1. Leksik-grammatik tamoyil


Ko‘p nuqtaning qo‘llanish o‘rinlari


Download 22.72 Kb.
bet7/7
Sana18.06.2023
Hajmi22.72 Kb.
#1586959
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ta234234moyillar

Ko‘p nuqtaning qo‘llanish o‘rinlari
1. Fikrning tugallanmaganligi, davomi mavjud ekanligini aks ettiruvchi gaplar oxirida ko‘p nuqta qo‘llanadi. Masalan: Biz bu haqda juda ko‘p o‘ylaymiz... (О‘.U.)
2. So‘zlovchining turli his-hayajoni bilan bog‘liq to‘xtamlarni, nutqdagi cho‘ziqlikni, harakatlarni ifodalashda ko‘p nuqta qo‘yiladi. Masalan: Ha... bundoq deng.. Mayli, mayli, xolajon, men o‘zimizning eshikdan chiqa qolay. (A.Q.)
3. Muallifning yozma nutqda berilishi mumkin bo‘lmagan ayrim so‘z yoki iboralari, ism, haqoratli so‘zlari o‘rnida ko‘p nuqta qo‘llanadi. Masalan: He, enangni..! (So‘zl.) О‘lgiday zeriktirsa ham, tinchgina gaplashib o‘tirardi. Siz bo‘lsangiz... (As. M.)
4. Tilshunoslikka oid grammatik topshiriqlarda tushirib qoldirilgan va o‘quvchi tomonidan qayta tiklanishi lozim bo‘lgan so‘z, qo‘shimchalar o‘rniga ko‘p nutqda qo‘yiladi. Masalan: Berilgan gapdan tushirib qoldirilgan bog‘lovchini aniqlang. Gapirmoqchi edi, ... tili og‘ziga tiqilib qoldi. («Yoshlik».)
5. Tutilib aytilgan so‘z va iboralarni aks ettirish uchun yozma nutqda lisoniy birliklar orasiga ko‘p nuqta qo‘yiladi. Masalan: -Xurshida bonu?.. Siz... Sizmu?

Differensial tamoyil. Talaffuzda bir-biridan aniq farqlanmaydigan yoki o'zaro 
farqlari deyarli sezilmaydigan darajaga kelib qolgan so'zlar yozuvda maxsus qoida 
bilan ajratilib yozilishi differensiyalash (farqlash) tamoyili deyiladi. 
Bu tamoyil kam qo'llanadi. Ayrim misollar: 
1. O'zaro yaqin, shakldosh so'zlar yozuvda tutuq belgisi yordamida farqlab 
qo'llanadi: da'vo – davo, na'sha – nasha, she'r – sher, sur'at – surat, ta'qib – 
taqib kabi. 
2. Ba'zi shakldosh so'zlar talaffuzda urg'u yordamida farqlanadi. Imloda bunday 
so'zlarga urg'u belgisi qo'yiladi: atlas (karta) – atlas (mato), banda (shayka) –
 banda (qul), aralashma (qorishma) – aralashma (qo'shilmaslik). 
3. -li va -lik qo'shimchalari yozuvda 1956 yilgacha farqlanmay qo'llanilar edi. 1956 
yildan boshlab adabiy orfografiyamizda ularni farqlab qo'llashga o'tildi. Tegishlilik 
ma'nosini ifodalashda -lik affiksi: shaharlik, qishloqlik, toshkentlik; ega ekanlik 
ma'nosida esa -li affiksi qo'llana boshlandi: otli, to'nli. Buning natijasida imloda bir 
xillikka erishildi. Qat'iy nazar, mazkur affikslarni farqsiz qo'llash holatlari hali ham 
uchrab turadi. Qiyoslang: chelakli kishi – chelaklik kishi va b. 
4. -lik affiksi bilan ham so'zlar farqlanadi: bog'liq – aloqador, bog'liq – mol yoki 
pichanni bog'laydigan narsa; bo'shlik – yuvosh, bo'shlik – fazo kabi. 
Download 22.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling