1.5-rasm. Kartalarda yassi to‘g‘ri burchakli koordinatalar sistemasi.
Topografiyada har bir 6 gradusli zona o‘zining to‘g‘ri burchakli koordinatalar
sistemasiga ega. X o‘qi – zonaning o‘qiy
meridiani, Y o‘qi esa ekvator, o‘qiy
meridianning ekvator bilan kesishish nuqtasi – koordinata boshi.
Yassi to‘g‘ri burchakli koordinatalar sistemasi zonaviy hisoblanadi. U har bir
olti gradusli zona uchun alohida o‘rnatiladi, bunda yer yuzasi kartalarda emas Gauus
proyeksiyasida tasvirlanadi va bu yer yuzasidagi tasvir o‘rnini
shu proyeksiyada
tekislikda (kartada) ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan.
O‘qiy meridianning ekvator bilan kesishish nuqtasi koordinata boshi
hisoblanadi. Zonaning qolgan barcha nuqtalari o‘rni
koordinata boshiga nisbatan
uzunlik o‘lchovlari bilan aniqlaniladi. Zonaning koordinata boshi va uning
koordinata o‘qlari yer yuzasida qat’iy belgilangan o‘rnini egallaydi. Shuning uchun
har bir zonaning yassi to‘g‘ri burchakli koordinatalar
sistemasi qolgan barcha
zonalar koordinatalar sistemasi bilan bo‘lgani singari geografik koordinatalar
sistemasi bilan ham bog‘liq.
1.
Ob’yektlarning geografik koordinatalarini aniqlash va ma’lum
koordinatalar bo‘yicha ob’yektlarni kartaga tushirish.
Kartadagi nuqtaning geografik koordinatalari unga yaqin bo‘lgan kengligi va
uzoqligi ma’lum bo‘lgan parallel va meridianlar orqali aniqlaniladi.
Topografik
karta ramkasi minutlarga bo‘lingan, minutlar ham 10 sekunddan bo‘laklarga
bo‘lingan. Ramkaning ikkala yon tomonlarida kengliklar,
shimoliy va janubiy
tomonlarida esa uzoqliklar ifodalangan.