53.Temir yo‘l transportida avtonom tortuvchi harakat tarkiblari.
Temir yo`l transportida avtonom tortuvchi harkat tarkibiga teplovozlar kiradi. Teplovozlar xizmat turiga qarab yuk tashiydigtan yolovchi tashiydigan va manyovr turlariga bo`linadi. Teplovoz quyidagi asosiy qismlardan tashkil topgan; birlamchi dvigatel, uzatgichlar, kuzov, ekipaj va yordamchi jixozlar. Issiqlik dvigatellarining turi va ishlash darajasiga qarab avtonom lokomotivlarning FIK teplovozlarda 29-31%ni, paravozda esa 5-7%tashkil etadi.
54.Temir yo‘l transportida noavtonom tortuvchi harakat tarkiblari.
Temir yol transportida noavtonom tortuvchi harakat tarkiblariga elektrovozlar va elektropoyezdlar kiradi. Lokomotiv va motorli vagonlarda birlamchi manbadan olingan elektr energiyasi poyezdni xarakatlanuvchi mexanik energiyaga aylantiradi Elektr tortishda IES lardan foydalanadigan lokmotivlarning foydali ish koeffisienti 25-26% tashkil etadi.Agar elektr stansiyalarning ulushini qo`shib xisoblansa u holda FIK 32% gacha ko`tariladi.
55.Temir yo‘llarda tashishni tashkil qilish qanday olib boriladi?
Temir yo‘llarda tashish jarayonini tashkil qilish va harakatni boshqarish quyidagi prinsiplar asosida olib boriladi: harakat xavfsizligi va yuklar saqlanganligini shartsiz bajarish; tashish jarayonining barcha bosqichlarida intensiv texnologiyalarni qo‘llash, mehnatni va boshqarishni ilmiy asosda tashkil qilish, barcha bo‘limlarning hamkorlikda ishishlashini ta’minlash; texnik vositalardan samarali va tejamkorlik bilan foydalanish; yo‘lovchilarga yuqori saviyada xizmat ko‘rsatish; boshqa transport turlari bilan hamjihat ishlash va boshqalar. Ushbu prinsiplarga amal qilish temir yo‘llardan foydalanishning asosini tashkil qilib, yo‘lovchi va yuklarni tashishni tezkorlik va tejamkorlik bilan bajarishga imkon yaratadi.
Temir yo‘llardan foydalanish ishlarini tashkil qilish muntazam takomillashib boradi va uning zaminida vagonlar oqimini ilmiy asosda tashkil etish, poezdlar harakatini jadval asosida aniq bajarish, poezd va yuk ishlarini texnik meyorlash, tezkor rejalash va boshqarish omillari yotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |