1. Leksik-grammatik tamoyil


Qavsning qo‘llanish o‘rinlari


Download 22.72 Kb.
bet6/7
Sana18.06.2023
Hajmi22.72 Kb.
#1586959
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ta234234moyillar

Qavsning qo‘llanish o‘rinlari
1. Kiritmalar (kirish so‘z, kirish birikma va kiritma gaplar) qavsga olinadi. Masalan: Joyni yana chorpoyaga (supaga) qildilaringmi? (S.Ah.)
2. P’yesalarda muallifning izohi, ya’ni remarkalar qavsga olinadi: Farmon. Kelinlar-u.. Chiq hammang. (Kelinlar chiqishadi.)
3. Fikrning manbai, uni aytgan muallifning ismi sharifi, manba haqidagi ma’lumotlar qavs ichida beriladi. Masalan: «Til-reallashgan ongdir». (Fitrat) Bu maqolada («О‘zbek tili va adabiyoti», 2004. №5.) tilda shakl va mazmun munosabati masalasi tahlil etilgan.
4. Gazeta va jurnallardagi davomi bor, boshi o‘tgan sonda, boshi jurnalning 2-sonida kabilar qavsga olinadi.
5. Fikrning noaniqligi, so‘z yoki iboraning tushunarsizligi, so‘zlovchining taajjubini aks ettiruvchi so‘roq, undov belgilari qavsga olinadi. Masalan: Qiz ko‘zlarining oromliligi (?) bilan meni hayratga soldi. (So‘zl.)
6. Ayrim so‘z yoki gapga aniqlik kiritish maqsadida qo‘llangan izohlar qavsga olinadi. Masalan: Fitrat turk tilining (o‘zbek tili) boyligini, asosan, arab tiliga solishtirmoqchi bo‘ldi. (M.M.)
Nuqtali vergulning qo‘llanish o‘rinlari
I. Mazmunan va grammatik jihatdan mustaqil bo‘lgan qo’shma gap qismlari yoki qiyoslash munosabatini ifodalovchi bog‘lovchisiz qo’shma gap tarkibiy qismlari orasida nuqtali vergul qo‘llanadi. Masalan: Nihoyat osh ham yarimladi; chinni laganning tubi ko‘rindi. (So‘zl.)
2. Gapning guruhlanib uyushgan bo‘laklari orasida nuqtali vergul qo‘yiladi. Masalan: Otam... qozining uchi ham bo‘lma, boshi ham bo‘lma, o‘rtasi bo‘l; uchi bo‘lsang, yerga kirasan, boshi bo‘lsang, to‘qmoq eysan deganlar. (A.Q.)
3. Gaplarning tartibi ko‘rsatuvchi raqamlar yoki harflar yarim qavs yoxud tire bilan belgilansa, har bir gap keyingisidan nuqtali vergul bilan ajratiladi. Masalan:
1. Hujjatning nomi.
2. :
a) tilxat beruvchining ismifamiliyasi, ota ismi va lavozimi;
b) pul, hujjat, buyum beruvchining shaxsi, lavozimi;
v) pul, hujjat, buyum nomi, uning bahosi, miqdori;
g) olinayotgan buyumning holati. («О‘zbek tilida ish yuritish»)
Ikki nuqtaning qo‘llanish o‘rinlari
1. Mazmuni to‘la ifodalanmagan, keyingi gap orqali izohlanayotgan, aniqlanayotgan gapdan so‘ng ikki nuqta qo‘yiladi. Masalan: Ko‘z ko‘zga tushdi: tanish nigoh! («Yoshlik».)
2. Bog‘lovchisiz qo’shma gap tarkibiy qismlari orasida izoh munosabati aks etsa, izohlanuvchi gapning mazmuni aniqlansa, qo’shma gap qismlari orasida ikki nuqta qo‘yiladi. Bunday gaplar tarkiibda ko‘p hollarda izoh talab qiluvchi nisbiy so‘zlar qo‘llanadi. Masalan: El tilagi shu: yigit, oshig‘ing olchi bo‘lsin!... (F.)
3. Bog‘lovchisiz qo’shma gap tarkibiy qismlari orasida sabab-natija munosabati aks etsa, qismlar orasiga ikki nuqta ishlatiladi: Sen bor: ko‘nglim tinch. (So‘zl.)
4. Umumlashtiruvchi so‘z uyushiq bo‘laklardan oldin kelsa, undan so‘ng ikki nuqta qo‘yiladi: Yana uch narsaga: tilga, nafsga, hirsga ehtiyot bo‘lmoqlik g‘oyatda zarur, derdi u. (M.)
5. Ko‘chirma gapli qurilmalarda muallif gapi ko‘chirma gapdan oldin yoki ko‘chirma gap muallif gapining o‘rtasida kelsa, muallif gapidan key­in ikki nuqta qo‘yiladi. Masalan: Rais ogohlantirdi: «Ertagayoq erni shudgorlash ishlarini boshlash lozim». («Yoshlik».)
6. Chunonchi, masalan, chog‘ishtiring, qiyos qiling hamda reja, mavzu, qaror qilindi so‘zlaridan so‘ng, uning ma’nosini izohlash uchun undan keyin ikki nuqta qo‘yiladi. Masalan: Reja:. Mavzu::
7. Ikki nuqta raqamlar orasida ko‘llanib, teng bog‘lovchi vazifasini bajaradi. Masalan: Musobaqa 2:2 hisobida yakunlandi// Musobaqa ikki-yu ikki hisobida yakunlandi.
8. Matematika fanida ikki nuqta bo‘luvni ifoda etishda qo‘llanadi. Masalan: 18:2.

Download 22.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling