1-laboratoriya mashg‘ulot: Dori moddalarining umumiy farmakopeyaviy tahlil usullari. Dori moddalarni tasvirlanishi va eruvchanligini aniqlash. Dori moddalarini umumiy va xususiy sifat reaktsiyalari


Download 199.24 Kb.
bet3/4
Sana25.02.2023
Hajmi199.24 Kb.
#1227890
1   2   3   4
Ishning maqsadi: «Dori moddalarini tashqi ko’rinishi, eruvchanligi, umumiy va hususiy sifat reakciyalari bo’yicha tahlili»ni olib borish. Berilgan dori moddalarini bosqichma-bosqich tahlilini olib boorish ishlari haqida talabalarga ma’lumot berish.
Таdqiqot ob’ekti: magniy sulfat, kaltsiy glyukonat natriy hlorid


Jarayonning asosiy bosqichlari va tadqiqotni olib borilishi:
Magniy sulfat. Magnesii sulfas. M.m. 246,43
Tashqi ko’rinishi. Prizmatik rangsiz kristallar, xavoda uchuvchan. Achchiq — sho’r tamli.
Eruvchanligi. Bir qism suvda, 0,3 qism qaynoq suvda eriydi, 96 % spirtda amalda erimaydi.
Chinligi. Preparat magniy va sulfatlarga xos reaktsiyalar beradi.


Kaltsiy glyukonat.
Tasvirlanishi. Xidsiz va mazasiz, donador yoki kristalik kukun.
Eruvchanligi. 50 qism suvda sekin eriydi, 5 qism suvda eriydi, xloroform va efirda amalda erimaydi.
Chinligi. 1:50 nisbatda tayyorlangan eritma kaltsiyga xos reaktsiya beradi.
5 ml eritmaga 2 tomchi FeCL3 qo’shilganda och-yashil rang xosil bo’ladi.
Natriy xlorid

Tekshirish natijasida olingan natijalarni tahlil qilish va hisoblash;


O’quv-tadqiqot ishlari asosida xulosalar chiqarish va bayonnomalarni rasmiylashtirish.


Asbob va uskunalar. Tadqiqot ishlarini olib borilishi uchun quyidagilar zarur:
- elektron tarozi;
- 25ml, 50ml, 100ml, 200ml, 250 ml va 500 ml li o’lchov kolbalar;
- probirkalar, silindirlar, konussimon kolbalar;
- filtr qog’ozi;
- reaktivlar;
-erituvchilar.
Laboratoriya ishlarini o'tkazish qoidalari va xavfsizlik choralari.

Kimyo laboratoriyalariga faqatgina xavfsizlik texnikasi bilan tanishib maxsus jurnalga imzo qo‘ygan talabalargina kirib ishlashga ruxsat beriladi.


Laboratoriya ishiga tushishdan oldin talabalar texnika xavfsizligini tushungandan so‘ng ruxsat berilishi lozim:
· laboratoriyada tozalik va texnika xavfsizligiga rioya qilish shart;
· · kimyoviy reaktivlar qadog‘ida yozilgan ko‘rsatmalar asosida saqlanishi shart;
· ishni tugatgandan so‘ng ish joyini tozalash, kimyoviy qoldiqlarni neytrallash va idishlarni zararsizlantirish shart;
· kimyoviy reaktivlarning qoldig‘ini, organik erituvchilar va suvli kimyoviy moddalar eritmasini rakovinaga to‘kish mumkin emas. Bunday qoldiqlar maxsus idishlarga solinadi (shisha).
Laboratoriya ish joyida ovqatlanish va oziq ovqat maxsulotlarini saqlash man etiladi. Suv ichish va dori moddalarini mazasini tatib ko‘rish man etiladi. Moddalarni xidini zaxarli emasligiga ishonch xosil qilingandan so‘ng aniqlash mumkin.
Laboratoriyada xar doim quyidagini esda saqlash lozim: neorganik birikmalar toksik xususiyatga ega bo‘lganlari juda ko‘p va bundan tashqari alangada portlash xususiyatiga ega. Laboratoriya xalatda bo‘lish shart. Zaxarli va o‘yuvchi ishqor, kislota moddalari bilan ishlaganda ehtiyot choralarini qo’llash shart. Laboratoriya stollarida shaxsiy buyumlarni qo‘yish, ustki kiyimlarni ilishva oyoq kiyimlarni qoldirish mumkin emas.
Eritmalarni qizdirish jarayonida probirkaning boshi devor tomonga qaratilishi lozim. Suvda yaxshi erimiydigan va probirkada ozroq suv qolganda eritma toshib uchishi extimoli mavjud. Organik modda qatlami ostidagi suv qaynab otilish extimoli mavjud. Shuning uchun probirka bosh qismini iloji boricha xech kim yo‘q tomonga qaratiladi.
Zaxarli xidli moddalar bilan ishlaganda xavo tortuvchi uskuna tagida ish bajarilishi lozim.
Idishlarni quritish shkafida 1100-1400 C da quriguncha qoldiriladi va usha erda sovutiladi. Olovli spirtovka yoki elek­troplitkada idishlarni quritish man etiladi.


Download 199.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling