1. Ma'muriyhuquq predmeti deganda nimalarni tushunish lozim? Ma'muriy hujjatlarni kimlar qabul qilishi mumkin?


Download 475.76 Kb.
bet4/7
Sana19.01.2023
Hajmi475.76 Kb.
#1101140
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ma\'muriy huquq

Birinchidan: ma’muriy hujjatlarni qabul qilish jarayonining standartlashishi va yengillashtirilishi.
Ikkinchidan: davlat organlarining fuqarolar va tashkilotlar bilan bo‘lgan munosabatlari qonuniyligi va shaffofligining oshirilishi.
Uchinchidan: ma’muriy hujjatlarning ishlab chiqilishi, qabul qilinishi va bajarilishining zamonaviy texnologiyalarini kiritish asosida davlat xizmatlarining yanada sifatli ko‘rsatilishi uchun sharoitlar yaratilishi.
to‘rtinchidan: ma’muriy tartib-taomillar sohasida vujudga kelayotgan munosabatlarning tartibga solinishining tizimliligi va uyg‘unligining ta’minlanishi.
Beshinchidan: ma’muriy tartib-taomillar amalga oshirilishining ta’sirchan tashkiliy-huquqiy asoslarining yaratilishi.
Yettinchidan: ma’muriy to‘siq va cheklovlarni bartaraf etilishi, sifatli davlat xizmatlarini ko‘rsatishga sharoit yaratilishi, davlat organlari tomonidan ma’muriy hujjatlarning ishlab chiqilishi, qabul qilinishi va bajarilishining aniq tezkor mexanizmining ta’minlanishi.
Sakkizinchidan: korrupsiyaga qarshi kurashish vositasi sifatida davlat organlari va mansabdor shaxslarining faoliyatida shaffoflikning ta’minlanishi.
Rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran bir yildan keyin kuchga kirishi kutilayotgan qonun turli ma’muriy qarorlarni qabul qilish jarayonini standartlashtirish va yengillashtirish orqali davlat organlarining fuqarolar va tashkilotlar bilan bo‘lgan munosabatlari qonuniyligini ta’minlash va shaffofligini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda. Mazkur qonunda davlat organlari fuqarolarga xizmat ko‘rsatish jarayonidagi tartib-taomillar, bu jarayon qanday amalga oshirilishi kerakligi aks ettirilgan. Qonun ushbu muammolarni tizimli hal qilgan holda, ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining shaffofligi hamda ochiqligini ta’minlash, jismoniy va yuridik shaxslarga axborot taqdim qilishning zamonaviy shakllarini joriy etish, jamiyat hamda biznes bilan o‘zaro hamkorlik qilishda ortiqcha ma’muriy sarf-xarajatlarga barham berish imkonini yaratadi. Mazkur qonun loyihasida ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshirish borasida umumiy normalar mustahkamlab qo‘yilgan. Qonunda qonuniylik, mutanosiblik, ishonchlilik, ma’muriy tartib-taomillarning ochiqligi, shaffofligi va tushunarliligi, manfaatdor shaxslar huquqlarining ustunligi; byurokratik rasmiyatchilikka yo‘l qo‘yilmasligi, mazmunan qamrab olish, ma’muriy ish yuritishning “bir darcha” orqali amalga oshirilishi, teng huquqlilik; ishonchning himoya qilinishi, ma’muriy ixtiyoriylikning (diskretsion vakolatning) qonuniyligi, tekshirish singari asosiy tamoyillarga amal qilinishi ta’kidlangan. Ma’muriy tartib-taomillar bilan tartibga solingan ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish, ma’muriy hujjatni qabul qilish, shuningdek uni qayta ko‘rib chiqish jarayonlari ma’muriy ish yuritish asnosida amalga oshirilishi nazarda tutilib, ma’muriy ish yuritishda. Ma’muriy ishning hal qilinishiga ko‘maklashadigan shaxslar (guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va boshqalar) ma’muriy ish yuritishga ma’muriy organ tomonidan o‘z tashabbusi bilan yoki manfaatdor shaxslar tashabbusi bilan jalb qilinadi.
Ushbu Qonun normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish, davlat xizmatini o‘tash, referendumlar, saylovlar o‘tkazish, mudofaa, jamoat xavfsizligi va huquq-tartibot sohasida, shuningdek tezkor-qidiruv faoliyati, surishtiruv, dastlabki tergov, jinoiy majburlov choralarini qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa faoliyat, sud ishini yuritish, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritish sohasida yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmasligi bayon etilgan. Mazkur Qonunda ko‘rsatilishicha ma’muriy ish yuritishni boshlash uchun manfaatdor shaxsning arizasi (shikoyati) ma’muriy organning arizasi asos bo‘ladi. Ma’muriy organga topshiriladigan ariza shakli va mazmuniga asosiy talablar o‘rnatilgan. Hozirgi kunga qadar davlat organlari hamda jismoniy va yuridik shaxslar orasidagi munosabatlar turli qonunlar va qonunosti hujjatlari bilan tartibga solinib kelinayotgan edi. Ular orasidan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”, “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”, “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”, “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi va boshqa qonunlarni qayd etib o‘tsa bo‘ladi. Ulardagi tartiblarning turlicha ekanligi davlat organlari tomonidan qarorlar qabul qilishda vakolat doirasida majburiyatlarni bajarmaslik, og‘zaki topshiriqlar asosida ishlash kabi holatlarni keltirib chiqarayotgan edi. Endilikda fuqaro vijdonan harakat qilgan, o‘z majburiyatlarini mazmunan bajargan bo‘lsa, davlat organlari tomonidan rasmiy qoidalar bajarilmadi, degan turli bahonalar bilan uning murojaatini rad etish yoki turli cheklovlar o‘rnatish taqiqlanadi. Fuqarolarning ma’muriy organga topshiriladigan ariza shakli va mazmuniga asosiy talablar o‘rnatilgan bo‘lib, unga binoan ariza beruvchidan qonunchilikda ko‘zda tutilmagan axborotni yoki boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilish, hamda unga ilova qilinayotgan hujjatlarga qo‘shimcha talablar qo‘yish mumkin emas. Ma’muriy organda arizani ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Huquq doktori, dotsent Jo‘rabek Nematovning fikricha, eng asosiysi ushbu tartiblar shunchaki yana bir yangi o‘ylab chiqarilgan shakl va qoliplar bo‘lib qolmasdan, balki fuqaro va davlat o‘rtasidagi munosabatlarga yangicha yondashuvni, ya’ni davlat organi doimo fuqaroga turli ma’muriy qoidalar orqali xalaqit qilishi emas, balki yordam berishi, ko‘maklashishi, xizmat qilishida aks etadi. Qonunning amaliyotga tatbiq etilishi davlat xizmatidagi o‘zboshimchalik, suiiste’mol qilish, korrupsiya va boshqa salbiy holatlarni jiddiy kamaytiradi, ma’muriy jarayonning adolatli bo‘lishiga xizmat qiladi. Ya’ni, ma’muriy qarorning adresatiga ish yuzasidan uning dalil va vajlarini tinglash imkonini taqdim etish, boshqacha qilib aytganda, “tinglanish huquqi” bilan ta’minlash va shu orqali fuqaro bilan muloqot qilish va uni dardini tinglash, dardiga malham bo‘lish va unga xizmat qilishda aks etadi. Shuningdek, davlat xizmatlarini yanada sifatli ko‘rsatishda ma’muriy to‘siq va cheklovlarni bartaraf etishga keng imkoniyatlar yaratadi.

Download 475.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling