SO42- - ionining xususiy reaksiyasi.
1. Bariy xlorid BaCl2 (Ba2+ ioni)
Sulfat ioni bo‘lgan eritmalar bilan oq cho‘kma BaSO4 hosil qiladi. Bariy sulfat kuchli kislotaning tuzi bo‘lib suvda qiyin eriydi, kislotalarda esa erimaydi. Bu bilan BaSO4 boshqa hamma anionlarning bariy tuzlaridan farqlanadi; uning ana shu xossalaridan SO42- ionini topishda foydalaniladi:
Ba2+ + SO4-2 → BaSO4↓
Tajriba: Probirkada natriy sulfatning – Na2SO4 2-3 tomchi eritmasiga 2-3 tomchi bariy xlorid eritmasi qo‘shiladi. Cho`kma 2 qismga bo‘linadi, hamda uning xlorid kislota va ishqorda erishi tekshiriladi.
Qo‘rgoshinning eruvchan tuzlari SO42- ionlari bilan qo‘rgoshin sulfatning suyultirilgan kislotalarda erimaydigan lekin qizdirilganda o‘yuvchi ishqorlarda va ammoniy atsetatda eriydigan oq cho‘kmasini hosil qiladi:
Pb2+ + SO4-2 → PbSO4↓
Tajriba: 4-5 tomchi sulfat kislotga yoki uning tuzi eritmasiga shuncha eritma qo‘shiladi. Cho‘kmaning ishqorlarda va konsentrlangan ammoniy atsetat eritmasida qizdirilganda erishi tekshirib ko‘riladi. Konsentrlangan H2SO4 PbSO4 cho‘kmasini eritib, qo‘rgoshin gidrosulfat hosil qiladi.
PbSO4 + H2SO4→ Pb(HSO4 )2↓
2.Kumush nitrat AgNO3 (Ag+ ioni)
Kumush nitrat sulfatlarning suyultirilgan eritmalari bilan cho‘kma bermaydi, chunki Ag2SO4 suvda deyarli yaxshi eriydi. Lekin sulfatlarning konsentrlangan eritmalarida oq rangli Ag2SO4 cho‘kmasi hosil bo‘lishi mumkin.
SO4-2 + 2Ag+ → Ag2SO4↓
Tajriba: 2-marta probirkaga 3-4 tomchi Na2SO4 tomiziladi. 1-2 tomchi BaCl2 eritmasidan quyiladi va 3-4 tomchi AgNO3 quyiladi. Oq rangli cho‘kma hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |