1. Lokomotivlarni ekspluatatsiyasi fanining maqsadi va vazifalari Fanni o‘qitishdan maqsad


Tashish ishlarini qanday rejalashtiriladi?


Download 386.5 Kb.
bet12/16
Sana10.03.2023
Hajmi386.5 Kb.
#1256722
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
yakuniy LE

30.Tashish ishlarini qanday rejalashtiriladi?
Tashish ishlarini rejalashtirish temir yo‘l transporti ishini rejalashtirishning asosi bo‘lib, uning foydalanish, kapital qurilish- ta’mirlash, moliyaviy va boshqa bo‘linmalari, hamda temir yo‘llardan foydalanish ishlarining texnik meyorlarini belgilashga imkon yaratadi. Masalan, tashish ishlari ko‘rsatkichlari asosida harakat vositalarining o‘tadigan yo‘li, vagonlar va lokomotivlarning ishchi parki, yo‘llar bo‘yicha vagonlar va bo‘sh vagonlarni topshirish kabi meyorlar belgilanadi.
31.Tashishlarni rejalashtirishda qanday ko‘rsatkichlar belgilab chiqiladi?
Masalan, tashish ishlari ko‘rsatkichlari asosida harakat vositalarining o‘tadigan yo‘li, vagonlar va lokomotivlarning ishchi parki, yo‘llar bo‘yicha vagonlar va bo‘sh vagonlarni topshirish kabi meyorlar belgilanadi.
Rejalashtirilgan tashishlar hajmi asosida temir yo‘llarning yonilg‘i, elektr energiyasi, materiallarga bo‘lgan ehtiyoji, ishchi va xizmatchilar soni, maosh fondi, tashish xarajatlari, daromad va tushumlar, ishlab chiqarish samaradorligi, tashish tannarxi kabilar hisoblanadi.
32.Lokomotiv va vagonlardan qanday unumli foydalanish mumkin?
Lokomotiv va vagonlardan unumli foydalanish, ularning turishini kamaytirish, ortish-tushirish ishlarini jadallashtirish va mablag‘larni tejash maqsadida shoxobcha yo‘llar va ular tutashadigan stansiya ishlari yagona texnologik jarayon asosida tashkil etiladi. Bunda vagonlar bilan ishlash texnologiyasi korxonadagi ishlab-chiqarish jarayoni ritmi (marom) bilan bog‘lanadi. SHu maqsadlarda stansiya va korxonalar shoxobcha yo‘llarining ortish-tushirish mexanizmlari va boshqa texnik jihozlardan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lmagan shoxobcha yo‘llar Nizom asosida temir yo‘llar boshqaruviga topshiriladi.
33.Ortish va tushirish ishlaridan tashqari stansiyalarda qanday tijorat ishlari bajariladi?
Ortish va tushirish ishlaridan tashqari stansiyalarda quyidagi tijorat ishlari bajariladi: yukni tayyorlash, tortish va tashishga qabul qilish, tashish hujjatlarini rasmiylashtirish, tashish haqi yig‘imlarini (sbor) undirish, vagonlarni plombalash (tamg‘alash), stansiyada yuklarni saqlash, kelgan yuklarni oluvchilarga topshirish va boshqalar. YUklar odatiy foizlarda yukli tezlikda va tezlashtirilgan poezdlarda (tez buziluvchan mahsulotlar, tirik jonzotlar) katta tezlikda oshirilgan tarif bo‘yicha haq to‘lab tashilishi mumkin. Bulardan tashqari, yuklarni yo‘lovchi poezdlarining bagaj vagonlarida yoki maxsus pochta-bagaj poezdlarida yo‘lovchi poezd tezligida ham tashish yo‘lga qo‘yilgan.

Download 386.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling