1. Markaziy Osiyo – jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi
Download 193.76 Kb.
|
Тарих мустакил
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qadimgi Xorazm, qadimgi Baqtriya. Eramizning IX asriga qadar davlatchilik rivoji to`g`risida nimalarni bilasiz
Davlat, davlatchilik o‘z mohiyati bilan insonlarning dolzarb talablarini, tub ehtiyojlarini
amalga oshirishga, ularning huquqlarini himoya qilishga, jamiyatda barqarorlik o‘rnatish va unisaqlashga mo‘ljallangan dargoh, u muayyan jamoa, elat, xalq tomonidan tashkil etilgan maxsus guruh bo‘lib, uning ma'lum huquqlarga ega bo‘lgan vakillar mavjud. Davlat jamiyatga tashqaridan, zo‘rlab kiritilgan emas, balki ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi va taraqqiy etishi natijasida jamiyatnig o‘zida vujudga kelgan. Davlat siyosiy tashkilot sifatida jamiyatni uyushtiradi, hokimiyat bilan xalqni uyg‘unlashtirishga harakat qiladi. Bir faylasuf «davlatni barpo qilishdan maqsad odamlarga jannat yaratish emas, balki jamiyatda do‘zax bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikdir», degan ekan. Alloma xaqdir. Chunki, jamiyatda barqarorlik bo‘lsa, odamlar farovon hayotni o‘z mehnatlari bilan yaratadilar.Davlatlar kelib chiqishiga ko‘ra, birlamchi yoki ikkilamchi davlatlarga bo‘linadi. Birlamchi davlatlar deb, o‘zga davlatlarning ta'sirisiz, mustaqil tarzda yuzaga kelgan davlatlarga aytiladi.Ikkilamchi davlatlar o‘zga avlatlarning ta'siri ostida yuzaga kelgan davlatlar hisoblanadi.O‘zbek xalqi ajdodlarining ilk davlatchilik tizimiga o‘tish jarayoni mil. avv. 2 ming yillikning o‘rtalarida boshlandi. Ilk davlatlar paydo bo‘lishining asosiy omillari sifatida quyidagilarni aytish mumkin: Kishilik jamiyatining ishlab chiqarish munosabatlarida mehnatning dastlabki yirik taqsimoti, buning natijasida ijtimoiy – iqtisodiy hayotdagi siljishlar va o‘zgarishlar. Ma'lumki,so‘nggi bronza davrida (mil. avv. 2 ming yillik) mehnatning dastlabki yirik taqsimoti ro‘y beradi. Chorvachilik dehqonchilikdan ajralib chiqadi. Iqtisodiy hayotdagi siljishlar tufayli ortiqcha mahsulot paydo bo‘lib, bu mahsulot ma'lum shaxslar qo‘lida to‘plana boshlaydi. Odamlar orasida mulkiy tengsizlik holatlari yuzaga kela boshladi. Jamiyat va davlatning bosh yacheykasi hisoblangan oilaning yuzaga kelishi. Ota urug‘i – patriarxat davridan (miloddan avvalgi 3 ming yillik) boshlab urug‘chilik munosabatlari ham o‘zgarib boradi. Ikki urug‘ a'zolaridan tashkil topgan er – xotin – juft oilalar vujudga keladi.Buning natijasida mulkchilikda ham o‘zgarishlar sodir bo‘la boshladi. Katta patriarxal oilalar urug‘ jamoalaridan ajralib chiqadi, ularga urug‘ jamoalariga qarashli yerlardan chek yerlari ajratib beriladi. Shu tariqa urug‘ jamoasining umumiy xo‘jaligi oilalar jamoasiga bo‘linadi.Bunday oilalar jamoasi ishlab chiqarish jamoalari deb ham ataladi. Xo‘jalikning ishlab chiqaruvchi shakllari bo‘lgan dehqonchilik va chorvachilik, shuningdek, hunarmandchilik va mol ayirboshlashning rivojlanishi urug‘ va qabilalar ichida ayrim to‘q oilalarning vujudga kelishiga olib keldi. Mulkiy tabaqalanish kengayib bordi.«Avesto» ma'lumotlariga ko‘ra, O‘rta Osiyoda jamiyatning asosini katta patriarxal oilasi tashkil etgan. Bu «nmana» deb atalgan. Shunday oilaning bir nechtasi urug‘ jamoasini —«vis»ni tashkil etgan. Hududiy qo‘shnichilik jamoasi «varzana» deb atalgan. Bunday jamoalar birlashib qabilani — «zantu» ni tashkil etgan. Qabilalar o‘rtasida muntazam kelishmovchiliklar bo‘lib turgan. O‘z hududlarini himoya qilish maqsadida bir necha yirik qabilalar muayyan hudud (viloyat) da birgalashib yashaganlar. Bu birlashma dahyo(yu) degan nom olgan. Bu viloyatlarni boshliq («qavi») boshqargan. Ushbu viloyatlar dastavval harbiy – siyosiy birlashma sifatida paydo bo‘lgan. Ular o‘zi yashagan hududni mudofaa qilgan. Sug‘orish ishlarini uyushtirgan va boshqarib borgan. Qabila boshliqlari vaqti – vaqtida to‘planib, kengashib turishgan. Bular dastlabki avlatchilikning alomatlari edi. Iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot jarayonida jamiyatning siyosiy tuzilmasi davlat va uni boshqaruv tizimi muttasil takomillashib borgan. Davlatlar paydo o‘lishining navbatdagi omili – osiyocha ishlab chiqarish usuliga asoslangan «Sharq yo‘li» bo‘lib, unda iqtisodiyotning asosini sug‘orma dehqonchilik tashkil etgan. Ishlab chiqarishning osiyocha usuli mil.avv. V ming yillikdan milodiy I asrgacha daryolar vodiylarida joylashgan Misr, Bobil, Xitoy, Hindiston, O‘rta Osiyo kabi hududlarda yoyilgan. Davlat tuzilmasining “yevropacha yo‘li” yevropa hududida mil.avv. V asrdan boshlab milodiy III asrgacha qadimgi yunon polislarida mavjud bo‘lgan. Ularda xususiy mulkchilik shakllanishi tufayli kelib chiqqan jamiyatning ijtimoiy mulkiy tabaqalanishuvi jarayoni (tabaqalar shakllanish jarayoni) asosiy omil bo‘ldi. Milloddan avvalgi IV ming yillik eneolit davridayoq O‘rta Osiyoning janubida sug‘orma dehqonchilik vujudga keldi, anhorlar va ariqlar ochildi,unumdor yerdan keng foydalanib, turli o‘simliklar (arpa, bug‘doy, javdar) ekildi, mevachilik ham rivojlandi. Bronza davrida esa sun'iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik O‘rta Osiyo xo‘jaligining asosini tashkil etdi. Sug‘orma dehqonchilikning yuqori unumdor shakllari jamiyatda hal qiluvchi o‘zgarishlarga olib keldi. Xususan, dehqonchilik rivoji natijasida qo‘shimcha mahsulot va xususiy mulk ko‘rinishlari paydo bo‘ldi. Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, sun'iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik O‘rta Osiyo xo‘jaligining asosi hisoblanib, bu jarayon janubiy Turkmaniston, Tojikiston va O‘zbekistonning janubida bronza davrida, Toshkent vohasi, Farg‘ona vodiysi hududlarida esa ilk temir davrida shakllanib rivojlandi. O‘rta Osiyoda ilk davlat uyushmalari sun'iy sug‘orish birmuncha qulay bo‘lgan Amudaryo (yuqori, o‘rta, quyi) oqimlari bo‘ylarida, Murg‘ob vohasida, Zarafshon va Qashqadaryo vohalarida shakllanib rivojlanadi. Bunday holatni dunyo tarixidagi dastlabki davlatlar – Misr (Nil) va Mesopotamiya (Dajla va Frot) misolida ham kuzatish mumkin. Ilk davlatlarning paydo bo‘lishida suniy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik xo‘jaligi bilan bir qatorda hunurmandchilik, o‘zaro ayirboshlash, savdo – sotiq va madaniy aloqalarning ham ahamiyati nihoyatda katta bo‘lgan. Dastavval shuni aytish joizki, O‘rta Osiyo hududlarida yashagan aholi qadimgi davrlardan boshlab o‘zaro munosabatlarni rivojlantirib kelganlar. Bronza davriga kelib shimoldagi ko‘chmanchi chorvador qabilalar va janubdagi o‘troq dehqonchilik aholisi o‘rtasida o‘zaro mol ayirboshlash va madaniy aloqalar yanada jadallashadi. Bu o‘rinda o‘sha davrda shakllanib keyinchalik ancha rivojlangan qadimgi yo‘llarning ahamiyati beqiyos bo‘ldi. O‘rta Osiyo qadimgi aholisi mintaqadan tashqari qo‘shni davlatlar bilan ham o‘zaro aloqalarni rivojlantirganlar. Bu o‘rinda shuni ta'kidlash joizki, qimmatbaho Badaxshon (Tojikiston) lojuvard toshlari mil avv. III ming yillikdayoq Mesopotamiya va Misr shaharlarida nihoyatda qadrlangan va bu hududlar bilan o‘zaro mol ayirboshlash munosabatlari o‘rnatilgan. Undan tashqari, Mesopotamiya, Misr, Hindiston, Eron, O‘rta Osiyo yodgorliklaridagi so‘nggi bronza va ilk temir davri topilmalaridagi juda ko‘pgina o‘xshashliklar bu hududlar o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy va madaniy aloqalardan dalolat beradiki, bu jarayon ham ilk davlatchilikning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. 3.Qadimgi Xorazm, qadimgi Baqtriya. Eramizning IX asriga qadar davlatchilik rivoji to`g`risida nimalarni bilasiz? Download 193.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling