1. Markaziy Osiyo – jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi


Ikkinchi Konstitusiyaviy tamoyil


Download 193.76 Kb.
bet15/16
Sana14.05.2023
Hajmi193.76 Kb.
#1459254
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Тарих мустакил

Ikkinchi Konstitusiyaviy tamoyil — xalq hokimiyatchiligidir. 7 – 14 — moddalarda xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbaidir, O‘zbekiston xalqini millatidan qat’iy nazar uning fuqarolari tashkil etadi, davlat o‘z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko‘zlab amalga oshiradi, deb ko‘rsatilgan.
Uchinchi Konstitusiyaviy tamoyil — davlat hokimiyatining uch tarmoqqa bo‘linishidir. O‘zbekiston davlat hokimiyati tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga bo‘linishi qonunlashtirildi.
To‘rtinchi Konstitusiyaviy tamoyil — bu demokratiyaga sodiqlikdir. Konstitusiyada
demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqat e’lon qilinadi hamda insonparvar demokratik –huquqiy davlat barpo etish nazarda tutiladi. Beshinchi Konstitusiyaviy tamoyil — Konstitusiya va qonunlarning ustuvorligidir. Konstitusiyaning 15 – moddasida «O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining
Konstitusiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi. Davlat, uning rganlari,
mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitusiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar», deb belgilab qo‘yilgan.
Oltinchi Konstitusiyaviy tamoyil — xalqaro andozalar darajasida ifodalangan fuqarolar huquqlari, erkinliklari va majburiyatlarining tengligi va daxlsizligidir. O‘zbekiston fuqarolarining huquqlari muhim xalqaro hujjatlar — «Inson huquqlari butun jahon Deklaratsiyasi», «Iqtisodiy, sotsial va madaniy huquqlar to‘g‘risida xalqaro akt», «Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida xalqaro akt» va boshqalar asosida bayon etilgan. Konstitusiyaning 18 – 52 — moddalari inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlariga bag‘ishlangan. O‘zbekiston davlati tomonidan fuqarolarning huquqlari va erkinliklari oliy qadriyat sifatida tan olingan va ular himoya qilinadi. Konstitusiya bo‘yicha har bir shaxsning o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilishi kafolatlanadi. Yettinchi Konstitusiyaviy tamoyil — qonuniylikdir. Qonuniylik jamiyatning bir maromda hayot kechirishini, davlat organlarining maromli faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi. Davlat,
uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitusiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘rgandagina jamiyatda barqarorlik va taraqqiyot bo‘ladi. Sakkizinchi Konstitusiyaviy tamoyil — O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy qoidalarini aniq belgilab qo‘yilganligidadir. Asosiy Qonunning 17 – moddasida O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosati aks etgan.
Konstitusiyada davlat xalqning manfaatlari va xavfsizligini ta’minlash maqsadida boshqa davlatlar bilan ittifoq va do‘stona aloqalar o‘rnatishi hamda davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkinligi qonunlashtirilgan.

Download 193.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling