1. LabView grafikli dasturlash muhiti haqida umumiy ma’lumotlar


LABVIEW MATEMATIK FUNKSIYALAR


Download 0.57 Mb.
bet12/15
Sana05.05.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1429419
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Mavzu №7

LABVIEW MATEMATIK FUNKSIYALAR.

. Oddiy elektr zanjiri misolida LabVIEW dasturiy muhitida arifmetik hisoblashlarni amalga oshirish ko‘rib chiqiladi. Mustaqil tarzda arifmetik elementlardan foydalanib tarmoqlardagi toklarni hisoblash dasturi tuziladi. Dasturdagi xatoliklarni tuzatish va dasturni tahrir qilish usullari o‘rganiladi. Qo‘yilgan vazifalarning aksariyati talabalar tomonidan mustaqil bajariladi.

Misol 1.
Elektr energiya manbasi va qabul qilgichdan tashkil topgan virtual asbobni yaratish talab qilinadi.
Bu maqsad uchun quyidagilar kerak:
1. Old panelda manba sifatida boshqarish elementini tanlash
Controls=> Numeric => Digital Control.
Qabul qilgich sifatida esa – indikatorni tanlash.
Controls =>Numeric => Digital Indicator.
2. Blok-sxema panelida bu elementlarning иконкаси paydo bo‘ladi.
3. Blok-sxema panelidagi manbalarni va indikatorlarni ulash uchun
≪улаш≫ (≪g‘altak≫) asbobi(instrument) tanlanadi. Uni manba иконкасига яқинлаштириш kerak. G‘altak simining uchi terminal sohasiga tегканда(obyektning “pirpirashi” bundan dalolat beradi), sichqonchaning chap tugmachasini bosish orqali ulash boshlanadi. Kursorni indikator tasviriga olib kelib, xuddi shu kabi biriktiruvchi simning ikkinchi uchi o‘rnatiladi. Ulanish to‘g‘ri bo‘lsa, chiziq qizil tusga kiradi, aks holda u punktirli holatda qoladi. Manbaning darchasiga mos kattalikning sonli qiymati kiritiladi.
4. Dasturning bajarilishi Run ishga tushirish tugmasi orqali amalga oshiriladi. Qabul qilgich darchasida manbaning darchasiga kiritilgan sonli qiymat paydo bo‘ladi.

Misol 2.
1-rasmda elektr zanjirining sxemasi keltirilgan. R1, R2, R3 rezistorlar qarshiliklarining qiymatlarini va energiya manbasining elektr yurituvchi kuchi qiymatini ma’lum deb hisoblaymiz(ularni ixtiyoriy berish mumkin). Barcha tarmoqlardagi toklarni aniqlashni ko‘rib chiqamiz.



1-rasm.
Hisoblashlar Om va Kirxgof qonunlari bo‘yicha tuzilgan tenglamalar asosida amalga oshiriladi.

Masalani yechish uchun quyidagilar kerak:
1. Old panelga qarshiliklar va EYuKning qiymatlarini aks etadigan boshqarish elementlarni(manbalarni) hamda izlanayotgan toklar yozilishi uchun indikatorlarni chaqirish;
2. Keyin hisoblash uchun blok sxemani yig‘ish. Buning uchun Functions => Numeric yo‘li bo‘yicha arifmetik operatorlarni chaqiriladi va manbalar bilan qabul qilgichlarni yozilgan tenglamalarga mos ravishda ulanadi. Blok-sxema yig‘ilib bo‘lganidan keyin dastur bajarish uchun ishga solinadi.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling