1 martdan nimalar o‘zgaradi?
Biznes va xo‘jalik yurutuvchi sohalari bo‘yicha
Download 72.09 Kb.
|
1 martdan nimalar qarorlar
1. Biznes va xo‘jalik yurutuvchi sohalari bo‘yicha:
Inkassatsiya xizmatlari uchun haq buyurtmachi tomonidan to‘lanadi Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning naqd pullarini banklarga inkassatsiya xizmatlari orqali yetkazib berilishi bo‘yicha xizmat haqi shartnoma asosida buyurtmachi, ya’ni inkassatsiya xizmatlari ko‘rsatilishining tashabbuskori (xo‘jalik yurituvchi sub’ekt yoki bank) tomonidan to‘lanadi. Limonzorlarni barpo etishning yangi tartibi joriy etiladi Unga ko‘ra, Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirish agentligi, hokimliklar, qayta ishlash korxonalari va eksport qiluvchi tashkilotlar ishtirokida tashkil etiladigan kooperatsiyalar (klasterlar) va mahsulot yetishtiruvchilar uchun alohida vazifalar belgilandi. Jumladan, Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirish agentligi yangi barpo etiladigan limonzorlar uchun standartlarni (ko‘chat navi va sifati, ekish sxemasi, issiqxonaga qo‘yiladigan talablar, resurs tejovchi texnologiyalar hamda boshqalar) belgilaydi, limonchilik tarmog‘ini rivojlantirishda ilg‘or xorijiy tajriba va resurs tejovchi innovatsion texnologiyalar joriy etilishini tashkil qiladi. Shuningdek, kooperatsiyalarga birlashgan limon yetishtiruvchi fermer va dehqon xo‘jaliklari, qishloq xo‘jaligi korxonalari va tadbirkorlik sub’ektlariga: - yangi limonzorlarni barpo etish va ko‘chatlarni xarid qilish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarning har bir gektari uchun 30 mln so‘mdan oshmaydigan miqdori Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan; - limon mevalarining eksporti bilan bog‘liq transport xarajatlarining 25 foizigacha bo‘lgan miqdori Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan subsidiya sifatida qoplab beriladi. Respublika hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasiga baho berish tizimi joriy etiladi Baholash yarim yillik va yil yakuni bo‘yicha o‘tkaziladi. Baholash natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tuman va shaharlar reytingi tuziladi, reytingda yuqori ko‘rsatkichlarga ega hududdagi tashkilotlar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari boshqaruv xodimlari moddiy rag‘batlantiriladi. Baholash Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Download 72.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling