1 martdan nimalar o‘zgaradi?


 Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.Aripov zimmasiga yuklansin. Qanday o‘zgarishlar kutmoqda


Download 72.09 Kb.
bet24/26
Sana24.03.2023
Hajmi72.09 Kb.
#1293162
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
1 martdan nimalar qarorlar

30. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.
Qanday o‘zgarishlar kutmoqda
Barcha avtodilerlarga xorijiy avtomobillarni sotishga ruxsat beriladi
Keyingi yildan boshlab tadbirkorlarning yangi mahsulot va xizmatlarni sinovdan o‘tkazish bo‘yicha faoliyatini maxsus tartibga soluvchi “Tartibga solish qumdoni” rejimi joriy etiladi.
Xususan, tadbirkorlarga yangi mahsulot va xizmatlarni joriy qilish faoliyatini cheklangan doirada tartibga solish orqali ayrim qonunchilik hujjatlariga amal qilmaslik, litsenziyasiz va ruxsat berish hujjatisiz faoliyatni amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.
Bundan tashqari, kelasi yildan tadbirkorlik subyektining ustav fondini kamaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda kreditorlarni yozma ravishda xabardor qilish va OAVda bu haqida e’lon berish tartibi bekor qilinadi.
Yangi import avtomobillarini sotish faqat yuridik shaxslar — ishlab chiqaruvchi korxonalarning rasmiy dilerlari tomonidan amalga oshirilishi bekor qilinadi.
"Spot.uz"da reklama
2023-yil 1-martdan soliq to‘lovchilarga soliq organlarining sayyor tekshiruvlari va auditi natijalari bo‘yicha qabul qilgan qarorlari ustidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sudga shikoyat qilish huquqi beriladi.
Bundan tashqari, barcha yuridik shaxslarga Yagona portal orqali tijorat xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat beriladi. Bir shartnoma summasi BHMning 3 500 baravari va undan yuqori bo‘lgan davlat xaridlari bo‘yicha buyurtmalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida bajarilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Unitar korxona yoki qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat shaklida yuridik shaxs tashkil etish to‘xtatiladi
2023-yil 1-martdan unitar korxona yoki qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat shaklida yuridik shaxs tashkil etish to‘xtatiladi.
Keyingi yilning 1-aprelidan quyidagi tartib kuchga kiradi:

  • MCHJ ustav fondiga qo‘shiladigan, qiymati BHMning 10 ming baravaridan ko‘p pulsiz hissalar baholovchi tashkilot tomonidan baholanadi va baholangan qiymatdan yuqori bo‘lishi mumkin emas;

  • yuridik shaxslar qayta tashkil etilganda, korxonalarning huquq va majburiyatlari unga o‘tgan hisoblanadi.

2023-yilning 1-iyulidan esa xo‘jalik jamiyatining filiallari, vakolatxonalari tashkil etilganligi hamda uning ustav fondi shakllantirilganligi, shuningdek, to‘lovga qobiliyatsizligi yuzasidan ish qo‘zg‘atilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar Yagona portalda e’lon qilinadi.
Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi kuchga kiradi
Mehnat kodeksining yangi tahriri 2023-yilning aprel oyidan kuchga kiradi.
Yangi tahrirdagi kodeks 7 bo‘lim, 34 bob va 581 moddadan iborat. Huquqlarga qo‘shimcha ravishda, ko’plab masalalar bo‘yicha ham xodimlar, ham ish beruvchilar uchun majburiyatlar belgilangan.
Mahsulotlarni ishlab chiqarishda “yashil sertifikatlar” tizimi joriy etiladi
2023-yil 1-iyundan boshlab mahsulotlarni ishlab chiqarishda ekologiya va atrof-muhitga ta’sirni cheklash bo‘yicha qo‘yilayotgan talablar asosida “yashil sertifikatlar” tizimi joriy etiladi.
2022−2026 yillarda issiqxona gazlarining chiqarilishini davlat tomonidan tartibga solish infratuzilmasi bosqichma-bosqich yaratiladi.
O‘zbekiston kompaniyalariga chet el birjalarida ro‘yxatga kirishga ruxsat beriladi
Undan oldin, birinchi navbatda, ichki fond birjasiga joylashtirish kerak bo‘ladi. Chet el birjalari ko‘proq potensial xaridorlarga kirishni ta’minlaydi, chunki mahalliy bo‘lganlar past kapitallashuvga ega.
Yirik qurilish loyihalarini boshqarish uchun xorijlik mutaxassislar jalb qilinadi
Qiymati 10 mlrd so‘mdan yuqori bo‘lgan qurilish obyektlariga xorijiy texnik-nazorat mutaxassislari jalb qilinishi, davlat obyektlari bo‘yicha loyiha hujjatlari “Qurilish resurslari klassifikatori” platformasi asosida ishlab chiqiladi. Bu platforma qurilish materiallari narxlarini yagona tamoyil asosida shakllantirish imkonini beradi.
Avtohalokatlar IIV xodimlari ishtirokisiz onlayn tarzda rasmiylashtiriladi
2023-yilning 1-martidan boshlab kichik avtohalokatlarni IIV yo‘l politsiyasi xodimlari ishtirokisiz onlayn tarzda rasmiylashtirish mumkin bo‘ladi. Baxtsiz hodisa haqida xabar yuborish uchun maxsus mobil ilova ishga tushiriladi.
Yagona portal mobil ilovasidagi xizmatlar soni 250 taga yetkaziladi
2023-yil oxirigacha Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar soni 300 taga yetkaziladi.
Yagona portalning mobil ilovasida mavjud xizmatlar soni esa 4 barobarga — 60 tadan 250 tagacha oshiriladi.
Tamaki mahsulotlari aylanmasi bo‘yicha ma’lumotlar markirovkalash tizimiga kiritiladi
“Alkogol va tamaki mahsulotlarini aksiz markalari bilan markirovkalash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi hukumat qarori bilan 2023-yil 1-martdan boshqa turdagi tamaki mahsulotlari aylanmasi bo‘yicha barcha harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar markirovkalash axborot tizimiga kiritiladi.
Tadbirkorlar bank hisobvarag‘ini masofadan turib ochishi mumkin
2023-yil 1-maydan tijorat banklariga yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarga bank hisobvarag‘ini masofadan turib ochishga ruxsat beriladi.
Shuningdek, yuridik shaxslar elektr energiyasi, tabiiy gaz, issiq suv, ichimlik suv ta’minoti, oqova suv va telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha shartnomalarni elektron shaklda rasmiylashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Shu bilan birga, 2023-yildan tadbirkorlar yillik moliyaviy hisobotlarni soliq organlariga topshirish majburiyatidan ozod etiladi.
Elektr energiyasi, tabiiy gaz, issiq suv va boshqalar xizmatlar uchun yengillik beriladi
2023-yil 1-maydan yuridik shaxslarga elektr energiyasi, tabiiy gaz, issiq suv, ichimlik suv ta’minoti, oqova suv va telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatishga yengilliklar beriladi.
Xususan, bu bo‘yicha shartnomalarni, iste’mol to‘g‘risidagi hisobotlarni va kelgusi davr uchun shartnomaviy miqdorlar to‘g‘risidagi bir martalik hamda davriy hujjatlarni elektron rasmiylashtirishga ruxsat etiladi.
Ayrim statistik hisobot turlari bekor qilinadi
2023-yildan quyidagi statistik hisobot turlari bekor qilinadi:

  • birja faoliyati to‘g‘risida hisobot;

  • mehnat sharoitlari ahvoli to‘g‘risida hisobot;

  • hisoblangan ish haqi miqdori bo‘yicha xodimlar sonining taqsimlanishi to‘g‘risida hisobot;

  • umumiy foydalanishdagi temir yo‘l transporti xizmatlari to‘g‘risida hisobot;

  • tijorat banki faoliyati to‘g‘risida hisobot;

  • sug‘urta tashkiloti faoliyati to‘g‘risida hisobot;

  • kichik qurilish tashkilotlari va mikrofirmalarda mavjud qurilish mashina va mexanizmlari to‘g‘risidagi hisobot;

  • quvur yo‘li transporti faoliyati to‘g‘risida hisobot;

  • meva-sabzavot mahsulotlari xaridi to‘g‘risida hisobot.

Qurilish obyektlarini ro‘yxatga olish jarayonlari raqamlashtiriladi
2023-yildan tegishli davlat dasturlari va loyihalari doirasida obyektlarning bosh loyiha-qidiruv va bosh qurilish-pudrat tashkilotlari “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida elektron tender (tanlov) savdolari orqali aniqlanadi.
Bunda hokim yordamchisi, mahalla faollari va yoshlar yetakchilari, OAV va boshqa jamoat tashkilotlari tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarning holati ustidan jamoatchilik nazorati o‘rnatiladi.
Bojxona xodimlarining daromad va mol-mulkini deklaratsiyalash joriy etiladi
1-yanvardan bojxona organlari xodimlarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiyalash hamda keyingi yil yakuniga qadar respublikaning barcha xalqaro aeroportlarida “Masofaviy bojxona nazorati” tizimi joriy etiladi.
Elektr energiyasi uchun tariflar kamida 3 yil muddatga amal qiladi
2023-yildan boshlab elektr energiyasi uchun tariflar kamida 3 yil muddatga amal qiladi.
O‘zaro maqbul tariflarni belgilash orqali iste’molchilar va elektr energetika tarmog‘i tashkilotlarining manfaatlari muvozanatga keltiriladi.

Download 72.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling