50.Lokomotiv depolarining ishining son ko’rsatkichlariga nimalar kiradi?
Lokomotiv depolarining ishining son ko’rsatkichlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
-Lokomotivlarning bosib o’tgan masofasi, lokomotiv-kilometrlar;
-Lokomotivlarning ish vaqti, lokomotiv-soat.
Ushbu ko’rsatkichni xisoblash uchun birlamchi asosiy ma’lumotlar natur varag’idagi birlamchi ma’lumotlar xisoblanadi. Lokomotivlarning ishi, lokomotiv – soatlarda. Ushbu ish lokomotivning xar bir ishi va joyining turi bo’yicha xisoblanadi va shu bilan birga ta’mirlash yoki TO da bo’lgan va lokomotivlarning foydalanilmaydigan parkidagi lokomotivlar uchun xam xisoblanadi.
Ko’rib chiqilgan xajmiy ko’rsatkichlar, lokomotivlardan foydalanishning samaradorligini kerakli darajada ko’rsatib berolmaydi va ularning ishini aniq bir davr mobaynida tahlil etib bera olmaydi.
51.Lokomotiv depolarining ishining sifat ko’rsatkichlariga nimalar kiradi?
sifat ko’rsatkichlari – lokomotiv va lokomotiv xo’jaligi ishini nisbatan aniq baxolash imkoniyatini kengaytiradi. Lokomotivlardan foydalanishning sifat ko’rsatkichlarini shartli ravishda uch guruhga bo’lish mumkin:
Lokomotivdan foydalanish vaqti bo’yicha;
Lokomotiv quvvatidan foydalanish bo’yicha;
Lokomotivning ishlab chiqaruvchanligi bo’yicha.
Lokomotivdan foydalanish vaqti bo’yicha baxolash uchun, aylanish uchastkasi yoki tortuv elkasidagi bir juft poezd tomonidan xizmat ko’rsatilishida sutka davomida uning aylanmasining elementlarini etarli darajadagi aniqlik bilan ko’rib chiqish lozim bo’ladi.
Temir yo’lning aniq bir uchastkasida bir juft poezdga xizmat ko’rsatish uchun lokomotivning ketkazgan vaqti, lokomotiv aylanmasi deb ataladi. Ushbu vaqt bir nechta elementlar yig’indisidan iborat.
52.Temir yo‘l transportida tortuvchi harakat tarkiblarining rivojlanishi.
Temir yo`l transportida tortuvchi harakat trakiblarining rivojlanishi 19iasrning 29ichi yilida Angliyada birinchi paravoz yasalishi bilan bog`liq. Paravozlardan 20-asr ortalarigacha foydalaniladi va bundan keyin paravozlar o`rnini teplovoz va elektrovozlardan foydalanila boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |