1 лаборатория иши
CHo’kuvchan lyosssimon gruntlar
Download 0.95 Mb.
|
грунт.мех.лаб.лотин (2)
CHo’kuvchan lyosssimon gruntlar.
O’rta Osiyo va boshka chet davlatlarni yer maydonlarini ko’pchilik joylarini lyoss jinsli, kontinental to’rtinchi katlam gruntlari egallab yotadi. Qatlamlarni 1 m dan 100 m gacha va undan ortiq qalinlikga egadirlar. Lyosslar cho’kindi jinslar turkimiga kirib,xar xil mineral va grunt zarralarini xavoda uchab kelishidan paydo bo’lgan, namligi kam, changsimon fraktsiyalardan iborat, zarralari o’lchamlari 0,05 dan 0,002 mm gacha bo’lganlari 50 foizdan ko’p bo’lgan gruntlar yotqiziqlaridir. Lyosslarni tabiiy namligi 8 dan 17 foiz oraligida, g’ovakligi 40 foizdan ko’p va zichligi 0,11-0,17 MPa bo’ladi. Ular g’ovak, zichlanmagan va noustivor strukturali gruntlardir. Lyosslarni xarakterli ko’rsatgichlaridan biri, ularni namligi oshishi bilan og’irligi oshib natijada qo’shimcha cho’kuvchanlik (prosadka) deformatsiyasi yuz beradi. CHo’kuvchanlik - grunt xususiy og’irligi tahsiridan unig tuzilishi tarkibini butunlay o’zgartirib yuborishga olib keladigan deformatsiyaga aytiladi. Poydevor ostidagi lyoss gruntlarni xo’llanishiga, namligini ortishiga suv va oqova suvlari quvurlari yorilib, teshilib, suvlarni chiqib ketishi, atmosfera yog’inlari suvlari va tashqiy ariqlarda oqib kelayotgan suvlar bino oldi yerlari zamin gruntlarini bosib qolishi sabab bo’ladi. Lyoss gruntlari xo’llanish (namlanish) xolatiga ko’ra quydagilarga bo’linadi - ko’pchiydigan, cho’kuvchan va cho’kuvchan emas. QMQ 2.01.09-97 ko’rsatmasiga asosan cho’kuvchan lyoss va lyossimon gruntlar turkumiga, namlik darajasi G < 0,8 va cho’kuvchanlik ko’rsatkichi P ni qiymati quydagilardan kichik bo’lgan gruntlar kiradi. Uni qiymatini xisoblash ifodasi P = (eL - e0) / (1+ e0) bu yerda e0 - gruntni tabiiy xolatdagi g’ovaklik koeffitsienti yeL - o’sha gruntni namligi oquvchanlik darajasidagi g’ovaklik koeffitsienti, quyidagi iboradan topiladi. eL = WL S / (100 B) S - grunt donachalarini quruq xoldagi zichligi gk/sm3 B - suvni xajmiy og’irligi B = 1 gk/sm3 CHo’kuvchanlikni nisbiy qiymati quyidagi ifodadan xisoblanadi pr = (h1 - h2) / h0 h1 - tabiiy namlikdagi grunt namunasini, odometrda R bosim tahsirida zichlashgan balandligi (yon tomonlariga kengayishi cheklangan xolat uchun),mm; h2 - R bosim tahsirida turgan o’sha grunt namunasini g’ovaklari suv bilan to’la bo’lgandagi balandligi, mm; h0 - tabiiy bosim ostida turgan grunt namunasini tabiiy xoldagi balandligi, mm; R - quriladigan bino yoki inshoot poydevoridan gruntga beriladigan bosim, kN. To’la suv shimigan gruntni cho’kuvchanligini boshlanishini yuzaga keltiruvchi eng kichik bosimni, boshlang’ich cho’kuvchanlik bosimi deyiladi. Gruntlarni odometrda kompressiyasini laboratoriya sinovida aniqlanayotgan xoli uchun, cho’kuvchanlikni yuzaga keltiruvchi boshlang’ich bosim miqdorini, nisbiy cho’kish pr = 0,01 ga teng bo’lgan qiymatini sodir qilgan bosim olinadi. CHo’kuvchanlikni boshlang’ich bosim miqdori cho’kuvchanlikni 0,05dan 0,2 MPa gacha oralig’ida bo’ladi. Boshlang’ich qiymatiga ko’ra gruntlar kuyidagiga ajraladilar: O’ta cho’kuvchan - Rch k < 0,05 MPa; O’rta cho’kuvchan - Rch k 0,05 0,1 MPa; CHo’kuvchan emas - Rch k = 0,2 MPa. Rch k - cho’kuvchanlikni boshlang’ich bosimi. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling