1. Leksik-grammatik tamoyil


Tinish belgilari qo‘llanish usuliga ko‘ra ikkiga bo‘linadi


Download 22.72 Kb.
bet3/7
Sana18.06.2023
Hajmi22.72 Kb.
#1586959
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ta234234moyillar

Tinish belgilari qo‘llanish usuliga ko‘ra ikkiga bo‘linadi:
1. Yakka holda qo‘llanuvchi tinish belgilari.
2. Yakka va qo‘sha qo‘llanuvchi tinish belgilari.
Yakka holda qo‘llanuvchi tinish belgilariga ikki nuqta kiradi. Qolgan tinish belgilari yakka va qo‘sha qo‘llanadi.
Tinish belgilari tuzilishiga qo‘ra ikkiga bo‘linadi. 1. Bir elementli tinish belgilari. 2. Ko‘p elementli tinish belgilari. Bir elementli tinish belgilariga vergul, tire, nuqta kiradi. Qolgan tinish belgilari ko‘p elementlidir.
Nuqtaning qo‘llanish o‘rinlari
1. Har xil semantik-sintaktik tuzilishdagi darak gaplar oxiriga nuqta qo‘yiladi. Masalan: Men sizga ancha afandilar ham topib qo‘ydim, aytib beraman. (M.)
2. His-hayajonga ega bo‘lmagan, so‘zlovchining orzu-istagiiltimosi, maslahati kabi ma’nolarni aks ettiruvchi buyruq gaplarning oxiriga nuqta qo‘yiladi. Masalan: -Kelaversin-chi, chiqmay nima qilardik. (So‘zl.)
3. Qavs ichidagi remarkadan so‘ng nuqta qo‘yiladi. Masalan: Bilmadim, shahanshoh, bunday noshar’iy ishlarga nechuk rozilik berdi ekan. (Ketadi.)
4. Numerativlar bilan sanab ko‘rsatilgan gaplarning oxi­riga nuqta qo‘yiladi:
Kun tartibida:
1. Paxta yig‘im-terimining borishi.
2. Xasharchi-terimchilarni terimga safarbar etish.
3. Turli masalalar.
5. Kishilar ismining bosh harfidan tashkil topgan qisqartmalardan so‘ng nuqta qo‘yiladi. Masalan: I.A.Karimov.
6. Matematikada nuqta kupaytiruv alomatini anglatadi. Masalan: 6.2=12.
7. Maqola muallifini anglatuvchi ism, familiyalardan so‘ng, «Davomi bor», Boshi o‘tgan sonlarda» kabi jumlalardan so‘ng nuqta qo‘yiladi.
8. Izohni bildiruvchi saoq gaplar oxiriga nuqta qo‘yiladi. Masalan:
1. Ariza yozuvchi muassasa nomi yoki shaxsning ismi sharifi.
2. Ariza yozuvchining turar joyi, vazifasi, ismi, otasi ismi, familiyasi.
9. Sahna asarlarida qahramonning ismini anglatuvchi so‘zdan so‘ng nuqta qo‘yiladi. Masalan: Oysha. Madam Sil’viya, nima demoqchi edingiz? (S.A.)
10. Yozma nutqda va hokazo, va boshqalar, shu kabilar iboralari qisqartirilganda, qisqartmaning har bir harfidan so‘ng nuqta qo‘yiladi. Masalan: va h.k., va b., va sh.k.
11. Sana tarkibiy qismlarini: kun, oy va yilni bir-biridan ajratishda ularning orasida nuqta qo‘llanadi. Masalan: 10.04.2004.
12. Yozma nutqda ayrim hollarda ammo, lekin, biroq , va bog‘lovchilaridan oldin qo’shma gap qismlarining mustaqilliginii ta’minlash maqsadida nuqta qo‘yiladi. Masalan: U kelmoqchi edi. Biroq onasi betob bo‘lib qoldi. («Yoshlik».)

Download 22.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling