1 martdan nimalar o‘zgaradi?


 Davlat-xususiy sheriklik asosida 2023 yilda 27 ta


Download 72.09 Kb.
bet16/26
Sana24.03.2023
Hajmi72.09 Kb.
#1293162
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26
Bog'liq
1 martdan nimalar qarorlar

2. Davlat-xususiy sheriklik asosida 2023 yilda 27 ta yirik quvvatli quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish loyihalarining manzilli ro‘yxati 1-ilovaga hamda yirik quvvatli quyosh va shamol elektr stansiyalarini elektr uzatish tarmoqlariga ulash bo‘yicha loyihalarning manzilli ro‘yxati 1a-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Mazkur loyihalarning o‘z vaqtida amalga oshirilishi uchun shaxsiy javobgarlik energetika vaziri J.T. Mirzamahmudov,investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L.Sh. Kudratov hamda Strategik islohotlar agentligi bosh direktori Sh.A. Vafayev zimmasiga yuklatilsin.
3. Strategik islohotlar agentligi (Sh.Vafayev) Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L.Kudratov) bilan birgalikda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish va elektr energiyasi tarmoqlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha loyihalar uchun 2023 yil 1 iyulga qadar xalqaro moliyaviy tashkilotlardan qo‘shimcha 2 milliard AQSH dollari miqdoridagi mablag‘larni jalb qilish bo‘yicha kelishuvlar imzolanishini ta’minlasin.
4. Energetika vazirligiga 2023 yil 1 sentyabrga qadar yirik quvvatli quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha loyihalar doirasida byudjetdan tashqari Tarmoqlararo energiyani tejash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan xalqaro va mahalliy loyiha-qidiruv institutlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzgan holda qurilish maydonlarida o‘rganishlar o‘tkazishga ruxsat berilsin.
5. 2023 yilda 20 mingta ijtimoiy soha ob’ektlari va davlat idoralarida kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatish rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Mazkur rejaning bajarilishini ta’minlash bo‘yicha shaxsiy javobgarlik energetika vaziri J.T.Mirzamahmudov va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi o‘rinbosari, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.
6. Energetika vazirligi hamda tijorat banklarining ijtimoiy soha ob’ektlari, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning bino va inshootlarida kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatish va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Yashil energiya” kompaniyasini (keyingi o‘rinlarda – Kompaniyatashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Belgilansinki:
Kompaniya o‘z hisobidan davlat organlari va tashkilotlari bino-inshootlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatganda, ushbu bino-inshootlarning tegishli qismlaridan ijara huquqi asosida bepul foydalanadi. Bunda, ijara shartnomalari belgilangan tartibda soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tkaziladi;
Kompaniyaga mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilardan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini va ularning ehtiyot qismlarini xarid qilish, o‘rnatish va ularga servis xizmatlarini ko‘rsatish uchun eng yaxshi takliflarni tanlab olish natijalariga ko‘ra to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzishga ruxsat beriladi.

Download 72.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling