1. LabView grafikli dasturlash muhiti haqida umumiy ma’lumotlar
LabVIEW muhitida chiziqli tenglamalarni yechish
Download 0.57 Mb.
|
Mavzu №7
- Bu sahifa navigatsiya:
- Formula Node
- Add Input(
LabVIEW muhitida chiziqli tenglamalarni yechish. Zanjirdagi toklarni formula uzeli yordamida aniqlash. Matrisa ko‘rinishidagi algebraik masalalarni yechish.
Formula uzelidan foydalanish tushunchalari va matrisali metodlarning qo‘llanilishi haqida tushunchalar beriladi. Quyida keltirilgan elektr sxemaga nazarimizni qaratamiz(1-rasm) 1-rasm. Vazifa: Bu sxemadagi toklar uchun tenglamalarni tuzing va ularni turli usullar bilan yeching: Formula uzelidan (formuladan foydalanib hisoblash uchun mo‘ljallangan LabVIEW strukturalari) foydalanib; Matrisa metodidan foydalanib. Misol 1 1-rasmda keltirilgan zanjirdagi toklarni Om va Kirgof qonunlari bo‘yicha hisoblash mumkin: (1) R1, R2, R3 qarshiliklar va elektr yurituvchi kuch E qiymatlari mustaqil tanlanadi. 2. Bu formulalar bo‘yicha hisoblashlarni Formula Node formula uzeli yordamida amalga oshirish mumkin. U “Structures” elementiga tegishli va sichqoncha o‘ng klavishasi bilan blok-diagramma panelida Functions Pallete=>Programming =>Structures=> Formula Node yo‘li bilan chaqiriladi. Paydo bo‘lgan formula uzelining ramkasi kerakli o‘lchamgacha keltiriladi va unga hisoblash formulalari (1) yoziladi. Noma’lumlar formulaning chap tomoniga yoziladi. Har bir formula alohida qatorda vergulli nuqta bilan tugallanadi. 3. Shundan so‘ng formulaga boshlang‘ich ma’lumotlar kiritish va hisoblash natijalarini chiqarish kerak. Buning uchun kursor sichqonchaning o‘ng klavishasi bilan formula uzelining ramkasiga o‘rnatiladi va namoyon bo‘lgan menyudan chap klavisha bilan kirish kattaliklari uchun Add Input(kirish qo‘shish) va chiqish kattaliklari uchun Add Output (chiqish qo‘shish) chaqiriladi. Paydo bo‘lgan ramkaga bu kattaliklarning nomi yoziladi. 4. Kirish ramkalariga raqamli boshqarish elementlari, chiqishga esa indikatorlar ulanadi. Kirish va chiqishni ramkaning istalgan joyiga o‘rnatish mumkin. Ramkadagi nomlar xuddi formula uzelidagidek bo‘lishi kerak. Kirish va chiqish uchun bitta nom qo‘llashga ruxsat etiladi. 5. Boshqaruvchi elementlar yordamida boshlang‘ich ma’lumotlar beriladi va undan so‘ng sxema yechishga ishga tushiriladi. Formula uzelining ko‘rinishi 2-rasmda keltirilgan. 2-rasm. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling