1. LabView grafikli dasturlash muhiti haqida umumiy ma’lumotlar


Download 0.57 Mb.
bet13/15
Sana05.05.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1429419
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Mavzu №7

VAni tahrirlash
Bir necha murakkab bo‘lmagan sxemalarni tuzish o‘rganib bo‘lgandan keyin sxemalarni tahrirlash va xatoliklarni tuzatish uslubiyati bilan batafsil tanishish kerak. Old paneldagi va blok-diagrammadagi obyektlarni tahrirlashning bir necha metodlari bor.
Obyektlarni yaratish
Controls yordamida old panelda obyektlarni yaratishga qo‘shimcha ravishda uzelda sichqonchaning o‘ng tugmachasiga chertish orqali boshqarish elementlari va ma’lumotlar, konstantalarni akslantirishni yaratish nazarda tutilgan.
Buning uchun kontekst menyusida Create punktini tanlash kerak.
Constant —faqat blok-diagrammada akslanadigan konstantalarni yaratish.
Control — VA old panelida boshqarish elementlarini yaratish
Indicator — old panelda ma’lumotlarni akslantirish elementlarini yaratish.
Obyektlarni ajratish
Obyektlarni old panelda va blok-diagrammada ajratish SILJITISh instrumenti yordamida amalga oshiriladi. Obyekt ajratilganda uni punktirli chiziq qoplab oladi. Bir nechta obyektlarni ajratish uchun, ularni ajratish paytida Shift klavishasini bosish va ushlab turish kerak. Bundan tashqari, bir nechta obyektlarni ajratish uchun erkin maydonda sichqonchani chertib ularni kursor bilan aylantirib chiqish kerak.
Obyektlarni siljitish
Obyektlarni siljitish SILJITISh instrumenti yordamida amalga oshiriladi. Bundan tashqari obyektlarni klaviaturadagi strelkalar yordamida ham siljitish mumkin. Obyektni bir necha pikselga qadam bilan siljitish uchun siljitish paytida Shift klavishasini bosish va ushlab turish kerak. Agarda siljitish paytida Shift klavishasi tutib turilsa, tanlangan obyektning harakat yo‘nalishini faqat gorizontal bo‘yicha yoki faqat vertikal bo‘yicha cheklash mumkin. Dastlabki tanlangan harakat yo‘nalishi (gorizontal yoki vertikal) obyekt siljishining yo‘nalishini belgilaydi.
Obyektlarni olib tashlash
Obyektlarni olib tashlash uchun uni SILJITISh instrumenti yordamida ajratib olish kerak, shundan so‘ng klaviaturadagi Delete klavishisiga bosish yoki asosiy menyudagi Edit => Clear punktini tanlash kerak.
Amallarni bekor qilish va qayta tiklash
Agar VAni tahrirlash jarayonida xatoga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, asosiy menyudagi Edit(Tahrirlash) punktidan Undo (bekor qilish) yoki Redo (tiklash) ni tanlash orqali amalni bekor qilish yoki tiklash mumkin. Bekor qilish yoki tiklashga qaratilgan amallar sonini o‘rnatish asosiy menyu punktidagi Tools => Options bilan amalga oshiriladi. Buning uchun akslangan menyudan Block Diagram bo‘limini tanlash kerak. Unchalik katta takrorlash sonini o‘rnatish komp’yuter xotirasi resursini saqlashga imkon beradi.

Obyektlardan nusxa olish


Ajratilgan obyektni siljitish va bir vaqtda Ctrl klavishasini tutib turish orqali aksariyat obyektlardan nusxa olish mumkin.
(MacOS) Option tugmasini bosish. (Sun) Meta tugmasini bosish. (Linux)
Alt tugmasini bosish.
Tanlangan obyekt yangi joyga ko‘chirilganidan keyin oldin sichqoncha tugmasi, keyin esa Ctrl tugmasi qo‘yib yuboriladi. Shu joyda obyektning nusxasi paydo bo‘ladi, obyektning dastlabki holati esa eski joyida saqlanadi. Bunday jarayon nusxa olish yoki klonlash deb ataladi.
Obyektlardan standart usul bilan ham nusxa olish mumkin, buning uchun asosiy menyuda oldin Edit => Copy punktlarini keyin esa Edit => Paste punktlarini tanlash kerak.
Obyektlarni belgilash
Belgilar obyektlarni identifikasiyalash uchun qo‘llaniladi. LabVIEW muhitida ikkita belgilash turi nazarda tutilgan: erkin va xususiy. Xususiy belgilar obyektga tegishli, faqat uni ifodalaydi va u bilan birga harakatlanadi. Xususiy belgilarni obyektdan mustaqil tarzda siljitish mumkin, ammo obyektlar siljitilganda ular bilan birga siljiydi. Erkin belgilar obyektlarga tegishli emas, ularni erkin yaratish, siljitish, aylantirish yoki olib tashlash mumkin. Ular old panelda va blok diagrammada obyektlarni ifodalash, sharhlarni kiritish uchun qo‘llaniladi. Erkin belginiyaratish uchun MATN KIRITISh instrumentidan foydalaniladi. Bu instrumentni tanlab, panellarning biridagi бўш maydonga chertish kerak va matnni kiritish kerak. Matn kiritilib bo‘lganidan keyin kursorni matndan tashqaridagi maydonga olib o‘tish yoki instrumental paneldagi Enter tugmasiga bosish kerak.
Maslahat. Klaviaturadagi Enter klavishasini bosish odatda yangi satrni qo‘shadi. Matnni kiritishni yakunlash uchun Shift+Enter ni bosish kerak. Enter klavishasiga bosish orqali ham matnni yakunlash mumkin, buning uchun asosiy menyu punktida Front Panel ni topish va End text entry with Return key ni belgilash kerak.
Ulanish simlarini ajratish va olib tashlash
Ulanish simlarining segmenti - uning alohida gorizontal yoki vertikal qismi. Ikki segmentning ulanish joyi ulanish simlarining burilishi. Ikki, uch yoki to‘rt ulanish simlari uchrashadigan joy ulanish nuqtasi deb ataladi.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling