1. Markaziy Osiyo – jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi


Download 193.76 Kb.
bet7/16
Sana14.05.2023
Hajmi193.76 Kb.
#1459254
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
Тарих мустакил

Qang‘ davlati, Qanhxa (qad. xitoy manbalarida Kangkiya, zamonaviy o‘qilishda Kangjyuy,rus adabiyotida Kangyuy) — qadimda Sirdaryoning o‘rta havzasida mavjud bo‘lgan davlat (mil.avv. III – mil. V asr o‘rtalari). Ayrim adabiyotlarda ushbu davlat aholisi ham uning nomlaribilan ataladi.K. Shoniyozovning fikricha, Qang‘ davlati sharqda Farg‘ona (Davan, Dayyuan), shimoliy –sharqda Usun (Uysun) davlatlari, shimoliy – g‘arbda Sarisu, g‘arbda Sirdaryoning quyi oqimi bilan chegaradosh bo‘lgan. Xitoy manbalariga ko‘ra, Qang‘ davlatining janubiy hududiga hozirgi O‘zbekistonning Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Kattaqo‘rg‘on va Urganch tumanlari kirgan bo‘lib, uning chegarasi Amudaryoga borib taqaladi. Janubda — Dayruzie (Dayuechji) davlati joylashgan. Kushon podsholigi tashkil topishi va uning hududi kengayishi munosabati
bilan Qang‘ davlatining janubiy chegarasi o‘zgargan. Shu tufayli mil. avv. II asrda Xitoy elchisi Chjan Tsyan farg‘onaliklar yordamida Qang‘ davlati orqali Dayruzie (Dayuechji) davlatiga borgan. Qang‘ davlatining qishki poytaxt shaharlari Bityan va Sushie bo‘lgan. Bityan Binkat shahri (boshqa manbalarga ko‘ra, Qanqa) o‘rnida, Sushie esa hozirgi Parkent tumanidagi So‘qoq(Sukeeke) nomli joyga to‘g‘ri keladi. Qang‘ davlatining yozgi qarorgohlari Issiqko‘l bo‘ylab,hozirgi Qoraqo‘l (Prjevalsk) yonida bo‘lgan. Qang‘ davlatining qo‘shini 80 – 90 ming jangchini tashkil etgan. Qang‘ davlati aholisining urf – odatlari Ruzie (Yuetszi) davlati aholisi urf –odatidan farq qilmagan. O‘z navbatida, ruzieliklar urf – odatlari hunlarnikiga o‘xshash bo‘lgan. Qang‘ davlati hukmdori va Hun xoqonligi o‘rtasida qudachilik munosabatlari o‘rnatilgan. Shutufayli xitoylar hunlar ustidan g‘olib chiqib, ularni o‘z joylaridan siqib chiqarganida, hun xoqoni o‘z avlodi bilan Qang‘ davlatiga ko‘chib kelgan.
Dovan (xitoycha Da – yuandan olingan) — Farg‘ona vodiysidagi qadimgi davlat. Mil. avv.II – I asrlardagi Xitoy manbalarida keng, obod, boy mamlakat — Davan haqidagi ma‘lumotlarkeltirilgan. Davan shahar va voha hokimlarining erkin ittifoqidan iborat davlat edi. Ulug‘hukmdor qarorgohi Gushan (hoz. O‘zgan shahar deb taxmin etiladi)da bo‘lgan. Podshohokimiyati qabila zodagonlaridan iborat oqsoqollar kengashi tomonidan cheklab qo‘yilgan. Oliykengash hukmdorni podsholikdan tushirishi, hatto o‘lim jazosiga hukm qilishi mumkin bo‘lgan.Davan atamasi tarixiy adabiyotlarda mil. III asrgacha uchraydi. So‘ngra Davan o‘rniga «Boxan»va «Polona» (mil. V asr) atamalari uchrab muarrixlar ushbu atamalar qadimgi Davanga moskeladi deb qayd etib o‘tganlar. Ammo arxeolog olim akademik A. Asqarovning xulosasiga ko‘ra, Davan davlati mil. avv. II asrda emas, balki ancha ilgari – mil. avv. IV yoki III asrlarda ham bo‘lgan. U davrda bu davlatning nomi Parkana bo‘lgan. Davan nomini xitoylar berganlar.Xitoyshunos N. Ya. Bichurinning fikricha, Davan – Qo‘qondir, ham shahar va o‘lkadir. Xitoyliklar Davan deb nomi toxarlar bilan bog‘liq bo‘lgan mamlakatni atashgan degan fikr bor.
Mil. avv. II asr Xitoy manbalari ma‘lumotlarida ta‘kidlanishicha, Davanda 300 ming aholi yashagan. Vohada 70 ta katta – kichik shahar bo‘lgan, poytaxti Ershi (hozirgi Marhamat) shahriedi. Davanliklar ko‘zlari kirtaygan, qalin soqolli xalq bo‘lib, savdo – sotiq ishlarida mohirliklari bilan nom chiqarishgan. Davanda xotin – qizlar izzat – ikrom qilingan. Davanda yetishtirilgan «samoviy tulporlari» — arg‘umoqlar (zotli chopqir otlarga Sharq xalqlari bergan umumiy nom) Sharqda mashhur bo‘lgan. Mil. avv. 104 – 101 yillarda Xitoy askarlari Davanga ikki bor hujum qilganlar. Birinchi – hujum Xitoy askarlarining mag‘lubiyati bilan tamom bo‘lgan, chunki ular istehkomga aylantirilgan qishloqlarning qarshiligini sindirish uchun ojizlik qilganlar. Xitoyliklar
60 ming kishilik katta qo‘shin bilan ikkinchi marta hujum qilib, 101 yilda Ershi shahrini qamal etishgan.

Download 193.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling