1. Markaziy Osiyo – jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi
Download 193.76 Kb.
|
Тарих мустакил
Kushon podsholigi va uning yurtimiz davlatchiligi tarixida tutgan o‘rni. Kushon podsholigi – o‘zbek davlatchiligi tizimidagi qadimgi davlat (milodiy I – III asrlar). Milodiy I asrning 1 –yarmi yoxud o‘rtalarida yuechjilar tasarrufidagi Kushon mulkining yuksalishi natijasida vujudga kelgan. Massagetlar (Xitoy yilnomalarida – yuechji) mil. avv. 140 yil Sirdaryo ortidan Baqtriyaga kelib, saklarni yenggan va Yunon – Baqtriya podsholigi o‘rnida bir asr davomida 5 qabilaga bo‘linib (Kushon, Xyumi, Shuanmi, Xise, Dumi) yashagan. Bulardan Kushon (Xitoyyilnomalarida Guyshuan) qabilasi jabg‘usi Kujula Kadfiz (Kadfiz I – mil. avv. I asr oxiri –milodiy I asr 1 – yarmi) mil. I asrda qolgan 4 qabilani bo‘ysundirib, o‘zini hukmdor deb e‘lon qilgan.
«Kushon» atamasi yo sulola yoki qabilaga tegishli bo‘lib, u ilk bor mil. avv. I asr oxiri – mil. I asr boshida hukmronlik qilgan podshoh «Geray» — Sanab zarb qildirgan tangalarda qo‘llangan. Mil. avv. I asrda Kosonsoy – Kushonlar saltanatining poytaxti bo‘lgan.Kushonlarninchqg dastlabki mulklari hududiga Shimoliy Baqtriya (Tojikiston hamda O‘zbekistonning janubi, Turkmanistonning janubiy – sharqidagi yerlar) kirgan. Dastlab jabg‘u, keyinchalik podsho unvoni bilan davlatni idora qilgan Kadfiz I Kushon davlatiga asos slogan bo‘lib, uning davrida kushonlar hozirgi Afg‘oniston bilan Pokistonning ko‘pchilik qismini bosib olgan. Kushon davlati Kujula Kadfizning o‘g‘li Vima Kadfiz (30 yil podsholik qilgan), xususan, Kanishka I (23 yil podsho bo‘lgan) va uning o‘g‘li Vasishka (4 yil podsholik davrini surgan)davrida har tomonlama kuchayib dunyoning eng qudratli davlatlaridan biriga aylangan. Bunimilodning III asriga oid budda matnidagi «dunyo uch qismga (Xitoy, Rim va Kushon) bo‘lingan» degan jumlalar ham isbotlaydi. Kushon davlati O‘rta Osiyoning kattagina hududlari, Shimoliy Hindiston, Qashqar, Afg‘oniston va Sharqiy Turkiston yerlarini o‘z tarkibiga qamrab olgan edi. Kanishka podsholigi davrida mamlakatning iqtisodiy – siyosiy va harbiy qudrati har tomonlama rivoj topdi. Mamlakatda oltin, kumush va mis tangalar zarb kilindi. Bu davrda ayniqsa Termiz, Samarqand, Naqshab, Buxoro, Choch, Dalvarzin, Peshovor va boshqa shaharlar rivojlandi. Xitoy, Rim va boshqa mamlakatlar bilan savdo aloqalari kengaydi. Buborada «Ipak yo‘li»ning o‘rni va ahamiyati oshdi. Xitoy savdo – sotiqda o‘zining xom ipak va ipak matolari, oltin va terilari bilan mashhur bo‘lsa, O‘rta Osiyolik savdogarlar noyob va nafis shishalari, qimmatbaho toshlari, zeb – ziynat buyumlari bilan dong taratgan edilar. O‘rta Osiyoning shimoli – sharqidan Movarounnahrning ichki viloyatlariga kirib, milodiy V asrda davlat barpo etgan qabila ittifoqi. Eftaliylar O‘rta Osiyo, Hindiston, Afg‘oniston, Eron va Sharqiy Turkiston tarixida muhim rol o‘ynagan. Eftaliylarning ilk ajdodlari xunlardan bo‘lishi taxmin etiladi. Mil. avv. VII asrda Xitoyning shimoli-g‘arbi (Xesi)da yashovchi mallasoch, ko‘zi ko‘k xunlarning bir qismi yashab turgan yerlarini tashlab, Pomirning tog‘li viloyatlariga kelib yashaydilar. Keyinchalik ular mahalliy aholiga aralashib, tillarini ham o‘zgartiradi. Hunlarning boshqa bir guruhi Hunlar davlati yemirilgach, Jung‘oriyaga, Ila havzalariga kelib o‘rnashgan va bu yerda Yueban etnik uyushmasini tashkil qilgan. Yuebandan eftal etnik nomi bilan atalgan yirik bir guruh ajralib, III asrda Movarounnahrga kelib o‘rnashdi. Eftaliylarning yana bir guruhi g‘arbga Kaspiy dengizining shimoliy hududlariga borib, keyinchalik bu yerlardagi boshqa turkiy xalqlarga aralashib ketadi. Eftaliylar IV asrning 2-yarmida ko‘payib, Movarounnahrda yashovchi xioniy, kidariy va boshqa xalqlarni tobe etib, davlat barpo etadi. V asrda ular Qang‘ davlatini mag‘lubiyatga uchratadi. Xurosonning talay qismini egallaydi. Xuroson yeri uchun eftaliylar Eron bilan qattiq urush olib borgan. V asrning o‘rtalarida diyorimizga kirib kelgan eftallar yozma manbalarda eftal, xaftal, xaytal degan nomlar bilan tilga olinadi. «Eftal» degan nom ilk bor «xeptal» shaklida V asr arman manbalarida uchraydi. Bunom aslida «Eftalon» deb yuritilgan shoh nomidan olingan. Uni Vaxshunvar deb ham ataganlar,u eftallar yurishiga boshchilik qilgan.Eftalitlar davri bo‘yicha rimlik va vizantiyalik tarixchilar ma`lumot beradi. Eftalitlar davlati haqida yagona nuqtai-nazar mavjud emas. Bu yangi ko’chmanchi aholidan tashkil topganqavmni yozma manbalarda heptal, haytal, xetal, abtal, idal, i-da kabi qator nomlar bilan tilgaolinadi. Ammo aksariyat ko`pchilik olimlar Eftalitlarni milodimizdan avvalgi I asr bilan milodimizning IV asri o`rtalarida Yettisuvdan va yanada sharqroqdagi rayonlardan Orol dеngizi bo’ylariga kеlib qolgan xunnlar bilan aralashib kеtgan holda Xun qabilalaridan turkiy tilini qabul qilgan Orol bo’yi sak-massagеt qabilalarining avlodlaridirlar, dеgan g’oyani ilgari suradilar. Eftalitlar tarixiga oid ma'lumotlar rimlik tarihchi Ammian Martsеllin (IV asr),vizantiyalik tarixchi Prisk Paniyskiy (V asr), Prokopiy Kеsariyskiy (VI asr), Fеofan Vizantiyskiy (VI asr), suriyalik yozuvchi Zеnob Glak (VII— VIII asrlar), armanistonlik tarixchilar Lazar Parbski (V asr), Favsto Buzanda (IV asr), Yerishе (V asr) asarlarida berilgan. Birmuncha kеinroq yozilgan Xitoy solnomalari «Vеy-Shu» (VI asr) va «Man-shu» (IX—X asr)da ham Eftalitlar to’g’risida qimmatli manbalar bor. Feofan Vizantiyskiyning yozishicha, eftalitlar o‘z nomini podshoxlaridan biri bo’lgan Vaxshunvar Eftalon nomi bilan atashgan. Arman tarixchilaridan biri esa eftalitlar nomi xaft(yetti) ya`ni massagetlar yettinchi qabilasi nomidan olingan deb hisoblaydilar. Manbalarda 457 yildan ya`ni eftalitlar shoxi Vaxshunvar Choganiyon, Toxariston va Badaxshonni o‘ziga bo‘ysundirib olgan vaqtdan boshlab eftalitlar haqida ma`lumot bera boshlaydi. Sosoniy shoxi Peroz eftalitlarga qarshi muvaffaqiyatsiz yurish qiladi va asirga tushadi. U ikkinchi va uchinchi yurishlarda ham mag‘lub bo‘ladi va xalok bo‘ladi. Eftalitlarning siyosiy markazi Poykand yoki Balx shahri bo’lgan. Davlat boshida podshox turgan. Odamlar asosan shaharlarda yashagan. Aholining asosiy qismi dehqonchilik bilan shug‘ullangan. Bu davrda yangi tipdagi shahar qal`alar qad ko‘tara boshlaydi. Bunday shaharlar feodal davlat uchun xos edi. Eftalitlarda moddiy-madaniyat taraqqiy etgan. Binokorlik, naqqoshlik, tasviriy san`at rivojlangan. V asrga oid bo’lgan eftalit shoxlari saroyi bo’lgan Varaxsha yodgorligi bu davrda moddiy madaniyatning rivojlanganligidan darak beradi. Eftaliylar, ularning etnik tarkibi, davlat tashkil etishlari XVsusida tarixiy manbalarda turli xil qarashlar mavjud. Shular orasida rus va Vizantiya tarixchilarining aksariyati eftaliylarni turkiy qabila - massagetlarning so’nggi bo’g’inidan kelib chiqqan degan fikrlari haqiqatga yaqindir. Ba’zibir tarixchilar eftallar nomini V asirning ikkinchi yarimida podshohlik qilgan Vaxshunvor Eftalon nomi bilan bog’laydilar Nima bo’lganda ham shu narsa ma’lumki,eftaliylar Markaziy Osiyo mintaqasida yashab kelgan turkiy qavmlardir. Eftaliylarning O’rta Osiyo hududini eg’allashi asosan 457 yilda shoh Vaxshunvar boshchiligida boshlanadi. Qisqa muddatda ular Chag’oniyon, Tohariston va Badaxshonni bo’ysundiradilar, so’ngra So’g’dda ham mustahkamlanib oladilar. Ko’p o’tmay o’z yerlarini Qobul, Panjob vodiysi, Qashqar,Sharqiy Turkiston, Sharqiy Eron va Shimoliy Hindiston hisobiga kengaytirib oladilar. Shu tariqa V asrning ikkinchi yarimi va VI asr boshlarida ilk o’rta asrlarning yangi qudratli davlatiEftaliylar davlati tashkil topadi. Eftaliylar davlatining asosiy dushmani Eron sosoniylari bo’lganligi tarixdan ma‘lum.Tobora kuchayib borayotgan eftaliylarning tojovuzidan xavfsiragan sosoniylar shohi Pero’z (hukumronligi 459-484 tillar) eftaliylar ustiga uch marta qo’shin tortadi, lekin har galmag’lubiyatga uchragan va uning evaziga sosoniylar eftaliylarga katta miqdorda o’lpon to’lab turgan. Sosoniylar shohi Peroz halokatidan keyin uning o’g’li Kovad (hukumronligi 488-551yillar) va Kovadning o’g’li Xisrav Anushirvon I (hukmronligi 531-579 yillar) davrida ham Eron eftaliylarga xiroj to’lagan va xalq ommasiga og’ir soliqlar solingan, bu esa sinfiy ziddiyatlarni kuchaytirgan. Bu davrlarda fеodal ishlab chiqarish usuli hеch bir joyda biron tarzda to’liq shakllanmadi. VI- IX asrlar oralig’idagi davrda hududda ilk feodal davlat uzil-kеsil qaror topdi. Har bir mamlakat har qaysi xalq va davlat uni o`zining tabiiy sharoitlariga o’z ananalariga va hatto tarkib topgan o`z turmush tarziga moslashtirar edi. Jumladan Rossiyada fеodal yer egasi hisoblangan. Dеhqonlar fеodal yer egasi foydasiga tеkin ishlab berishga majbur edilar. Dеhqonlar dastlabki davrlarda xaftada bir kun, so`ngra ikki kun, undan kеyin uch kun, bora-bora esa butun xafta davomida fеodal yerida ishlashga majbur qilingan. Chunki, yuqorida ta'kidlaganimiz singari yer fеodalning xususiy mulki, dеhqon esa bunday mulkdan maxrum. Mamlakatimiz hududida esa fеodalizm ya'ni yerga egalak munosabatlar ma'lum darajada o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`lgan. Bu yerda dеhqon Rossiyadagi singari mulkdor fеodal yer egasiga emas, balki yerga bog’lanib qolgan edi. Tеkin ishlab berish (barshchina) bu yerda iqtisodiy jihatdan foydali bo`lmaganligidan sug`oriladigan dеhqonchilik hukmron bo`lgan butun O’rta Osiyo hududida ekspluatatsiya shakli rеnta-soliq harakterini kasb etgan. Rеnta solig’ini ma'lum hududdagi jamoaga uyushgan erkin dеhqonlar to’laganlar. Bu erkin dеhqonlar «kashovarzlar» dеb atalganlar. Yer egasi bo’lib qolgan harbiy zodagonlar esa “dehqon” dеb atalgan. «Dеhqon qishloq ho’jayini ma'nosini anglatadi. Kashovarzlar jamoa boshligi «dеhqon»ga soliq to’laganlar. X asr tarixchisi Tabariy shu ma'noda bunday dеhqonlarning qayerdan kеlib chiqqanligini tushuntiradi. Go’yo afsonaviy podsho Monuchеhr har bir qishloqqa bir dеhqonni boshliq qilib tayinlab bu dishlod aholisiga shu dеxdonga bo‘ysunish va uning uchun ishlashni buyurgan ekan. Bu hol quldorlikka asoslangan eski shaharlarni tushkunlikka uchrashiga sabab bo`ldi va fеodallarning mulklari yonida juda ko`p mayda xo’jalik markazlari vujudga kеla boshladi. Kushon davlati inqirozga uchrab tarqab kеtgach, ayrim voxalarda mustaqil mulklar paydo bo`ldi. Bu mulklarning o`z podshochalari bor edi. Ularning nomlari har voxada har xil bo`lgan. Jumladan, Buxoroda -buxorxudotlar, Choganiyonda - chog’anxudolar, Vardanzida -vardonxudolart, Tostkеntda — tudunlar, Samarqand va Farg’onada — ixshidlar, Osrushanda -afshiniylar, Xorazmda — xorazmshohlar, Toharistonda- malikshohlar, Iloqda dеhqonlar kabi. Dеhqonlar bu podshochalarni kashovarzlar va qaram kishilardan bo’lgan kadivarlar, yaxshi ta'lim olgan harbiy drujinalar — chokarlari bilan quvvatlab turganlar. Dunyoning boshqa qitalaridan farqli o’laroq O’rta Osiyo hududidagi fеodalizmning o`ziga xos xususiyati shundaki, bu yerda chеklanmagan mustabid sharqona ko`rinishdagi markazlashgan kuchli hokimiyatga intilish ustivorlik ahamiyat kasb etgan. Kushonlar zamoni kabi eftaliylar davrida ham davlat yakka hukumdor tomonidan boshqarilgan. Xitoy manbalariga ko’ra taxt otadan bolaga qolmay, sulolaning eng loyiq deb topilgan kishisiga berilgan. Vizantiyalik Prokopiy (VI asr) “Eftaliylar davlatni qonunlar asosida boshqaradilar” deb yozadi. Markaziy hokimiyat mamlakatni noiblar orqali idora etgan. Eftalitlar davlatining poytaxti haqida aniq ma’lumotlar yo’q. Taxminiy fikrlarga ko’ra, bunday markaz Boykent (Poykand) yoki Balx bo’lgan deyiladi. Eftaliylar davrida quldorlik munosabatlari o’rniga yerga egalik qilish tartibida yangicha munosabatlar paydo bo’ldi. Yangi yer egaligi munosabatlarining tarkib topishi natijasida aholi orasida sinfiy tabaqalanish kuchaygan. Sug’orilgan yer maydonlarining katta qismi mulkdor zodag’on tabaqa vakillari qo’lida to’plangan. Ular «dehqonlar» deb atalgan. “Dehqon” so’zi “deh”- qishloq, “qon”-xo’jayin, ya‘ni qishloq xo’jayini degan ma‘noni bildiradi. Yerga egalik munosabatlarining shakllanishi jarayonida qishloqda o’ziga xos sinfiy tabaqalanish sodir bo’ldi. Dehqon, ya‘ni yer egasi butun bir qishloqqa, ekin yerlariga xo’jayin bo’lib, qishloqning yersiz,nochor mehnatkashlarini o’ziga bo’ysundirib olganlar. Bu toifadagi aholi, ya‘ni dehqonga qul kabi qaram bo’lgan, ularning yerlarida ishlashga majbur bo’lgan qishloq jamoasining erkin qo’shchilari “kadivarlar” yani ijaradorlar deb atalgan. Undan tashqari, sug’oriladigan yerlarning bir qismi (dehqonlarga tobe bo’lmagan) qishloq jamoasi ixtiyorida bo’lib, bu jamoa a‘zolari “kashovarzlar” deb atalardi. Qishloqning ozod aholisi hisoblangan kashovarzlarning mehnat unumi kadivarlarnikiga qaraganda ancha yuqori bo’lgan. Jamiyatda yer egaligi munosabatlari shakllana boshlagan bo’lsa-da, qul mehnatidan foydalanish davom etgan. Bu davrda zodag’onlar zulmiga qarshi, adolat va haqqoniyat uchun xalq g’alayonlari yo’zaga keldi. VI asrning birinchi choragida yuz bergan xalq haraqatlaridan biri Mazdak qo’zg’olonidir. Qo’zg’olonning g’oyaviy asosini zardo’shtiylik mafkurasi tashkil etgan. Mazdakiylar ilgari surgan g’oya bo’yicha barcha kishilar bu dunyo ne’matlaridan barobar foydalanishlari lozim bo’lgan. Shu bois ular “z” harfi bilan boshlanuvchi to’rt narsa aholi o’rtasida teng taqsimlanishini talab qildilar: zamin(yer), zar(oltin), zo’r(hokimiyat), zan(xotin). Mazdakchilar ilgari surgan bu talablardan shuni aniqlash mumkin, ular ijtimoiy adolat tushunchasini birinchi o’ringa qo’yib, bunda yer-mulk, boyliklarni aholi o’rtasida barovar taqsimlash talabini ilgari surganlar. Lekin o’sha davrda, sinfiy tabaqalanish kuchayib, mulkiy tengsizlik avj olayotgan bir paytda mazdakchilik g’oyalarining tantana qilishi amri mahol edi. Shu sababli ham Mazdak qo’zg’oloni tez orada hukmronlar kuchlari tomonidan bostirildi. Mazdak qo’zg’oloni bostirilib, oradan qariyb yarim asr o’tgach, Buxoroda Abruy boshchiligida yana shunday xalq harakati ko’tarildi, lekin u ham bostirildi va zodag’on dehqonlarning kadivarlar ustidan hukmronligi yanada mustahkamlandi. Eftaliylar davlаtiga birlashgan aholining bir qismi ko’chmanchi chorvadorlar bo’lsa, ikkinchi kattaroq qismi shahar va qishloqlarda yashovchi o’troq aholi edi. Uning aholisi asosan ziroatchilik bilan shug’ullanardi. Tohariston va Cug’d rivoj topgan dehqonchilik va bog’dorchilikning markazi hisoblangan bo’lsa, Qashqadaryo va Zarafshon vodiylari g’alla hamda sholichilik rivoj topdi. Bu davrda Markaziy Osiyo yerlarida paxta ham ekilgan. Chorvadorlik va hunarmandchilik ham rivoj topgan. Download 193.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling