1. Markaziy Osiyo – jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi
Download 193.76 Kb.
|
Тарих мустакил
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qadimgi So‘g‘diyona
Qadimgi Baqtriya – O‘zbekiston janubi, Janubiy – sharqiy O‘rta Osiyoning katta
hududlarini, jumladan, hozirgi Surxondaryo, Qashqadaryo, qisman Zarafshon, Amudaryo yuqori oqimi, shuningdek, Afg‘oniston shimolini o‘z nazoratida tutgan qabilalar konfederatsiyasi hisoblangan. Yozma manbalarda u Baxdi («Avesto»da), Baqtrish (Behistun yozuvlarida) deb nomlangan. Yunon – rim mualliflari uni Baqtriana yoki Baqtriya deb ataganlar. Baqtriyaning o‘tmishda «Ming bir shahar mamlakati» deb atalganligi unda shaharlarning ko‘p bo‘lganligidan guvohlik beradi. Baqtriyadagi ko‘pdan – ko‘p yirik shaharlar orasida Baqtra mashhur bo‘lib, mamlakatning poytaxti hisoblangan. Baqtra baland va mustahkam mudofaa devorlari bilan o‘ralgan, unda podshoh qal‘asi alohida ajralib turgan. Ba‘zi yozma manbalarda qayd etilishicha, bu davlat tarkibiga So‘g‘d va Marg‘iyona hududlari ham kirgan. Qadimgi Baqtriya davlati to‘g‘risida yunon olimi Ktesiy ma‘lumotlari qimmatlidir. U Baqtriyadagi ko‘plab shaharlar, uning poytaxti Baqtra (Balx), Baqtriya podshosi Oksiard, unga qarashli behisob boyliklar haqida ma‘lumotlar beradi. Yana bir yunon tarixchisi Gerodot ham Baqtriya davlati haqida qimmatli ma‘lumotlar yozib qoldirgan. U Baqtriya xalqi, bu davlatning qudrati jihatidan Misr va Bobil davlatlari bilan teng bo‘lganligi haqida yozadi. Qadimgi So‘g‘diyona – bu davlat uyushmasi ham Baqtriya singari qadimdan mustaqil faoliyat ko‘rsatgan. Uning hududlariga qadimda hozirgi Samarqand, Qashqadaryo, Navoiy va Buxoro viloyatlari yerlari kirgan. Davlatning poytaxti Samarqand shahri bo‘lgan. Arxeologlar bergan ma‘lumotlarga qaraganda tub yerli aholi shaharni Smarakansa (Smarakansa) deb atagan. Bu shahar qadimgi «Buyuk Ipak yo‘li»da joylashgan bo‘lib, savdo – iqtisodiy jihatdan Sharq va G‘arbni bog‘lagan. Sug‘d tili qadimda va ilk o‘rta asrlarda jahon savdo tili sifatida katta nufuzga ega bo‘lgan. So‘g‘diyonada aholi yuqori darajada dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik madaniyatiga ega bo‘lgan. Mil. avv. VI asrda Eron hududida yashovchi xalqlar mil. avv. 558 yilda podsho Kayxusrav II boshchiligida kuchli davlatga uyushdilar. Bu davlat ikki asr mobaynida, ya‘ni, mil. avv. 330 yilgacha faoliyat ko‘rsatgan. Uning hududlari Misrdan to Shimoli – G‘arbiy Hindistonga qadar cho‘zilgan edi. Axomaniylar (ko‘plab adabiyotlarda ahamoniylar) saltanatini Kir II (qad. eron –Kurush, grek. – Kyros) barpo etdi. Mil. avv. 558 – 530 yillarda esa Axomaniylar davlatini boshqargan. Axomaniylar davlati qisqa davr ichida Hind daryosidan Egey va O‘rta dengizgacha bo‘lgan oraliqdagi Osiyo mamlakatlarini, shuningdek Misr, Midiya va Bolqon yarim orolining bir qismini bosib oladi. Kir II O‘rta Osiyo yerlariga yurish qilishga maxsus tayyorgarlik ko‘radi. Kirning sharqiy hududlarga, xususan, O‘rta Osiyoga harbiy yurishlarini ikki bosqichga bo‘lish mumkin. Uning birinchi bosqichi miloddan avvalgi 545 – 540 yillarga to‘g‘ri keladi. Kir II ning O‘rta Osiyo hududlariga ikkinchi yurishi miloddan avvalgi 539 – 530 yillarni o‘z ichiga oladi.Harbiy yurishlarning birinchi bosqichida Parfiya, Baqtriya, Marg‘iyona hududlarini bosib oladi. Ammo O‘rta Osiyo xalqlari har doim erk, ozodlik va hurlikni hamma narsadan ustun qo‘yganlar. Shu bois ular bosqinchi Axomaniylar zulmiga qarshi muttasil kurash olib borganlar.Miloddan avvalgi 530 yilda massagetlar yo‘lboshchisi malika To‘marisning Kir II ustidan qozongan yorqin g‘alabasi bunga misol bo‘la oladi. Axomaniylar shohi Kir II ning tanadan judo etilgan boshini odamlar qoni bilan to‘ldirilgan mesh — qopga solar ekan, To‘maris shunday deydi: «Ey, Kir! Umr bo‘yi jang qilib, odam qoniga to‘ymading, mana, endi to‘yganingchaich!».Ammo Kir II ning o‘limi O‘rta Osiyo xalqlariga kutilgan ozodlikni olib kelmadi. Kir II o‘limi uchun uning avlodlari o‘ch oldilar. Xususan, o‘rta osiyoliklar axomaniylar podshosi DoroI davrida qattiq jafo chekdilar. Axomaniylar shohi Doro I (522 – 486) davrida O‘rta Osiyo hududlari bosib olinadi. Tarixiy manbalarda yozilishicha, mil. avv. 522 yilda podsholik taxtini egallagan Doro I ga qarshi arg‘iyonada Frada boshchiligida xalq qo‘zg‘oloni ko‘tarildi. Doro I qo‘zg‘olonni bostirish uchun Baqtriya satrapi Dodarshishni yubordi. Qo‘zg‘olon shafqatsizlik bilan bostirildi, 55 ming qo‘zg‘olonchi qatl etiladi, 7 mingga yaqin kishi asir olinadi. Frada hamqo‘lga olinib, mil. avv. 521 yilda qiynab o‘ldiriladi. Ammo qo‘zgolonlar davom etavergan. Axomaniylar shohi Doro I ning shaxsan o‘zi mil. avv. 519 yilda parfiyonaliklar va sak qabilalari ustiga qo‘shin tortib borishga majbur bo‘lgan. Doro I O‘rta Osiyo xalqlaridan qattiq o‘ch oldi, ammo ayni paytda o‘zi ham katta talafotlar ko‘rdi. Bu o‘rinda muarrix Polienning «Harbiy hiylalar» asaridagi Shiroqning (asarda Shiroq —Siyrak deb nomlangan) afsonaviy harbiy jasorati diqqatga molikdir. Manbada hikoya qilinishicha, yilqiboqar Shiroq o‘z vataniga bostirib kelgan dushmanlarni hiyla ishlatib, chalg‘itib, Qizilqumning halokatli jazirama dashtlariga boshlab boradi va o‘z jonini qurbon qilib bo‘lsa–da, vatani va xalqini yovuz dushmandan asrab qoladi. O‘rta Osiyo xalqlari Eron axomaniylariga qarshi qat‘iy kurash harakatlari olib borilayotgan bir davrda chetdan yangi xavf kirib kelayotgan edi. Mil. avv. IV asrning o‘rtalaridan boshlab esa, Bolqon yarim orolidagi shahar – davlatlar kuchaya boshlaydi. Mil. avv. 359 yilda Fillip II (mil.av. taxm. 382 – 336) Makedoniyani birlashtirib, yagona davlat tuzishga erishadi. U kuchli armiya tuzadi. Download 193.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling