Punktuatsaya — latincha ripktum «nuqtalar ilmi» degan tushunchaga to‘g‘ri keladi.
Bu bo‘limni bayon qilishda K. Nazarovning «O‘zbek tili punktuatsiyasi» (Toshkent,1976) ga asoslanildi.
Punktuatsiya tamoyili— tinish belgilarining qaysi usul va tartibda qo‘llanilishi demak.
O‘zbek tili punktuatsiyasining tamoyillari quyidagilardir:
1. Logik-grammatik tamoyil. Bu tamoyilda tinish belgilarining qo‘llanishi nutqning mazmuni, tuzilishi, intonatsiyasi bilan bog‘liq.
2. Uslubiy tamoyil. Bu tamoyilda tinish belgilarining qo‘llanilishi nutq uslubi bilan aloqador bo‘ladi.
3. Differensiatsiya tamoyili. Bu tamoyilda tinish belgilarining qo‘llanishi yozuv texnikasi (shakli) ni farqlash (differensiatsiya qilish) bilan bog‘liq. Tinish belgilarining qo‘sha qo‘llanish sistemasi (masalan, gap boshida yoki oxirida ikki qo‘shtirnoqiing barobar qo‘llanishi) ham shu tamoyilga aloqador.
O‘zbek tilida tinish belgilari
O‘zbek tilida tinish belgilari o‘nta. Ular quyidagilardir:
N o m i Shakli
Nuqta .
So‘roq belgisi ?
Undov belgisi !
Nuqtali vergul ;
Ko‘p nuqta (uch nuqta) ...
Vergul ,
Ikki nuqta :
Tire -
Qavs ( )
Tirnoq (qo‘shtirnoq “ ”
Tinish belgilarining tasnifi
O‘zbek tilida tinish belgilari quyidagi xususiyatlari asosida tasnif qilinadi:
1. Qo‘l l a n i sh o‘ r n i g a k o‘ ra.
2. Q o‘ l l a n i sh u s u l i g a k o‘ r a.
3. T u z i l i sh i g a k o‘ r a.
Tinish belgilari qo‘llanish o‘rniga ko‘ra uch gruppaga bo‘linadi:
1. G ap o x i r i d a q o‘ l l a n u v ch i t i n i sh b e l g i l a r i.
2. G a p i ch i d a q o‘ l l a n u v ch i t i n i sh b e l g i l a r i.
3. A r a l a sh h o l d a q o‘ l l a n u v ch i t i n i sh be l g i l a r i.
Gap oxirida qo‘llanuvchi tinish belgilariga nuqta, so‘roq va undov belgilari kiradi.
Gap ichida qo‘llanuvchi tikish belgilariga vergul kiradi.
Aralash holda qo‘llanuvchi tinish belgilariga ikki nuqta, nuqtali vergul, qo‘shtirnoq, qavs, tire, ko‘p nuqtalar qiradi. Bulardan tire gap boshida va o‘rtasida, ikki nuqta, nuqtali vergul gap o‘rtasida va oxirida; qo‘shtirnoq, qavs, ko‘p nuqta gap boshida, o‘rtasida va oxirida qo‘llanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |