1-laboratoriya ishi topografik karta bilan ishlash mashg‘ulotning maqsadi


-rasm. Karta bo‘yicha nuqta (A nuqta)ning geografik koordinatalarini aniqlash va


Download 0.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana18.10.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1707622
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1 laboratoriya

1.6-rasm. Karta bo‘yicha nuqta (A nuqta)ning geografik koordinatalarini aniqlash va 
geografik koordinatalar bo‘yicha nuqta (B nuqta)ni kartaga tushirish. 
Kartaning minutlik ramkasidan foydalanib quyidagilarni amalga oshirish 
mumkin: 
Kartadagi istalgan nuqtaning geografik koordinatalarini aniqlash. 
Misol uchun, A nuqtaning koordinatalarini. Buning uchun sirkul-o‘lchagich 
yordamida A nuqtadan kartaning janubiy ramkasigacha bo‘lgan eng qisqa masofani 
o‘lchab olish lozim. So‘ng o‘lchagichni g‘arbiy ramka ustiga qo‘yib, o‘lchangan 
kesmadagi minutlar va sekundlar miqdorini aniqlash lozim. Undan so‘ng o‘lchangan 
minut va sekundlar (0'27") qiymatini ramkaning janubi-g‘arbiy burchagi kengligi 
54°30' ga qo‘shish kerak. (1.6-rasm) 
Kartadagi nuqtaning kengligi quyidagiga teng bo‘ladi: 
54°30'+0'27" = 54°30'27". 
Uzoqlik ham shu tarzda topib olinadi.
Sirkul-o‘lchagich yordamida A nuqtadan kartaning g‘arbiy ramkasigacha 
bo‘lgan eng qisqa masofani o‘lchab olish lozim. So‘ng o‘lchagichni janubiy ramka 
ustiga qo‘yib, o‘lchangan kesmadagi minutlar va sekundlar miqdorini aniqlanadi va
aniqlangan minut va sekundlar (2'35")qiymatini ramkaning janubi-g‘arbiy burchagi 
uzoqligi 45°00'ga qo‘shish kerak. 
Kartadagi nuqtaning uzoqligi quyidagiga teng bo‘ladi: 
45°00'+2'35" = 45°02'35". 
Berilgan geografik koordinatalar bo‘yicha istalgan nuqtani kartaga tushirish. 
Misol uchun, kengligi: 54°31 '08", uzoqligi: 45°01 '41" bo‘lgan B nuqtani. 
Uzoqlik bo‘yicha nuqtalarni kartaga tushirish uchun shu nuqtadan haqiqiy meridian 
o‘tkazish lozim, buning uchun shimoliy va janubiy ramkalardagi bir xil minutlar 
tutashtiriladi; kenglik bo‘yicha nuqtalarni kartaga tushirish uchun shu nuqtadan 
parallel o‘tkazish lozim, buning uchun esa g‘arbiy va sharqiy ramkalardagi bir xil 


minutlar tutashtiriladi. Ikki to‘g‘ri chiziq kesishgan joy B nuqtaning o‘rnini 
bildiradi. 

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling