1. Lokomotivlarni ekspluatatsiyasi fanining maqsadi va vazifalari Fanni o‘qitishdan maqsad


Lokomotiv aylanish grafiki xususiyatlari?


Download 386.5 Kb.
bet14/16
Sana10.03.2023
Hajmi386.5 Kb.
#1256722
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
yakuniy LE

39.Lokomotiv aylanish grafiki xususiyatlari?
Lokomotivlarni aylanish grafikini tuzish uslubi quyidagidan iborat: bitta shartli lokomotiv bilan belgilangan ketma−ketlikda aylanish uchastkasida lokomotivlar aylanishini bog‘lanishi (uvyazka) ning belgilangan shartlariga rioya qilgan holda poezdlarning barcha juftliklari tashiladi. Grafikka binoan lokomotivning poezd bilan harakatlanish va aylanish punktlarida bekor turish vaqtlari qabul qilingan masshtabda uzunligi 24 soatga teng gorizontal chiziqqa proeksiyalanadi. Birinchi sutkada 24 soati to‘ldirilgandan so‘ng lokomotiv ishi ikkinchi, keyin uchinchi va h.k. sutkalarga o‘tkaziladi, va to hamma poezdlar tashib bo‘lmagunga qadar davom etadi.
Bitta shartli lokomotiv hamma poezdlarga xizmat ko‘rsatishi uchun kerak bo‘ladigan sutkalar soni (ya’ni masshtabda chizilgan 24 soatli parallel gorizontal qatorlar soni), ular ekspluatatsiya parkining bir sutka davomida berilgan poezdlar juftligiga xizmat ko‘rsatish uchun kerak bo‘lgan lokomotivlari soniga mos.
Qurilgan aylanish grafiki namunaviy deb nomlanadi. U asosiy ikki xususiyatga ega:
1)unga kiritilgan barcha lokomotivlarning sutkali rejasi bo‘ladi. Grafikni gorizontal qatorining tartib raqami grafikka kiritilgan lokomotivlarning birontasini tartib raqamiga mos. Shu qatorga tushgan poezdlarga shu lokomotiv tomonidan ko‘rilayotgan sutka davomida xizmat ko‘rsatiladi;
2) qaytaruvchanlik xususiyatiga ega, ya’ni 1 chi tartib raqamiga ega i chi lokomotiv birinchi sutka davomida grafikning i−qatorida ko‘rsatilgan poezdlarga xizmat ko‘rsatadi; ikkinchi sutkada esa i+1−gorizontal qatorda ko‘rsatilgan poezdlarga, uchinchi sutkada − i+2 qatordagilarga va h.k. SHu xususiyati tufayli namunaviy grafikka uning butun amalda qo‘llanish davri mobaynida ushbu 1 chi lokomotivning ish jadvali sifatida yoki grafikka shu 1−sutkaga kiritilgan hamma lokomotivlar ishining ish jadvali sifatida qarash mumkin.
40.Sutkali rejani tuzish tartibi.
41.Aylanish grafigini masofalarni qanday aniqlaniladi?

Download 386.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling