1-laboratoriya ishi topografik karta bilan ishlash mashg‘ulotning maqsadi
Download 0.9 Mb. Pdf ko'rish
|
1 laboratoriya
2.
Nuqtaning to‘g‘ri burchakli koordinatalarini aniqlash. Koordinatalari bo‘yicha nuqtalarni kartaga tushirish. Koordinatalar to‘ri deb kartada zonaning koordinata o‘qlariga parallel bo‘lgan chiziqlar bilan hosil qilingan kvadratlar to‘riga aytiladi. To‘r chiziqlari butun sonli kilometrlar orqali o‘tkazilgan. Shuning uchun koordinatalar to‘rini kilometrlar to‘ri deb, uning chiziqlarini esa kilometrlar chiziqlari deb ham yuritiladi. Topografik kartalarda koordinata chiziqlari absissa va ordinatalari qiymatlari varaq ichki ramkasida chiziqlar uchlariga yoziladi. Koordinata chiziqlari absissa va ordinatalarning kilometrda ifodalangan to‘liq qiymatlari karta ramkasi burchaklariga yaqin joyga va koordinata chiziqlari kesishgan shimoliy-g‘arbiy burchakka yaqin joyga yoziladi. Qolgan koordinata chiziqlariga esa qisqartirilgan 2 ta raqamlar (kilometrning o‘nliklari va birliklari) yoziladi. Koordinatalar to‘rining gorizontal chiziqlari yonidagi yozuvlar ordinata o‘qidan shu chiziqqacha bo‘lgan kilometrda ifodalangan masofaga mos keladi. Vertikal chiziqlar yonidagi yozuvlar zona nomerini (birinchi turgan bitta yoki ikkita raqam) va zona o‘qiy meridianidan shartli ravishda g‘arbga tomon 500 km ga siljitilgan koordinatalar boshidan shu chiziqqacha bo‘lgan kilometrda ifodalangan masofani ( har doim 3ta raqam) bildiradi. Misol uchun, 6740 yozuvi: 6 – zona nomeri, 740 – shartli koordinatalar boshidan kilometrda ifodalangan masofani anglatadi. Koordinatalar to‘ri bo‘yicha sirkul yordamida quyidagilarni amalga oshirish mumkin: 2.1 Kartada nuqtaning to‘g‘ri burchakli koordinatalarini aniqlash. Misol uchun, B nuqtaning koordinatalarini (1.7 rasm). Buning uchun: - B nuqta joylashgan kvadratning pastki kilometrlar chizig‘i sonini yozib olish, ya'ni 6657 km; - Perpendikulyar bo‘yicha kvadratning pastki kilometrlar chizig‘idan B nuqtagacha bo‘lgan masofani o‘lchash va kartaning chiziqli masshtabidan foydalangan holda shu kesmaning metrdagi qiymatini aniqlash; - Aniqlangan 575 m qiymatni kvadratning pastki kilometrlar chizig‘i soniga qo‘shish: X=6657000+575=6657575 m. Y ordinataning qiymati ham shu tarzda topib olinadi. - Y ning qiymatini – kvadratning chap vertikal chizig‘i sonini yozib olish, ya’ni 7363 km; - Pependikulyar bo‘yicha shu chiziqdan B nuqtagacha bo‘lgan masofani aniqlash, ya’ni 335 m; - Aniqlangan masofani kvadratning chap vertikal chizig‘i Y ning qiymatiga qo‘shish: Y=7363000+335=7363335 Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling