiga joylanadi.Sokslet apparatida ekstraksiva 8 soat, bunda 1 soat ichida 7-8 marotaba sinflanish yuz berishi kerak.Zaychenko apparatida esa 4 soat davomida olib boriladi.Yuqorida qayd etilgan vaqt o'tgandan so'ng yog' to'liq ajratib olinganligi tekshiriladi.Paxta kunjarasini petroley efiri bilan boshqa moyli urug'larni dietil efiri bilan ekstraksiya qilinadi.
Namunalarni ekstraksiyaga tayyorlash, jarayonni olib borish, hamda natijalari hisoblash chigit tarkibidagi xom moyning massa ulushini aniqlash bo'yicha olib boriladi.
Ikki parallel aniqlashlar orasidagi farq, Sokslet apparati ishlatilganda 0,15% Zaychenko apparatida 0,4%dan ko'p bo'lmasligi kerak.



Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling