1. Lipidlarni hazm bo’lishi va so’rilishi To’qimalarda lipidlarni parchalanishi. Glitserinni oksidlanishi
Download 316.37 Kb. Pdf ko'rish
|
17 - mavzu maruza biokimyo va molekulyarbiologiya
xilomikronlarning hosil bo’lishi ro’y beradi. Xilomikronlar tarkibidagi yog’da eruvchi
birikmalraning asosiy qismi limfa sistemasiga kiradi, u yerdan esa qonga o’tadi. Oz miqdordagi xilomikronlar bevosita qonga o’tishi mumkin. Ovqat yeyilgandan keyin qonda yog’ miqdori oshadi, natijada u loyqalanadi –xilezlanadi. Ovqatlanishdan 3 soatdan keyin eng ko’p loyqalanish kuzatiladi. So’ngra qon asta sekin tiniqlasha boshlaydi 5-7 soatga kelib, bu esa to’qimalarda tiniqlashtiruvchi faktor lipoproteinlipaza fermenti borligi bilan bog’langan. U xilomikronlarni anchagina mayda lipoproteid zarrachalariga (alfa va betta tipidagi), trigletseridlarni esa tarkibiy qismlar – gletserin va yog’ kislotalarigacha parchalaydi. Yog’ kislotalar organizm uchun zaharlidir. Lekin ulardan zaharlanish ro’y bermaydi, chunki yog’ kislotalar oqsillar (albuminlar) bilan kompleks hosil qilib darhol zaharsizlanadi. Bunday komplekslar esterifitsirlanmagan yog’ kislotalar deb ataladi. Klinikada bosh harf bilan EJK belgilanadi. Mayda lipoproteid zarrachalar va EJK qon bilan turli organ va to’qimalarga tashiladi, u yerda o’z komponentlariga parchalanib spetsifik o’zgarishga uchraydi. 2. To’qimalarda lipidlarni parchalanishi Yog’lardan enеrgеtik manba sifatida foydalanishning birinchi bosqichi ularning to’qima triatsilglitsеrinlipazalari tasirida glitsеrin va yog’ kislotalariga gidrolizilanishidir, bu fеrmеntdan tashqari lipoprotеidlipazalar ham bo’lib, ular lipoprotеidlar tarkibidagi lipidlarni parchalaydi. Gidroliz natijasida hosil bo’lgan glitsеrin va erkin yog’ kislotalar to’qima fеrmеntlari yordamida oksidlanadi, ajraladigan enеrgiya qisman ATF shaklida to’plansa, qisman issiqlik shaklida ajralib chiqadi. Yog’ to’qimalarida triatsilglitsеrin gidrolizi natijasida hosil bo’lgan glitsеrin va yog’ kislotalari shu еrda oksidlanishga uchramasdan, qonga va boshqa organlarga o’tib, u erda energiya yetkazib berish uchun oksidlanadi. Download 316.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling