1-лаборатория иши Uch fazali ikki cho’lg’amli transformatorning salt ishlash, qisqa tutashuv holatlaridagi tavsiflari va parametrlarini tekshirish


Download 273.82 Kb.
bet1/2
Sana22.04.2023
Hajmi273.82 Kb.
#1382444
  1   2
Bog'liq
1-лаборатория иши Uch fazali ikki cho’lg’amli transformatorning


1-лаборатория иши
Uch fazali ikki cho’lg’amli transformatorning salt ishlash, qisqa tutashuv holatlaridagi tavsiflari va parametrlarini tekshirish



  1. Ishni bajarishdan maqsad

1.1. Uch fazali transformatorning tuzilishi va ishlash prinsipi bilan tanishish.


1.2. Transformatorning salt ishlash holati va uning parametrlarini aniqlash.
1.3. Transformatorning salt ishlash tavsiflarini qurish.
1.4. Transformatorning qisqa tutashuv holati va uning parametrlarini aniqlash.
1.5. Transformatorning qisqa tutashuv tavsiflarini qurish.



  1. Ishni bajarish yuzasidan topshiriqlar

2.1.Transformator tashqi ko’rikdan o’tkazilsin va pasportida ko’rsatilgan ma’lumotlar hamda cho’lg’amlar qarshiliklari hisobot daftariga yozilsin.


2.2. Transformasiyalash koeffisienti topilsin, salt ishlash tavsiflari
Io, Po, coso = f (Uo) ni qurish uchun ma’lumotlar yozib (1-jadval) olinsin.
2.3. Tajriba ma’lumotlaridan foydalanib salt ishlash parametrlari ro, Zo, Xo va salt ishlash toki Io aniqlansin.
2.4. Qisqa tutashuv tavsiflari Iq, Pq, cosq = f(Uq) ni qurish uchun ma’lumotlar 2-jadvalga yozib olinsin.
2.5. Tajriba ma’lumotlaridan foydalanib qisqa tutashuv parametrlari rq, Zq, Xq, Uq aniqlansin.



  1. Ishni bajarishga oid qisqacha nazariy tushinchalar

Transformator bu statik elеktromagnit uskuna bo’lib, birlamchi o’zgaruvchan tok sistеmasini ikkilamchi o’zgaruvchan tok sistеmasiga aylantirib bеradi.Bunda chastota o’zgarmaydi. Transformator asosiy va yordamchi qismlardan tuzilgan. Asosiy qismga magnit o’tkazgich va cho’lg’amlar kiradi. Yordamchi qismlarga bak, kеngaytirgich, gaz rеlеsi, idish sopsog’i, radiatorlar, tеrmosifon filtri, yog’ sathini ko’rsatuvchi shisha naycha, ko’targich halqalar, yuqori va past kuchlanishlar ulanadigan izolyatorlar, tozalagich va boshqalar. Transformatorning ish davrida hosil bo’ladigan uyurma toklarini kеskin kamaytirish maqsadida uning magnit o’tkazgichi bir-biridan izolyatsiyalangan va qalinligi 0,15-0,5 mm bo’lgan elеktrotеxnik po’lat tunikachalardan yig’iladi. Transformator cho’lg’amlari yasalishida izolyatsiyalangan mis va alyuminiy simlaridan foydalaniladi. Transformatorlarda moy sovutish va izolyatsiya vazifasini bajaradi.






  1. Download 273.82 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling