2.2
Berilgan koordinatalar bo‘yicha nuqtani kartaga tushirish.
Misol uchun, G nuqtani Х=6658725 Y=7362360 koordinatalar bo‘yicha.
Buning uchun:
- Butun kilometrlar qiymati bo‘yicha G nuqta
joylashgan kvadratni topish,
ya’ni 5862;
- Kvadratning pastki chap burchagidan nuqta va kvadratning pastki tomon
absissalari farqiga teng bo‘lgan (725 m) kesmani karta masshtabiga mos holda
qoldirish;
- Olingan nuqtadan perpendikulyar bo‘yicha o‘ng
tomondan nuqta va
kvadratning chap tomoni ordinatalari farqiga teng bo‘lgan (360 m) kesma
qoldirish.
Turli masshtabdagi kartalarda koordinatalarni topish (o‘lchash) aniqligi.
1:25000 – 1:200000 kartalar bo‘yicha geografik koordinatalarni o‘lchash
aniqligi
mos ravishda 2 va 10” ni tashkil etadi.
Karta bo‘yicha nuqtalarning to‘g‘ri burchakli koordinatalarini o‘lchashning
aniqligi nafaqat uning masshtabiga, balki joyni s’yomka qilish yoki karta tuzish va
unga turli nuqtalarni va joy ob’yektlarini tushirishda yo‘l qo‘yiladigan xatoliklar
kattaligiga (qiymatiga) ham bog‘liq.
1.7-rasm. Karta bo‘yicha nuqtaning (B nuqta) to‘g‘ri burchakli koordinatalarini aniqlash
va nuqtaning (G nuqta) to‘g‘ri burchakli koordinatalari bo‘yicha uni kartaga tushirish.
Qolgan oriyentirlar va konturlar nuqtalari 0,5 mm gacha xatolikda,
joydagi
chegaralari aniq ifodalanmagan nuqtalar (misol uchun, botqoqlik chegarasi) esa
1mm gacha xatolikda kartaga tushiriladi.
Nazorat savollari:
1. Geografik karta nima?
2. Karta masshtabi nima va uning matematik mohiyati nimadan iborat?
3. Qanday kartalar topografik kartalar hisoblanadi va ular nima uchun
mo‘ljallangan?
4. Nomenklatura nima?
5. Ob’yektning koordinatalari deb nimaga aytiladi?
Koordinatalarning qanday
turlarini bilasiz?
6. Geografik koordinatalar nima?
7. Ob’yektning to‘g‘ri burchakli koordinatalarini aniqlash tartibi qanday?